Navoiy davlat pedag ogika instituti fizika texnologiya fakulteti texnologik ta


Detalning olchanadigan olchami va turi


Download 1.61 Mb.
bet5/24
Sana25.02.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1231286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
METROLOGIYA.LAB. ISHLANMALAR.

Detalning olchanadigan olchami va turi

I–Topshiriq

II–Topshiriq

I–Topshiriq

II–Topshiriq

1

20Х4 val

120d11

11

85С4 val

42Н11

2

32С3 val

70E9

12

70Х3 teshik

70h9

3

20А4 teshik

18d11

13

140Х3 val

50b11

4

80Х3 val

40e8

14

125А4 teshik

80E8

5

120С4 val

110h11

15

150Х3 val

110H10

6

60Х3 val

80e8

16

60С val

60k8

7

40Х3 teshik

100s7

17

80ПР val

45H7

8

40С val

40h8

18

30Х4 val

120h6

9

100П42а val

50h7

19

120Х4 teshik

18h7

10

120Х4 val

25H11

20

42С3 val

50H8

Nazorat savollari

    1. Shtangen asbob deb qanday asboblarga aytiladi?

    2. Nonius bo'yichahisoblash prinsipi nima?

    3. Shtangensirkul, shtangenchuquro'lchagich, shtangenreysmuslar nima?

    4. Shtangen asbob bilan o'lchagandagi xatolik va bu o'lchash xatoliklarining manbalari?

    5. Mikrometr nima? Uning ishlash prinsipi, ko'rsatilishining o'qilishi qanday?

    6. Soat tipidagi indikator nima? Uning prinsipial sxemasi?

    7. Indikatorii icho'lchagich nima? Uning ishlash prinsipi vaqo'llanish sohalari?

    8. Soat tipidagi indikator va indikatorli icho'lchagichlar bilan o'lchash uchun qanday sozlash kerak?


2- LABORATORIYA ISHI.


DETALLARNING GEOMETRIK SHAKLLARDAN OG’ISHLARINI SHTANGENSIRKULDA NAZORAT QILISHNI O`RGANISH


Ishning maqsadi: Shtangensirkul’da o`lchash usullari bilan tanishish. O`lchov asboblarini ishlatish malakasini egallash.


Tajriba ishini bajarish uchun zarur material va jihozlar

  1. Tajriba ishini bajarish uchun uslubiy ko`rsatma.

  2. O`lchov asboblarining sxemalari tasvirlangan plakat.

  3. O`lchov asboblari: shtangensirkul ShTs–1.

  4. Nazorat qilinadigan detallar.



Tanishuv qismi:

  1. O`lchash usullarini o`rganish.

  2. Universal o`lchov asboblarini qo`llanilish sohasini o`rganish.



Amaliy qism:

    • o`qituvchi yoki o`quv ustasidan 3 ta detal va o`lchov asboblarini olish.

    • Tajriba ishi hisobotida keltirilgan №1 jadvalni to`ldirish.

    • Detalni 4 ta ko`ndalang kesim tekisligida (1-1, 2-2, 3-3, 4-4) va 3 ta tekislikda bo`ylama yo`nalishda (I-I, II-II, III-III) berilgan o`lchov asboblari bilan o`lchashda olingan natijalarni №1 jadvalga kiritish.

Nazariy ma’lumotlar


«Shtangenasbob» umumiy nomlanishda o'ichov vositalarining katta guruhi birlashgan bo'lib, ular chiziqli o'lchamlarni o'lchash uchun mo'ljallangan.
Shtangen asboblarga keng tarqalgan shtangensirkullar, shtangenreysmuslar va shtangenchuquro'lchagichlar kiradi (1.1.-jadval).
1.1–jadval.

Shtangenasboblarning tavsifi
O'lchash vaqtida nonius qurilmasi bo'yicha hisoblash asosiy shkalada millimetrning kasr ulushlarini aniqlashdan iborat bo'ladi. Noniusning nol shtrixi ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi, bo'linmaning ulushlari esa nonius shtrixlaridan binning asosiy shkala shtrixiga to'g'ri kelishi bilan aniqlaniladi (1.1–rasm, b).


1.1–rasm. Shtangenasboblarning nonius shkalalari (a va b), ShTs-I (v); ShTs-II(g), shtangensirkullari, shtangenreysmus (d), ' shtangenchuquro 'Ichagich (e).

Shtangenasbob xatosi tekshirishda aniqlaniladigan xatolik, odatda hisoblash miqdoridan oshmaydi. O'lchash xatoligi, odatda ancha katta bo'lib, tashqi diametrlarni o'lchashda ikki va ichki diametrlarni o'lchashda uch hisoblash miqdorini tashkil etadi, katta o'lchash xatoligining asosiy sababi parallaks hisobiga paydo bo'luvchi o'qish xatoligidir, shtangen sirkullarda qo'shimcha yana Abbe prinsipiga amal qilmaslikdan xatolik yuzagakeladi.


Parallaksdan xatolik paydo bo'lishiga sabab shuki, chizg`ich shkalasi va nonius bir tekislikda joylashmagani uchun operator ko'zining har xil burchak ostida qaraganida shtrixlarning ko'rinuvchi nisbiy siljishi kuzatiladi.
Kuzatuvchining ko'zi to'g'ri (A nuqtada) joylashganda a va b shtrixlar, xuddi AS nur kabi (1.2–rasm, a) bir tekislikda yotishi kerak. Kuzatuvchining ko'zi F nuqtaga siljiganda hisoblashda xato yuzaga keladi:
OS ning qiymati ko'rsatkich shtrixi (nonius shkalasi) bilan asosiy shkala shtrixi orasidagi masofa (u) ga bog'liq. Agar kuzatuvchining ko'zi 250 mm masofa (me'yoriy masofa) da joylashgan deb hisoblasak va tajribaga ko'ra AV qiymati 30 mm ga teng deb aniqlasak, unda x (min) qiymati taxminan 0,12u ga teng bo'ladi.
Parallaksdan xatoni kamaytirish uchun kuzatishni shkala tekisligiga perpendikulyar qilib olib borish kerak.



1.2–rasm. Hisoblashda xatoliklarningpaydo bo'lishi.


(1)

Shtangensirkul ShTs–I (1.1–rasm) chuquro'lchagichga ega. 1 shtangada 2 lablar bilan siljiydigan 4 ramka o'rnatilgan bo'lib uning ham 3 lablari bor. 4 ramka 5 vint bilan siljimas holatga qo'yiladi.
Shtangensirkul ShTs-II ning (1.1-rasm) ShTs–I dan farqi shundaki tashqi va ichki o'lchamlarini o'lchovchi lablarning shakli boshqacha bo'lib o'lchamga aniq qo'yish qurilmasi ham bor. Bu qurilma siljiydigan xomut 7, mikrometrik vint 8, gaykasi 9 hamda belgilovchi 6 vintlardan tuzilgan. Ichki o'lchamlarni o'lchaganda shtangadagi shkala ko'rsatgichiga lablar qalinligi qo'shilishi kerak.
O'lchamni o'lchash uchun oldin shtangensirkul artiladi va tekshirib lablarining zararlanmaganligi aniqlanadi. Nonius shkalasining nolinchi chizig'i shtanga shkalasining nol chizig'i bilan mos tushishi shart hamda o'lchovchi lablari orasidagi tirqish 0,01 mm dan oshmasligi kerak. O'lchash quyidagicha bajariladi: 5 va 6 vintlar bo'shatilib lablar o'lchanuvchi detalga tekiziladi. Siljima 7 ramkaning 6 vinti qisiladi va 9 gayka aylantirilib 4 ramkani 3 lablari bilan detalga yaqinlashtiriladi va tegishi bilan 4 ramkani 5 vint bilan mahkamlab noniusdan asbobning ko'rsatishi o'qiladi.
Shtangenreysmus (1.1–rasm) mahsulot balandliklarini, bo'rtmalarini, belgilashlar ishlarda o'lchash uchun mo'ljallangan. U asosi 6 va unga mahkamlangan 5 shtanga, hamda unda siljuvchi ramka 4 va siljuvchi mikromatrik ramka qurilmasidan iborat. Ramkachaga xomut va 2 qisuvchi vint bilan almashinuvchi belgilash oyoqchasi 3 yoki o'lchovchi oyoqcha 1 (balandliklar va chuqurchani aniqlash uchun) mahkamlanadi.
Shtangenchuqurolchagich (1.1–rasm) chuqurliklar va mahsulot balandliklarini o'lchashga mo'ljallangan.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling