Navoiy davlat pedag ogika instituti fizika texnologiya fakulteti texnologik ta


- LABORATORIYA ISHI. BURCHAKLARNI O`LCHASH VOSITALARI VA USULLARINI O’RGANISH


Download 1.61 Mb.
bet16/24
Sana25.02.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1231286
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
METROLOGIYA.LAB. ISHLANMALAR.

7- LABORATORIYA ISHI.


BURCHAKLARNI O`LCHASH VOSITALARI VA USULLARINI O’RGANISH.


Ishning maqsadi: Mashinasozlikda burchaklarni o`lchash vositalari va usullari bilan tanishish.


Tajriba ishini bajarish uchun zarur material va jihozlar.

  1. Tajriba ishini bajarish uchun uslubiy ko`rsatma.

  2. Mashinasozlikda burchaklarni o`lchash sxemalari.

  3. UN yoki UM tipidagi burchak o`lchagich.

  4. Sinusli lineyka.

  5. Nazorat qilinadigan detallar.



Tanishuv qismi:

  1. Burchaklarni o`lchash usullari va vositalari bilan tanishish.

  2. Burchak o`lchagichning ishlash prinsipini o`rganish.



Amaliy qism:

  1. Detalning chizmasi bo`yicha uning aniqligiga qo`yiladigan talablarni aniqlash.

  2. Detalning berilgan burchaklarini burchak o`lchagich bilan o`lchash.

  3. Har bir nazorat qilinayotgan ko`rsatkich bo`yicha detalning yaroqliligini aniqlash.



Nazorat obekti: ko`p qirrali prizma; o`lchash usuli: bevosita o`lchash usuli; o`lchov vositasi: burchak o`lchagich va sinusli lineyka.


Nazariy qism
Mashinasozlikning ko`pchilik mahsulotlarida ishlash sifati burchak o`lchamlarining aniqligiga bog’liq detallar qo`llaniladi. Bunday qismlar va o`lchamlar, masalan, rolikli konussimon podshipniklar, qaldirg’och dumli yo`naltiruvchilar, metall kesuvchi dastgohlar shpindelining teshigi, o`lchov asboblari quyrug’i, optik pizmalarning burchaklari va boshqalar.
O`lchashda burchak qiymati quyidagi uslublar bilan aniqlanadi:

  • Qattiq o`lchagich bilan taqqoslash (burchak o`lchagich, burchaklik, shablon, konussimon kalibr, ko`p qirrali prizma);

  • Chizg`ichli o`lchagich bilan taqqoslash (aylanma va sektorli shkalalarning har xil turlari, goniometrlar);

  • trigonometrik uslublar (chiziqli o`lchamlar qiymati bo`yicha).

Qattiq burchak o`lchagich ishchi va namunaviy burchak o`lchagichlarga etalonlardan tekis burchaklarni uzatish (ko`chirish), burchak o`lchagich priborlarni va maxsus burchak o`lchagich (shablon) larni qiyoslash va darajalash uchun shuningdek burchakli detallarni bevosita o`lchash uchun mo`ljallangan.
GOST 2875–88 «Prizmatik tekis burchak o`lchagichlar. Umumiy texnik shartlar» bo`yicha burchak o`lchagichlarning beshta xili ko`zda tutilgan: (9–rasm): 1 xildagi o`lchagichlar kichik qiymatli (90o gacha) ishchi burchaklarga ega bo`lib uchi qirqilgan burchak ko`rinishida tayyorlanadi; 2 xildagi o`lchagichlar 10o dan 79o gacha oraliqni qamrab olib o`tkir uchga ega; 3 xildagi o`lchagichlar 80o dan 100o oraliqni qamrab olib, to`rtta ishchi burchakka ega; 4 xildagi o`lchagichlar bir xil burchak qadamli prizmatik qilib tayyorlanadi; 5 xildagi o`lchagichlar uchta ishchi burchakli:  = 15o,  = 30o,  = 45o qilib tayyorlanadi.
Burchakli o`lchagichlar yuqori sifatli po`latlardan tayyorlanadi va 1 xildagi o`lchagichlar kvartsli yoki optik shishadan ham tayyorlanishi mumkin.
GOST 2875–88 bo`yicha 1, 2 va 3 xildagi burchakli o`lchagichlar uchun 0, 1 va 2 sinf aniqliklari va mos ravishda 3, 10, 30 dopusklar; 4 xil uchun 00, 0, 1 va 2 sinf aniqliklari; 5 xil o`lchagichlar uchun 1 sinf aniqligi o`rnatilgan. Namunaviy o`lchagichlar attestatsiya qilish xatoligiga muvofiq ravishda, 2,3 va 4 – razryad bo`yicha attestatsiya qilinadi, lekin ularning xatoliklari 1, 3, 6 oshmasligi zarur.



9–rasm. Prizmatik burchak o`lchagichlar



Burchakliklar (Ugol’niki) yuzalarning o`zaro perpendikulyarligini tekshirishga xizmat qiladi va 90o burchakka ega. Burchakliklarning ikkita turi mavjud: chiziq bo`yicha kontaktlashishni ta`minlovchi yoki lekaloli (buning uchun tomonlardan biriga 0,1–0,3 mm radiusli yumaloqlanish taminlanadi); tekis ishchi yuzalar bilan.







10–rasm. Burchakliklarning turlari



Standart bo`yicha burchakliklarning uchta aniqlik sinfi (0, 1, 2) ko`zda tutilgan. Ular quyidagi ko`rinishlarda ishlab chiqariladi: to`g’ri to`rtburchak ko`rinishida (10,a–rasm), burchakli (10,b–rasm) va slindrik (10,v–rasm).
Burchaklikning tomonlari va nazorat qilinayotgan burchakning ustma-ust tushishi vizual ravishda yorug’lik tushishi yoki shup orqali aniqlanadi.
Qattiq o`lchagich taqqoslash usuli konussimon ilashmalarni nazorat qilishda qo`llaniladi.Bunday holatda konussimon kalibr qattiq o`lchagich vazifasini bajaradi. Bunda diametr bo`yicha ham (o`q bo`yicha siljish), konus burchagi ham (karkas bo`yicha) tekshiriladi.
Mexanikaviy burchak o`lchagichlar burchaklarni kontaktli o`lchashga mo`ljallangan. Bunday burchak o`lchagichlarning uchta turi ishlab chiqariladi: UN–nonius bo`yicha 2 yoki 5 hisobida; (11–rasm); UM – nonius bo`yicha 2 yoki 5 hisobida (12– rasm).
Sinusli lineykaning sxemasi (13–rasm) oddiy bo`lib, o`qlari parallel ravishda bo`lgan ikkita bir xil diametrli slindrik roliklar stolchaning chekkalariga mahkamlangan. Roliklar o`qlari orasidagi masofa L qat`iy dopuska ega va attestatsiya qilingan. Bu masofa sinusli lineykani talab qilingan  burchakka o`rnatganda, to`g’ri burchakli uchburchak gipotenuzasi vazifasini bajaradi. Ushbu uchburchakning kateti h roliklardan birining ostiga qo`yilgan tekisparalell chekli o`lchagichlar blogidan tashkil topadi (13–rasm.). O`rnatilgan sinusli lineykaning ishchi burchagi bo`lib 1 burchak xizmat qiladi.



11–rasm. UN tipidagi noniusli burchak o`lchagich:
1 – noniusli sektor; 2 – asos; 3 – asosiy lineyka; 4 – stopor; 5 sektor; 6 – burchaklik; 7 – almashuvchan lineyka; 8 va 9 – dastaklar

12–rasm. UM tipidagi noniusli burchak o`lchagich:
1 –lineyka; 2 – asos; 3 stopor vinti; 4 – mikrovint; 5 –nonius; 6 – stopor; 7 – sektor; 8 – qo`zg’aluvchan lineyka; 9 – dastak; 10 –burchaklik

Sinusli lineykada o`lchashda (14–rasm) stolchani  burchakka burishuchun roliklar ostiga qo`yiladigan o`lchagichlar blokining o`lchami h quyidagi tenglamadan aniqlanadi:


h = Lsin
Keyin blok rolik ostiga nazorat qilanayotgan burchakning cho`qqisi yo`naltirilgan holda qo`yiladi. burchakni o`lchash, odatda kontaktli o`lchov kallagi (optimetr, prujinali kallak va boshqalar) yordamida I va II holatlarda ko`rsatilgan parallellikdan chetlanishni aniqlashga asoslanadi.
Standart sinusli lineykalar uch xil tipda ishlab chiqariladi: tayanch plitasiz (I–tip); tayanch plitali (II–tip) va o`zaroperpendikulyar yo`nalishlarda ikki qiyalikli (III–tip). Har bir tipdagi lineyka ikkita aniqlik sinfiga ega: 1 va 2.
Sinusli lineykani ichki burchaklarni o`lchashda ham qo`llash mumkin, masalan konussimon teshiklarni o`lchashda. Buning uchun nazorat qilinadigan teshikka kiradigan richag bo`lishi zarur.





13–rasm. Sinusli lineykani talab qilingan burchakka o`rnatish sxemasi

14–rasm. Konusning burchagini sinusli lineyka yordamida o`lchash sxemasi




Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling