Navoiy davlat pedag ogika instituti fizika texnologiya fakulteti texnologik ta


Download 1.61 Mb.
bet15/24
Sana25.02.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1231286
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
METROLOGIYA.LAB. ISHLANMALAR.

Eng katta ovallik

Eng katta konussimonlik

Eng katta egarsimonlik

Eng katta bochkasimonlik

1-1

2-2

3-3

4-4

Indikator ko’rsatkichlari




I-I




























II-II




























III-III




























IV-IV




























v-v


























6- LABORATORIYA ISHI.
CHEKLI KALIBRLAR BILAN SILLIQ SILINDRSIMON YUZALAR O‘LCHAMLARINI NAZORAT QILISH


Ishning maqsadi: Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish sharoitlarida silliq slindrsimon yuzalarni nazorat qilish usullari va vositalari bilan tanishish.


Tajriba ishini bajarish uchun zarur material va jihozlar

  1. Tajriba ishini bajarish uchun uslubiy ko`rsatma.

  2. Chekli kalibrlar.

  3. Yakuniy nazorat uchun mikrometr.

  4. Nazorat qilinadigan detallar.

Tanishuv qismi

  1. Detal chizmasi bo`yicha uni tayyorlash dopuskini aniqlash.

  2. Berilgan yuzalarni mikrometr yordamida o`lchash.

  3. Berilgan yuzalarni chekli kalibrlar bilan o`lchash.

  4. Har bir o`lchash usuli bo`yicha detalning yaroqliligi to`g’risida xulosa chiqarish.

Nazariy qism
Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish sharoitlarida val va vtulka tipidagi silliq slindrsimon buyumlarni nazorat qilish uchun chekli kalibrlar (GOST 2216 - 84) keng qo`llaniladi. Vallar uchun kalibrlar skoba deb, teshiklar uchun tiqin deb ataladi. Kalibrlar to`plami o`tuvchi va o`tmaydigan kalibrlardan tashkil topadi (1-rasm, a).
Dopuski IT6 dan IT17 gacha bo`lgan detallarning yaroqliligi asosan chekli kalibrlarda aniqlanadi. Silliq slindrik detallar o`lchamini nazorat qilish uchun ishchi chekli kalibrlar to`plami o`tuvchi PR (u bilan nazorat qilinayotgan ob`ektning maksimal qiymatiga teng o`lcham aniqlanadi) va o`tmovchi NE (u bilan nazorat qilinayotgan ob`ektning minimal qiymatiga teng o`lcham aniqlanadi) kalibrlardan iborat.
Agar o`tuvchi kalibr (kalibrning o`tuvchi tomoni) o`z og’irligi yoki unga teng kuch ostida o`tsa, o`tmovchi kalibr (kalibrning o`tmovchi tomoni) nazorat qilinayotgan detal yuzasidan o`tmasa detal yaroqli hisoblanadi.Bu holatda detalning haqiqiy o`lchami berilgan cheka o`lchamlar oralig’ida yotadi.
Ishchi kalibrlar PR va NEdetallarni tayyorlash jarayonida nazorat qilishga mo`ljallangan. Bu kalibrlardan ishchilar (dastgohchilar) va texnik nazorat bo`limi (TNB) nazaoratchilari foydalanadi, TNB nazoratchilari odatda qisman eyilgan PR kalibrlardan va yangi NE kalibrlardan foydalanadi.
Rostlanadigan kalibr-skobalarni sozlash va sozlanmaydigan kalibr-skobalarni tekshirish uchun nazorat kalibrlari qo`llaniladi, ular o`tmovchi kalibr bo`lib ishlash natijasida eyilgan ishchi skobalarni yaroqliligini tekshirish imkonini yaratadi. Nazorat kalibrlarining nisbatan kichik dopuskiga qaramasdan, ular ishchi kalibrlarning tayyorlanish dopuskini va eyilish miqdorini noto`g’ri ko`rsatishi mumkin, shu sababli nazorat kalibrlaridan imkon darajada foydalanmaslikka intilish kerak. Ayniqsa kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida nazorat kalibrlarini chekli o`lchovlarga yoki universal o`lchov asboblariga almashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.



1–rasm. Slindrsimon val va vtulkalarni silliq chekli kalibrlar bilan nazorat qilish:
a – vallarni skoba bilan va teshiklarni tiqin bilan nazorat qilish sxemasi; b - yupqa (listsimon) 1 dan 70 mm gacha ikki tomonlama skobalar; v – shtamplangan 1 dan 50 mm gacha bo`lgan bir tomonlama skobalar; g - 3 dan 100 mm gacha bo`lgan shtamplangan ikki tomonlama skobalar; d - 100 dan 325 mm gacha bo`lgan bir tomonlama dastakli shtamplangan skobalar; e – 330 mm gacha bo`lgan roslanadigan skobalar.

Dopuski IT5 va undan aniq bo`lgan vallar va teshiklarni kalibrlar bilan tekshirish tavsiya etilmaydi, chunki ular katta o`lchash xatoligini yuzaga keltirishi mumkin. Bunday detallarni universal o`lchov vositalarida nazorat qilish maqsadga muvofiq.


Kalibrlarga ketadigan xarajatlarni kamaytirish maqsadida ularni ishqalinishga chidamliligini oshirishga intilinadi. Qattiq qotishma bilan qoplangan kalibrlarning narxi 3–5 barobar oshsada, ishqalanishga chidamliligi oddiy po`lat kalibrlarga qaraganda 50–150 marta va xromlangan ishqalanishga chidamli kalibrlarnikiga qaraganda 25–40 barobar oshishi kuzatiladi.
Vallarni nazorat qilish uchun odatda skobalar ishlatiladi.Bir tomonlama ikki pog’onali skobalar nisbatan keng tarqalgan.Shuningdek sozlanuvchi skobalar ham qo`llaniladi, ularni turli o`lchamlarga sozlash mumkin, bu o`z navbatida skoba eyilganligini kompensatsiyalashda va ma`lum intervaldagi detallarni bitta skoba bilan o`lchashda qo`l keladi. Sozlanuvchi skobalar sozlanmaydigan skobalarga qaraganda pastroq ishonchlilik va aniqlikka ega, shu sababli ular 8 va undan yuqori kvalitetlar uchun mo`ljallanishi lozim.
Silliq, rez’bali va boshqa detallarga chegaraviy kalibrlarni loyihalash vaqtida Teylorning o`xshashlilik prinsipiga amal qilish zarur bo`ladi. Unga ko`ra o`tuvchi kalibrlar shakl jihatidan birikuvchi detalning timsoli (prototip) bo`lishi zarur. Uning o`lchamlari va birikish uzunligi aynan takrorlanishi kerak (ya`ni, vallar uchun kalibrlar halqa ko`rinishida bo`lishi zarur) va o`lchamlar birikmaning butun uzunligida detal shaklining xatoligini hisobga olgan holda tekshirilishi zarur. O`tmovchi kalibrlar kichik o`lchov uzunligiga ega bo`lib, ularning kontakt yuzasi nuqta ko`rinishiga yaqinlashib faqat valning o`lchamini tekshirishi zarur. Shunday qilib, agar detalning o`lchami, shakli va yuzalarining o`zaro joylashishi dopusk maydonida yotsa u yaroqli deb topiladi.
Amaliyotda nazorat qilishda hosil bo`ladigan noqulayliklar natijasida Teylor prinsipidan chekinishga to`g’ri keladi, masalan o`tuvchi halqa bilan nazorat qilishda tokarlik dastgohining markazlarida o`rnatilgan valni bir necha marta echib olishga to`g’ri keladi. Buning o`rniga keng o`lchash yuzasiga ega bo`lgan o`tuvchi skobalarda o`lchash maqsadga muvofiq bo`ladi, ammo skoba bilan o`lchashda butun yuza bo`ylab bir necha kesimda o`lchovlarni amalga oshirish zarur.
Kalibrlarning dopusklari. Kalibrlarning dopusk maydonlarini joylashishi va quyidagi belgilanishi 1.2-rasmda keltirilgan: d (D) – detalning nominal o`lchami; dmin (Dmin) – detalning eng kichik chegaraviy o`lchami; dmax (Dmax) – detalning eng kata chegaraviy o`lchami; T – o`lchamning dopuski.
GOST 24853 – 81 bo`yicha silliq kalibrlarni tayyorlash uchun quyidagi dopusklar o`rnatilgan: N – teshiklar uchun kalibrni tayyorlashga dopusk (o`lchash yuzasi sferik shaklda bo`lgan kalibrlardan tashqari); NS – teshiklar uchun mo`ljallangan o`lchash yuzasi sferik shaklda bo`lgan kalibrlarni tayyorlashga dopusk; N1 – vallar uchun mo`ljallangan kalibrlarni tayyorlashga dopusk; NR– skobalarni nazorat qilish uchun mo`ljallangan kalibrlarni tayyorlashga dopusk; Z – teshik uchun o`tuvchi kalibrni tayyorlash dopuski maydoni markazining detalning eng kichik chegaraviy o`lchamiga nisbatan og’ishi; Z1 – val uchun o`tuvchi kalibrni tayyorlash dopuski maydoni markazining detalning eng katta chegaraviy o`lchamiga nisbatan og’ishi va boshqalar.
Ishlash vaqtida eyiluvchi o`tuvchi kalibrlar uchun, tayyorlash dopuskidan tashqari, eyilish dopuski ham tayinlanadi.
Belgilab o`tish kerakki, eyilishga dopusk maydoni kalibrning eyilishi mumkin bo`lgan o`rtacha qiymatini ko`rsatadi.
Barcha o`tuvchi kalibrlar uchun N (NS)va N1 dopusk maydonlari mahsulot dopuskining ichiga siljitiladi: Z kalibr probkalar uchun va Z1 kalibr skobalar uchun.
Nominal o`lchami 180 mm dan yuqori o`tmovchi kalibrlar uchun dopusk maydoni ham detalning dopusk maydoni ichiga siljitiladi:  kalibr probka uchun va1 – kalibr skoba uchun. Bunda xavfsiz zona hosil qilinadi va 180 mmdan yuqori o`lchamli teshik va vallarni kalibrda o`lchash xatoligini kompensatsiyalanadi. 180 mmgacha bo`lgan o`tmovchi kalibrlar dopusk maydonlari probkalar uchun yuqori chetlanishga nisbatan va skobalar uchun pastki chetlanishga nisbatan simmetrik joylashadi, ya`ni  = 0 va 1 = 0.
1.3–rasmda nostandart kalibrlar konstruktsiyalarining sxemalari keltirilgan.1.3.a– rasmda berilgan shakl profilini tekshirish uchun mo`ljallangan kalibrning sxemasi keltirilgan. Normal kalibr 1 ikki oraliqli kalibr-probka 2 bilan birgalikda qo`llaniladi.1.3.b–rasmda detal 1 va kalibr 2 orasidagi tirqish S ni tekshirish varianti ko`rsatilgan. 1.3.v–rasmda detal 1 ning chuqurligini aniqlash uchun qo`llaniladigan maxsus strelkali kalibrning sxemasi berilgan. 1.3.g–rasmda yorug’lik bilan tirqish S malta kresti kalibri bilan tekshirish ko`rsatilgan. 1.3.d–rasmda perpendikulyarlikni shup yordamida tekshiradigan kalibr ko`rsatilgan.

1.2–rasm. Nominal o`lchami 180 mm gacha bo`lgan yuzalar uchun kalibrlar dopusklarining joylashish sxemasi: a – teshiklar uchun IT6 – IT8; b - teshiklar uchun IT9 – IT17; v – vallar uchun IT6-IT8; g – vallar uchun IT9-IT17



1.3–rasm. Nostandart kalibrlar konstruktsiya-larining sxemalari.

Ishni bajarish tartibi



  1. Detalning chizmasini va tayyorlash bo`yicha texnik talabalarni tahlil qilish.

  2. Silliq slindrik detalning chetlanishlarini aniqlash uchun o`lchash sxemasini va o`lchov asboblarini tanlash.

  3. O`lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va olingan qiymatlarni hisobot jadvaliga kiritish.

  4. Detal yaroqliligi to`g’risida xulosa chiqarish.

  5. Tajriba ishi yuzasidan hisobot tuzish.


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling