Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 47sa-21 tmj fakulteti elektrotexnika nazariy asoslari
Download 1.68 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr (elektromagnit) energiya
Fizik kattaliklarning birliklari
Barcha turdagi fizik o`zaro ta'sir turlarida harakatda, materiya o`zgarishida umumiy miqdoriy o`lchov-energiya mavjuddir. Energiya tushunchasi barcha fizik hodisalarni umumiy bog`laydi. Elektr va magnit xodisalarni umumiyliklariga mos holda elektromagnit o`zaro ta'sir energiyalarini elektromagnit maydon energiyasi yoki oddiy elektromagnit energiya - deb nomlanadi. Agar maydonni ikki tashkil etuvchisi alohida qaralsa, u vaqtda elektr yoki magnit maydon energiyalari deyiladi. Elektromagnit jarayonlarni elektr zanjirlari orqali ifodalashda an'anaga ko`ra elektr energiya terminidan foydalaniladi. Energiya (W) harfi bilan belgilanadi va joullarda (J) o`lchanadi. Istalgan fizik jarayonlarda energiyani saqlanishi va aylanishi qonuniga rioya qilinadi. Shu qonunga asoslangan holda boshqa tur energiyada elektr energiyasini hosil bo`lishi,hosil qiluvchi qurilmalarda (elektr mashina generatorlari,magnit gidrodinamik generatorlari, akkumulyatorlar va h.k.) amalga oshadi. Elektr (elektromagnit) energiya Agar energiya materiyaning biri barcha turlari uchun universal fizik kattalik bo`lsa, uning barcha o`zaro ta'sirlarda elektr zaryadi (spetsifik) o`ziga xos fizik kattalik hisoblanib, u o`zini elektromagnit o`zaro ta'sirida, hodisalarda va jarayonlarda namoyon bo`ladi. Elektr zaryadining elementar tashuvchilari elektronli va protonli (elektron zaryadi manfiy, protonning zaryadi musbat qabul qilingan) hisoblanadi. Hozirgacha elementar zaryad-elektronning bo`linishi va parchalanishi kuzatilmagan. D.I.Mendeleyev jadvalidagi barcha atomlarda protonlar soni tengdir. Elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylanishi (mexanik, issiqlik, yorug`lik va h.k.) energiyaning saqlanish va aylanish qonuniga asoslanadi. Shu qonundan kelib chiqgan fundamental qonunlardan Kirxgof qonunlari hisoblanadi.. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling