Navoiy davlat konchilik va
Paxta bog'ichini aholi tayyorlash
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Amaliyot HFX
- Bu sahifa navigatsiya:
- Changga qarshi matoli niqoblar
- Terini himoyalovchi shaxsiy vositalar Terini himoyalovchi Shaxsiy vositalar
Paxta bog'ichini aholi tayyorlash. Buning uchun 100-60 sm li doka olinib,
o'rtasiga eni va bo'yi 20-30 sm va qalinligi 1-2 sm qilinib paxta solinadi, so'ngra u doka bilan o'raladi. Dokaning uchlari 25-30 sm dan kesib bog'ich qilib qo'yiladi. Bog'ich engak, og'iz va burun berkitiladigan qilib tutiladi. Bog'ich uchlari boshning tepa suyagi va ensa ustidan bog'lanadi. Changga qarshi matoli niqoblar-PTM-1 oynali korpusdan va bog'ichdan iborat. Niqobning korpusi matodan 4-5 qavat qilib tikiladi (ustki va ichki qatlami xomsurp yoki matodan, ichki uchi qatlami esa paxtadan ishlangan movut, paxmoq yoki boshqa tukli matodan bo'ladi ), ko'radigan teshiklarga razmeri 5,5-4,5 sm li oyna qo'yiladi. Bog'ich 35-70 sm qilib matoda tikiladi. Niqob boshga yopishib turishi uchun yuqorigi chokka rezina qo'yiladi. Pasda bog'ich bo'ladi. PTM-1 ni tayyorlash instruksiyasida 7 o'lcham ko'zda tutiladi. Uyda tikilganda boshga o'lchab tikiladi. Niqobning cheti peshonaga chakkaga yonoqqaga va engakka zich yopishib turishi kerak. Nafas organlarini saqlash uchun biron-bir vosita topilmaganda dastro'mol, sharf, sochiq va shunga o'xshashlar bilan og'iz va burinni berkitish kerak. Terini himoyalovchi shaxsiy vositalar Terini himoyalovchi Shaxsiy vositalar himoyalash xususiyatiga qarab filtrlovchi va ajratuvchilarga bo'linadi. Terini ajratuvchi himoya vositalari havo o'tkazmaydigan materiallardan tayyorlanadi. Ular zich yopiladigan (germetik) va zich yopilmaydigan (nogermetik) bo'lishi mumkin. Zich yopiladigan vositalar kishi tanasini berkitadi va zaharlovchi moddalarning bug'i va tomchilaridan to'liq himoya qiladi. Zich yopilmaydigan vositalar esa faqat tomchi holidagi zaharlovchi moddalardan himoya qiladi. Bundan tashqari, bu vositalar kishi terisini bevosita radioaktiv va bakterial vositalar ta'siridan ham himoya qiladi. Terini himoya qiladigan filtrlovchi vositalar ip gazlamadan tayyorlangan bo'lib, unga maxsus kimyoviy modda shimdiriladi. Bunda matoning havo o'tkazuvchanligi saqlanib qoladi, zaharlovchi moddalar iplar orasidan o'tayotgan vaqtda yutiladi va neytrallanadi. Terini himoya qiladigan ajratuvchi shaxsiy vositalarga umumharbiy himoya to'plami (OZK), plyoenkali himoya kostyumi (KEP) kiradi. Terini himoyalovchi maxsus vositaga L-1 yengil himoya kostyumi kiradi. OZK, KEP va L-1 kostyumi himoya ta'siri qoidasiga ko'ra teri qavatlarini, formali kiyim-kechaklarni va oyoq kiyimlarini zaharlovchi moddalar, radioaktiv moddalar va bakterial vositalar ta'siridan ajratishga asoslangan bo'ladi. Umumharbiy himoya to'plami himoya plashi, himoya paypog'i hamda himoya qo'lqoplaridan iborat bo'ladi. OP-IM plashi rezina qo'shib to'qilgan bo'lib, yengi va qalpoqchasi bo'ladi. Ishlashga qulay bo'lishi hamda qo'lga zich yopishib turishi uchun yengning uchiga rezina tasma tikilgan bo'ladi. Qalpoqchani katta - kichik qilish uchun cho'ziladigan tasma o'rnatiladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling