Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Konchilik fakulteti “Kon lahimlarini o’tish texnologiyasi” fanidan
Download 72.04 Kb.
|
Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Konchilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxta maydonidagi stvollar soni, ularning joylashishi, ochish va shamollatish usullarining o‘zaro bog‘liqligi. Reja
- Shaxtani loyihalash
Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Konchilik fakulteti “Kon lahimlarini o’tish texnologiyasi” fanidan Bajardi: __________________________ Guruh 9c(b)-19 KI Tekshirdi: ________________________ Navoiy -2022yil Shaxta maydonidagi stvollar soni, ularning joylashishi, ochish va shamollatish usullarining o‘zaro bog‘liqligi. Reja: Shaxtani loyihalash. Shaxta maydoni hududida bosh va yordamchi stvollarning o‘zaro joylashishi Shamollatish usullari Shaxtani loyihalash Yirik shaxtalarda bir necha stvollar o‘tiladi. Bosh stvol ikkita ko‘mirni yer yuziga chiqarib beradigan skipli ko‘targichlar bilan jihozlanadi. Ikkinchi stvol ham foydasiz kon jinslarini ko‘tarish uchun skipli ko‘targich bilan jihozlanadi va narvon bo‘linmasiga ega bo‘ladi. Bu stvolga yana pasongili klet ko‘targichi ham o‘rnatilishi mumkin. Uchinchi stvolga ikki kletli ko‘targich va qo‘shimcha pasongili klet ko‘targichi o‘rnatiladi. Ikki kletli ko‘targich ishchi gorizontga xizmat ko‘rsatadi, pasongili klet ko‘targichi esa, shamollatish gorizontiga va yangi gorizontni tayyorlash uchun shaxta stvolini chuqurlatish jarayonlariga xizmat qiladi. Shaxtani loyihalashda stvollarni shaxta maydoniga joylashtirish o‘rnini to‘g‘ri belgilash kata texnikaviy va iqtisodiy ahamiyatga egadir. Chunki stvollarni to‘g‘ri joylashtirish bosh va yordamchi ochuvchi lahimlarning umumiy uzunligi, ularni o‘tish va saqlash, yuklarni tashish va shaxtani shamollatish xarajatlariga ta'sir etadi. Shu bilan bir qatorda, stvollar atrofida qoldiriladigan muhofaza seliklari hisobiga ko‘mirni yo‘qotish miqdoriga ham ta'sir etadi. Nazariy jihatdan bosh stvolni shaxta maydonining istalgan nuqtasiga joylashtirish mumkin, masalan, shaxta maydonining yuqori chegarasiga (I), quyi chegarasiga (II) va nihoyat, ular orasidagi istalgan nuqtaga, taxminan ularning o‘rtasiga (III). Stvolni shaxta maydonining quyi chegarasiga joylashtirganda bir necha kamchiliklar yuzaga keladi, ulardan asosiylari stvol chuqurligining maksimal bo‘lishi va uni o‘tish vaqtining uzayishi, capital xarajatlarning ham maksimal bo‘lishi yuklarni ko‘tarish ishlari xarajatlari ko‘payishi, suv chiqarish va shaxtani shamollatish ishlarining qiyinlashishi hamda ularga ketadigan sarf xarajatlarning ko‘payishi. Bosh vertikal stvolni shaxta maydoni cho‘ziqligi va og‘ish yo‘nalishi bo‘yicha joylashtirish sxemasi. Stvol shaxta maydonining yuqori chegarasiga joylashtirilsa, yuqoridagi kamchiliklar bo‘lmaydi, biroq boshqalari paydo bo‘ladi. odamlarni tashish uchun qo‘shimcha ikki va undan ortiq qurilmalar qurish zarurati tug‘iladi. Yuklarni bir yo‘lakdan ikkinchi yo‘llakka o‘tkazish natijasida transport ishlari anchagina qiyinlashadi va xarajatlari ko‘payadi. Kichik hajmdagi ko‘mir muhofaza seliklari orasiga joylashgan uklon (bremsberg va boshqa lahimlarga) ga kon bosimining ta'siri kata bo‘ladi, bu esa, o‘z navbatida, lahimlarni saqlashga sarflanadigan xarajatlarning ko‘payishiga olib keladi. Katta uzunlikka ega bo‘lgan lahimlarda (ayniqsa, tutashtirmalarda) havoning anchagina qismi yo‘qotilishi natijasida shaxtani shamollatish ishlari bir muncha qiyinlashadi va h.k. Iqtisodiy va texnikaviy nuqtayi nazardan stvolni shaxta maydonining yuqori yoki quyi chegarasiga emas, balki ularning orasidagi istalgan nuqtaga (III) joylashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda stvol shaxta maydonini taxminan bir biriga teng ikki gorizontga bo‘ladi, ya'ni bremsberg va uklon maydonlarining o‘lchamlari bir-biriga yaqin bo‘ladi. Agar shaxta maydoni uch va undan ko‘proq gorizontlarga bo‘lingan bo‘lsa, stvolni dastlab birinchi gorizontgacha o‘tiladi, keyingi gorizontlarni qazish uchun uni chuqurlashtirib boriladi. Download 72.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling