Gazniqobdan foydalanish umumiy tartibda "Gazlar" degan
buyruq
berilganda yoki atmosferada radioaktiv birikmalar, zaharli moddalar, biologik ta'sir
tarqalganda mustaqil ravishda kiyib olinadi. Filtrlovchi
sanoat gazniqoblari ham
bir necha rusumda bo`lib, ular asosan turli sanoat va qishloq xo'jaligi tarmoqlarida
kuzatiladigan favqulodda vaziyatlarda ishlatiladi.
Izolyatsiyalovchi gazniqoblar asosan turli xil zaharli birikmalar aralashmasi
bo'lganda, ularning konsentratsiyasi yuqori hamda atmosferada
kislorod miqdori
juda kichik hollarda ishlatiladi. Bundan tashqari, izolyatsiyalovchi gazniqoblar suv
va yer ostida bajariladigan ishlarda ham foydalaniladi.
Izolyatsiyalovchi gazniqoblar saqlash xususiyatiga ko'ra 2 guruhga:
kislorod bilan kimyoviy bog'langan gazniqob (IP-4, IP-5) va siqilgan kislorod yoki
havo bilan foydalaniladigan gazniqob (KIP-7, KIP-8) larga bo'linadi.
Izolyatsiyalovchi
gazniqoblar bilan asosan, fuqaro
muhofazasining qutqaruv
va avariyani tiklovchi tizimlari ta'minlanadi (suvga cho`kkan odamlarni, yong'inda
qolgan
fuqarolarni qutqaruvchilar, radioaktiv
chang tarqalgan va yuqori
konsentrasiyali zaharli moddalar bo'lgan joylardagi avariyani
tiklovchi va boshqa
tizimlar).
Do'stlaringiz bilan baham: