5-AMALIY MASHG'ULOT
Mavzu:
Nafas olish yo’llarini va terini himoyalash vositalari (gaz
niqobi, R-2 respiratori).
Mashg'ulotning maqsadi:
Nafas olish yo’llarini himoyalash vositalari
gazniqobi, respiratordan foydalanish qoidalarini o'rganish
Mashg‘ulotni o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan asboblar, jihozlar,
ko‘rgazmali qurollar. Plakatlar, slaydlar, film, GP-5
gazniqobi respirator, L-1
kastyumi.
Topshiriq:
1.
Gazniqoblari va respiratorlarning turlari.
2.
Gazniqoblarining o'lchamlari.
3.
Gazniqoblaridan foydalanish qoidalari.
4.
Terini himoyalovchi shaxsiy vositalar.
5.
L-1 yengil himoya kostyumi.
6.
Umumharbiy himoya majmuasi
Nafas olish yo’llarini himoyalash vositalar inson tanasiga, ichki
organlariga, terisiga va kiyim-kechaklariga
radioaktiv moddalarni, zaharli
birikmalarni va biologik tumanlarni tutishdan saqlaydi. Shaxsiy tartibda saqlovchi
vositalar qo'llanilishiga ko'ra:
terini saqlovchi, nafas organlarini, yuz-ko'zni
saqlovchiturlarga bo`linadi. Bundan tashqari filtrlovchi
hamda ajratuvchi
(izolyatsiyalovchi) turlarga bo`linadi. Bunday vositalarga tibbiy saqlovchi vositalar
ham kiradi.