Navoiy davlat konchilik va


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana24.12.2022
Hajmi0.6 Mb.
#1063734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-Amaliyot HFX

Resperator R-2 
Respiratorlar nafas a'zolarini radioaktiv va tuproq changlaridan va bakterial
aerozollardan himoya qiladi. Hozirgi vaqtda respiratorlardan R-2 va ShB-1 
"Lepestok" keng qo'llanilmoqda. 
R-2 respiratori uch qavatli materialdan tayyorlangan bo'lib, yuqori qavati 
penopoliuretandan yasalgan. Respirator himoyalovchi rangga bo'yalgan bo'ladi, 
ichki qavati polimer polietilen plyonka bilan o'raladi. Havo o'tkazish uchun ikkita 
nafas oluvchi klapan o'rnatilgan, penopoliuretan va polietilen plyonka orasiga 
filtrlovchi polimer tolalaridan to`qilgan material qo'yiladi. Respiratorning yuqori 
qismida yarim niqobni kishi yuziga jipslashtirib joylashtirish uchun burun qisqich 
o'rnatilgan. Respirator yana boshga mahkamlash uchun egiluvchan ikkita rezina 
tasma bilan jihozlangan. Nafas olgan vaqtda havo respirator bilan filtrning butun 
sirtidan aylanib o'tib changdan tozalanadi va nafas olish klapanlari orqali nafas 


olish a'zolariga yetib keladi. Nafas chiqarilgan vaqtda havo tashqariga nafas 
chiqaruvchi klapan qopqog'i orqali chiqib ketadi.
R-2 respirator uch xil o'lchovda 1-3 tayyorlanadi. O'lchovlar yarim niqobning 
iyakka taqiladigan ichki qismiga yozib qo'yilgan bo'ladi. Shuni esda tutish kerakki, 
respirator nafas uchun olinadigan havoni kislorod bilan boyitmaydi va zaharli 
moddalarning gazlari hamda bug'laridan himoya qilmaydi. ShB-1, Lepestok 
respiratori maxsus yuqori filtrlash xususiyatiga ega bo'lgan materialdan 
tayyorlangan. Respirator ishlatib bo'lingandan so'ng uni dezaktivatsiya qilish 
kerak. Buning uchun yarim niqobning tashqi qismini urib changi chiqarib 
tashlanadi yoki bo'lmasa cho'tka yordamida changdan tozalanadi, yarim niqobning 
ichki tomonidagi yuzasi nam latta bilan artiladi va quritiladi. Quritilgan respirator 
maxsus polietilen xaltada saqlanadi.
Ko'zni himoyalovchi shaxsiy vositalar yadro zaryadi portlashi natijasida 
paydo bo'lgan yorug`lik nuridan saqlash, kuyishdan va ko'zni kuchli yorug`lik 
ta'sirida paydo bo'ladigan vaqtinchalik ko'rlik holatini kamaytirish uchun 
ishlatiladi. 
Buning uchun ko'zni himoyalovchi ko'zoynaklar (OPF, ShM-624, MPG,

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling