Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 47sa-21 tmj fakulteti elektrotexnika nazariy asoslari


Download 1.68 Mb.
bet4/5
Sana13.04.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1351935
1   2   3   4   5
Elektr zaryadi
Zaryadlarning kamayishi yoki ortishi, ya'ni zaryadlarning vaqt bo`yicha o`zgarish tezligi bilan xarakterlanadi. Elektr toki - zaryadlarni vaqt bo`yicha o`zgarish tezligi, hosilasidir. Elektr toki i (I) harfi bilan belgilanadi va amperlarda (A) o`lchanadi

  • Zaryadlarning kamayishi yoki ortishi, ya'ni zaryadlarning vaqt bo`yicha o`zgarish tezligi bilan xarakterlanadi. Elektr toki - zaryadlarni vaqt bo`yicha o`zgarish

  • tezligi, hosilasidir. Elektr toki i (I) harfi bilan belgilanadi va amperlarda (A) o`lchanadi

  • Elektr zaryadi q (Q) harfi bilan belgilanadi va kulonlarda o`lchanadi.

  • Elektronning elementar zaryadi e=1,6 10-19 Kl ga tengdir.

  • Zaryadlar uchun Saqlanish qonuni o`rinlidir: yopiq sistemada jismlar (elementlar)ning elektr zaryadlarining algebraik yig`indisi, shu sistemadagi jismlarning bir-birlari bilan o`zaro ta'sirida o`zgarmasdan qoladi.

  • Zaryadni saqlanish qonuni zaryadlangan jismlar va zarrachalarning yopiq sistemasi uchungina o`rinli ekanligini e'tiborga olamiz.Jismni zaryadlash uchun jismga yoki molekulaga kandaydir energiya sarf qilish kerak. Masalan,akkummulyatorlarda ximiyaviy energiya neytrallik holatini yo`qotadi va qarama-qarshi zaryadlangan ionlarni hosil qiladi.

Elektr toki

  • I = dq / dt

  • Vaqt funksiyasi bo`lgan toklar o`zgaruvchan toklar deyiladi va kichik harflarda belgilanadi i = i(t).




  • Ularni oniy qiymati vaqtga bog`liq bo`ladi. Bunday toklar matematik ko`rinishda beriladi yoki ifodalanadi Masalan: sinusoidal tok i(t)=Imsinwt yoki sinusoidal grafiklar ko`rinishida beriladi.

  • Agar vaqtning istalgan paytida tokning oniy qiymati doimiy bo`lsa, bu holda o`zgarmas tok deyiladi va bosma I harfi bilan belgilanadi.

  • Elektr tokini o`lchovchi asboblar-ampermetrlar qo`llanilib, o`lchanuvchi tokka ketma-ket ulanadi. Iste'molchidagi tokni kattaligini o`zgartirish uchun Iist sxemaga reostat ulangan. (1 -rasm).

  • Elektr toki (elektr energiya oqimi) sxemalarda strelka bilan belgilanadi, o`tkazgich simlarga (uzatish liniyalariga) qo`yiladi.

  • Shunday qilib, elektr zaryadining o`zgarishi - elektr toki - elektromagnit energiya oqimi-energiyani yutilishi yoki ajralishi bilan organik bog`langan.

  • Elektromagnit energiya tashuvchilari elektromagnit quvvat.

  • Har xil jarayonlar natijasida ajralib chiqadigan, elektromagnit energiya bo`shliqda elektromagnit energiya tashuvchilari - fotonlar tezligida tarqaladi.

  • Ma'lumki, elektromagnit energiya tashuvchilari fotonlar bo`shliqqa maksimal tarqalish tezligi, yorug`lik tezligiga teng bo`lgan 300000 km/s tezlikka ega.

  • Fotonlarning bunday yuqori tezligi natijasida elektromagnit energiya oqimi iste'molchilar yer sharining istalgan nuqtasida joylashganiga qaramasdan shu onda iste'molchiga yetkaziladi.

  • Elektronning zaryadi juda kichik bo`lgani uchun, juda kichik tokda ham o`tkazgich bo`ylab juda katta sonlik elektronlar oqadi, masalan, odam tanasi zo`rga sezadigan 1 mA tokda 1 sekundda odam tanasi orqali 6 1015 ta elektronlar o`tadi. Agar bu elektronlarni yer shari odamlariga tarqatsa (taxminan 3 109 odam) har bir kishiga 2 mlndan elektron to`g`ri keladi.

  • O`tkazgichlarda elektronlarning harakati unchalik katta emas. Masalan, o`tkaz-gichda tok zichligi 6 A/mm bo`lganda erkin elektronlarning tezligi 0,3 mm/sek bo`ladi.

  • Lekin elektromagnit energiyani tarqalish tezligi juda yuqori.




  • Masalan, havo liniya simlarida elektromagnit maydonning tarqalish tezligi 300000 km/sek, ya'ni yorug`lik tezligiga teng. Bunga shubha yo`q, chunki elektr zanjirini ulaganda barcha erkin elektronlar bir vaqtning o`zida harakatga keladi.

  • Elektr energiyani hosil qilish va uni iste'mol qilishi quvvat orqali xarakterlanadi.

  • Elektromagnit quvvat elektromagnit energiyani vaqt bo`yicha hosilasidir, ya'ni uni o`zgarish tezligidir.

  • Quvvat r (R) xarfi bilan belgilanidi va vattlarda o`lchanadi. [Vt]=[j/s]

  • R(t) = dW / dt

  • Quvvat vattmetrlar yordamida o`lchanadi va 2 -rasmda ko`rsatilgandek ulanadi. Iste'molchilarning quvvati har doim musbat bo`ladi R >0.

  • Quvvat qanaqa kattaliklarga bog`liq bo`ladiq Buning uchun 2 - rasmdagi sxemaga har xil lampalarni ulab ko`ramiz.

  • Reostat yordamida lampalar toki Iist bir xil ushlansa ham, vattmetrdan ko`ramizki, lampalar har xil elektr energiyaga ega bo`ladi.

  • Demak, quvvatni hisoblash yoki o`lchash uchun faqat tokni o`lchash yetarlik emas. Buning uchun, ya'ni bir xil tok kattaligida har xil quvvat bo`lishini sababini tushuntirish uchun yana bir elektr kattalik- elektr kuchlanishi zarur.


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling