Navoiy davlat pedag ogika instituti fizika texnologiya fakulteti texnologik ta


Download 1.61 Mb.
bet7/24
Sana25.02.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1231286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
METROLOGIYA.LAB. ISHLANMALAR.

Detal uzunligi

Kesimi

Aylana kesimlardagi o’lchashlar

Eng katta ovallik

Eng katta konussimonlik

Eng katta egarsimonlik

Eng katta bochkasimonlik

1-1

2-2

3-3

4-4

Shtangensirkul’da o`lchashlar




I-I




























II-II




























III-III

























3- LABORATORIYA ISHI.


DETALLARNIG GEOMETRIK SHAKLLARDAN OG’ISHLARINI MIKROMETRDA NAZORAT QILISH


Mikrometrlar tuzilishi va o`lchashni, hamda ularning metrologik tavsiflarini o`rganish


Ishning maqsadi: Mikrometrlarda o`lchash usullari bilan tanishish. O`lchov asboblarini ishlatish malakasini egallash.

Tajriba ishini bajarish uchun zarur material va jihozlar


1. Tajriba ishini bajarish uchun uslubiy ko`rsatma.
2. O`lchov asboblarining sxemalari tasvirlangan plakat.
3. O`lchov asboblari: Mikrometr MK-25.
4. Nazorat qilinadigan detallar.

Tanishuv qismi:


1. O`lchash usullarini o`rganish.
2. Universal o`lchov asboblarini qo`llanilish sohasini o`rganish.

Amaliy qism:


– o`qituvchi yoki o`quv ustasidan detal va o`lchov asboblarini olish.
– Tajriba ishi hisobotida keltirilgan №1 jadvalni to`ldirish.
– Detalni ko`ndalang kesim tekisligida va tekislikda bo`ylama yo`nalishda berilgan o`lchov asboblari bilan o`lchashda olingan natijalarni №1 jadvalga kiritish.
Nazariy ma’lumotlar


Mikrometr (1.2–rasm, a) quyidagi konsruksiyaga ega. Halqaning 9 chap tomonida almashinuvchi 1 tovon presslangan, halqaning o'ng tomonida esa 8 o'zak vtulka bilan mikrometrik gayka vazifasini bajaruvchi vtulkaning ong tomonidan tashqi konussimon rezba va aniq ichki tsilrndrik rezba qirqilgan; ichki rezbaga 2 mikrovint buralgan, tashqisiga esa mikrometrik vint juftidagi tirqishni rostlash uchun mo'ljallangan 4 konussimon gayka kiygizilgan. Mikrovint 2 konusli birikma orqali 7 baraban bilan birikkan. Bu birikmada taranglik 5 qalpoqchani tortish bilan hosil qilinadi. Tirsillagich 6 doimo o'lchanuvchi kuchni ta'minlab turadi. Mikrovint gayka 3 yordamida qotiriladi. O'zakning tashqi silindrik sirtida bo'ylama hisoblash chizig'i bo'lib, unga yuqoridan hamda pastdan ikkita millimetrli shkalalar o'yilgan bo'lib ular bir biriga nisbatan 0,5 mm ga siljitilgan. Pastki shkala har 5 mm dan 25 mm uzunlikda raqamlangan. Mikrovint baraban bilan 360° aylantirilganda uning yon sirti o'q yo'nalishi bo'ylab 0,5 mm ga siljiydi. Barabanning oxirida aylana bo'ylab kesilgan ikkinchi (50 bo'linishli) shkalasi bor bo'lib har besh bo'linishda raqamlangan. Mikrovint baraban shkalasi bo'yicha bir bo'linmaga aylansa uning o'q bo'ylab 0,01 mm siljishiga to'g'ri keladi.
O'lchashdan oldin mikrometr qarab chiqiladi, o'zaro harakatlanuvchi detallari tekshiriladi va nolga yoki pastki o'lchash ko'lamiga o'rnatiladi. Mikrometr ko'rsatishini o'qishda avvalo pastki shkaladan sonlarning butun millimetrdagi hisobi, keyin barabandagi shkaladan millimetrning yuzdan bir ulushlari olinib butun qismiga qo'shiladi (1.2–rasm b, hisob 3,23 mm). Agar baraban chekkasi shkalaga chizilgan bo'lakdan o'tsa, olingan natijaga yana 0,5 mm ni qo'shish kerak bo'ladi (1.2–rasm v, hisob 3,71 mm).
O'lchashni bajarish uchun mikrometrni ustunga mahkamlash yoki halqasidan ushlash kerak (1.2–rasm, g). O'lchanuvchi detal mikrometr o'lchovchi sirtlari orasiga 1...2 mm tirqish bilan kiritiladi. Keyin mikrovint tirillagich orqali burahb detal sirtiga tekkanda to'xtatiladi. O'lchashning me'yordagi kuchi tirillagichning 2...3 marta ovoz chiqarishidan aniqlanadi va keyin mikrovint mahkamlanib ko'rsatishi o'qiladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling