Navoiy davlat konchilik va
Plashlar quyidagi o'lchovlarda bo'ladi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Amaliyot HFX
- Bu sahifa navigatsiya:
- Himoyalovchi toplamdan foydalanish
Plashlar quyidagi o'lchovlarda bo'ladi:
bo`yi 166 sm gacha bo'lgan kishilar uchun - birinchi bo'y, 166 sm dan 172 sm gacha – ikkinchi bo'y, 172 sm dan 178 sm gacha - uchinchi bo'y, 178 sm dan 184 sm gacha va undan yuqorisi - to'rtinchi bo'y bo'ladi. Himoya paypoqlari ham rezina qo'shilgan matodan tayyorlanadi, asosi qalin rezinadan iborat. Ular oddiy oyoq kiyim ustidan kiyiladi va oyoqqa maxsus tasma hamda turumchalar yordamida mahkamlanadi. Belga taqiladigan kamarga esa tasmalar yordamida birlashtiriladi. Himoya paypoqlari quyidagi o'lchovlarda ishlab chiqiladi: 40-poyabzal uchun birinchi bo'y, 41-42 poyabzal uchun - ikkinchi bo'y, 43- va undan katta poyabzalga uchinchi bo'y to'g'ri keladi. Himoya qo'lqoplari ikki xilda tayyorlangan bo'lib, qishda kiyish uchun ikki panjali va yozda besh panjali bo'ladi. Qishki qo'lqoplar ichiga issiq saqlashi uchun astar kiygiziladi va tugma qadaladi. Himoyalovchi to'plamdan foydalanish. Himoya to'plami uni qanday maqsadlarda ishlatilishiga qarab yoping'ich sifatida, plash sifatida va kombinezon sifatida bo'ladi. Himoya vositalari "safar" holatida yig'ilgan bo'lib, ashyolar solinadigan xaltada yoki maxsus g'ilofga solingan holda tasmalar yordamida orqaga tashlab olib yuriladi. Himoya plashini yoping'ich sifatida xavfli bildiruvchi signal "Ximiyaviy trevoga" bo'yicha yoki ovoz orqali buyruq "Gazlar, plashlar" deb berilganda va dushman tarafidan to'satdan zaharlovchi moddalar, bakterial vositalar qo'llanilganda mustaqil ravishda kiyiladi. Buning uchun ko'z yumiladi, nafas olish to'xtatiladi, bosh kiyimi olinib protivogaz tezlik bilan kiyiladi va chuqur nafas chiqariladi, ko'zlar ochiladi, nafas olish tiklanadi. Plash yopingich sifatida yopiladi, qalpoqcha shlem-niqob ustiga tortiladi va plashning etaklari tortilib kishining gavdasini yopishga harakat qilinadi. Zaharlangan joylardan piyoda, ochiq. mashinalarda hamda radioaktiv moddalar tushgan va bakterial vositalar qo'llanilgan joylardan o'tish zarur bo'lib qolsa, himoya to'plami yengida kiyiladi, plash sifatida oldindan zaharlanmagan joylarda kiyiladi. Plashdan tashqari, himoya paypog'i va himoya qo'lqop ham kiyiladi. Buning uchun "Plashlar yengiga, paypoqlar, qo'lqoplar kiyilsin", "gazlar" degan buyruq beriladi. Bunda himoya paypoqlari poyabzal ustidan qiyilib, uzun tasmalari kamarga bog'lanadi, qolgan turumchalarga mahkam qilib himoya paypoq tasmalari tortib o'tkaziladi. Gazniqobi "jangovar" holatga keltiriladi, qo'lqoplar kiyiladi va formali kiyim- kechaklar ustidan plash yengiga kiyilib undagi turumchalarga plashning ikkinchi tarafi o'tkaziladi va kapyushon boshga kiyiladi. Kuchli zararlangan joylarda jangovar harakatlar olib borilayotgan vaqtda yoki shu joylardan piyoda o'tish kerak bo'lganda zaharlovchi moddalar, bakterial vositalardan zararlangan o'simliklar ko'p joylarda, qalin qorli joylardan hamda zararlangan joylarda qutqaruv ishlarini o'tkazish zarur bo'lganda himoya to'plami kombinezon sifatida zararlanmagan joylarda kiyiladi. "Himoyalonchi kostyum kiyilsin", "gazlar" degan buyruq berilganda qurol va gazniqoblar olinib yerga qo'yiladi. Plash g'ilofdan olinadi, himoya paypoqlari poyabzal ustidan kiyiladi va tasmalari bog'lanadi, plash yengiga kiyiladi (a); ikkita belband oyoqlar orasidan o'tkazilib, plashning pastki qismiga o'rnatilgan halqalardan o'tkaziladi va tortib bog'lanadi (b); plashdagi markaziy teshik markaziy turumchaga o'tkaziladi (v); plash etagida joylashgan turumchalarga plashdagi teshiklar o'tkaziladi, oldin chap oyoq tarafidagilar keyin o'ng oyoq tarafidagilar o'tkaziladi va markaziy turumchadan pastda joylashgan birinchi turumchaga o'ng va chapdagisiga hamda markaziy turumchaga qistirgich o'tkaziladi. Plashning yuqori qismida joylashgan turumchalar o'tkaziladi, yuqorida joylashgan ikkitasi o'tkazilmasligi kerak (g). Plash ustidan dala aslaxa-anjomlari va gazniqoblar sumkasi kiyiladi, gazniqob "jangovar" holatga keltiriladi (d); bosh kiyim kiyiladi, uning ustiga kapyushon tortib kiyiladi (e); yuqorida o'tkazilmasdan qolgan ikkita turumcha o'tkaziladi; qo`lqoplar kiyiladi, qo`lqopning ortiqcha qismi plash yengi ichiga kirgiziladi va yengag ilgagi bilan katta barmoqqa ilinadi, qo'lga qurol olinadi (j). Zararlangan joylarda ish bajarib bo'lingandan keyin terini himoya qiluvchi vositalarni shunday yechish kerakki, himoya vositasidan kishi tanasining hech bir qismi zaharlanmasin. Shu maqsadda himoya vositalarida mavjud bo'lgan barcha tasmalar, turumchalar, bog'ichlar, qo'lqoplar echiladi. Agar himoya vositalarini ochiq qo'l bilan (qo'lqoplar bilan himoya qilinmay qolgan holda) yechishga to'g'ri kelib qolsa, u holda bu ishni himoya vositalarining ichki tomonidan amalga oshirish kerak. Himoya paypog'i oyoqdan yechib olingandan keyin toza joyga o'tish kerak. Nafas a'zolarini himoya qiluvchi gazniqoblar terni himoya qilish vositasi yechib tashlangandan so'ng, yeng oxirida yechiladi. Terini himoya qilish vositalari yechilgandan keyin ular zararsizlantiriladi. L-1 yengil himoya kostyumi teri qavatlarini va formali kiyimlarni zaharlovchi moddalar, radioaktiv moddalar hamda bakterial vositalardan zararlanishdan himoya qilishga mo'ljallangan. U rezina matodan tayyorlangan bo'lib, kapyushonli ko'ylak, paypoqli shim, podshlemnik va ikki barmoqli himoya qo'lqoplaridan iborat. L-1 yengil himoya kostyumi vaqti-vaqti bilan qo'llaniladigan himoya vositasi bo'lib hisoblanadi. Paypoqli shimning yuqori qismiga ikkita yelka tasmasi va paypoqni oyoqqa zich qilib boglash uchun bog'ichlar tikilgan. Kapyushonli ko'ylakning orqa qismiga chot orasidan o'tadigan belband tikilgan bo'lib, ko'ylakning oldi tarafidagi tugmaga o'tkaziladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling