Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 47sa-21 tmj fakulteti elektrotexnika nazariy asoslari
Download 1.68 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr va magnit kattaliklarni tushintirib bering.
- Elektromagnit maydon
Elektr kuchlanishi.
Quvvat bilan tok orasidagi bog`liqlikni sifatan xarakterlash va quvvat bilan tok orasi-dagi munosabatni aniqlash uchun fizik kattalik elektr kuchlanishi tushunchasi ishlatiladi. Elektr kuchlanishi elektr quvvatining (elektromagnit energiya yutilishi tezligi yoki uni boshqa tur energiyaga aylanishi) elektr tokiga nisbatidir. Kuchlanish u (U) harfi bilan belgilanadi va voltlarda o`lchanadi. [V]=[Vt/A] I U(t)=R(t) / i(t) Elektr energiya iste'molchisi yonida strelka bilan ko`rsatiladi va yo`nalishi tok yo`nalishi bilan mos bo`ladi, ya'ni yuqori potentsialdan past potentsialga yo`naladi. 3-rasmdagi sxemada ampermetr va voltmetr yordamida lampaning quvvatini aniqlash mumkin. Rist = Uist Iist Vattmetr to`g`ridan-to`g`ri quvvatni o`lchaydi. Elektr va magnit kattaliklarni tushintirib bering. 1.Elektr va magnit kattaliklarni tushintirib bering. 2.Fizik kattaliklarning birliklari aytib bering. 3.Elektr (elektromagnit) energiya haqida nima bilasiz. 4.Elektr zaryadi deb nimaga aytiladiq 5. Elektr tokini tushintiring. 6. Elektromagnit energiya tashuvchilari elektromagnit quvvat ma'lumot bering. 7. Elektr kuchlanishi deganda nimani tushinasiz. Elektromagnit maydon Elektr zaryadlarning oʻzaro taʼsiri bevosita amalga oshadigan fizik reallik; materiyaning alohida shakli. Elektr va magnit maydonlarning kuchlanganligi (induksiyasi) bilan ifodalanadi. J. Maksvell Elektromagnit maydon nazariyasini elektromagnit hodisalarning barcha asosiy qonuniyatlarini ifodalovchi bir necha tenglamalar sistemasi koʻrinishida ifodalagan (1860). J. Maksvell nazariyasining asosida elektr va magnit maydonlarning oʻzaro uzviy bogʻlanishda ekanligini ifodalovchi ushbu 2 gʻoya yotadi: 1) vaqt davomida oʻzgaruvchi har qanday magnit maydon elektr maydonni yuzaga keltiradi va 2) vaqt davomida oʻzgaruvchi har qanday elektr maydon magnit maydonni yuzaga keltiradi. J. Maksvellning birinchi gʻoyasi toʻgʻriligini elektromagnit induksiya hodisasi tasdiqlaydi, ikkinchisini esa G. Gers elektromagnit toʻlqinlarni kashf qilishi bilan isbotladi. Maxsus shartsharoitlarda Elektromagnit maydon elektr maydon yoki magnit maydon koʻrinishida mavjud boʻlishi mumkin. Moddiy jismlar tarkib topgan atomlar teng miqdordagi musbat va manfiy elektr zaryadlarga ega. Atomdagi bu zaryadlarning Elektromagnit maydon orqali oʻzaro taʼsir qilishi har qanday holatdagi jism (gaz, suyuqlik, qattiq jism, plazma)ning xususiyatlarini belgilaydi. Elektromagnit oʻzaro taʼsir tabiatda mavjud uch xil fizik oʻzaro taʼsirlarning biri hisoblanadi. Zaryadlarning fazoda qanday taqsimlanganligi va qanday harakat qilishi maʼlum boʻlsa, bu zaryadlar hosil qilgan Elektromagnit maydon kattaliklarini aniqlash mumkin. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling