Navoiy davlat pedag ogika instituti fizika texnologiya fakulteti texnologik ta


Download 1.61 Mb.
bet13/24
Sana25.02.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1231286
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
METROLOGIYA.LAB. ISHLANMALAR.

O’lchash natijalari






Nazorat qilinayotgan olcham

Olchamni nazorat qilishga moljallangan toplamga kiruvchi plitkalarning olchami

Mikrometr korsatkichi

Mikrometrining kosatish xatoligini




1

5,12

4+1,2

5,12

0




2

10,24

9+1,24

10,24

0




3

15,36

14+1,36

15,36

0




4

21,50

20+1,5

21,50

0




5

25,00

25

25,00

0






Amaliy ishni bajarish uchun variantlar





Mikrometr ko’rsatkichi xatoligini aniqlash uchun olchamlar



Mikrometr ko’rsatkichi xatoligini aniqlash uchun olchamlar

I–Topshiriq

II–Topshiriq

I–Topshiriq

II–Topshiriq

1

12,24

11,26

11

21,20

45,21

2

21,20

16,25

12

15,22

16,35

3

15,22

15,12

13

17,24

26,05

4

17,24

35,23

14

16,25

12,24

5

34,05

45,21

15

15,12

21,20

6

10,12

16,35

16

35,23

15,22

7

36,14

26,05

17

65,62

19,25

8

30,25

23,14

18

45,63

26,32

9

18,50

70,35

19

36,20

45,85

10

20,26

75,25

20

28,40

40,40

5- LABORATORIYA ISHI.


SOAT TIPIDAGI INDIKATORLAR BILAN ISHLASHNI O`RGANISH.


Ishning maqsadi: Talabalarni ICH – 10 soat tipidagi indikatorlar va indikatorli icho’lchagichlarning sxemasi va ishlash prinsipi bilan tanishish. Mashinasozlikda yuzalarni nazorat qilish usullari va metodlarini o`zlashtirish.


Tajriba ishini bajarish uchun zarur material va jihozlar

  1. Tajriba ishini bajarish uchun uslubiy ko`rsatma.

  2. Radial tepishni o`lchash sxemasi.

  3. ICH – 10 soat tipidagi indikator.

  4. Magnit ustuni

  5. Nazorat qilinadigan detallar.



Tanishuv qismi

  1. ICH – 10 soat tipidagi indikatorning sxemasi va ishlash prinsipi bilan tanishish.

  2. Nazariy ma`lumotlarni takrorlash.

  3. «Detallarning yuza joylashishi va geometrik shakldan chetlanishi» mavzusini o`zlashtirish.



Nazariy qism
Soat tipidagi indikatorlar. Bo'linmalar oralig'i 0,01 mm va shkalaga parallel siljuvchi o'lchovli soat tipidagi indikatorlar tashqi o'lchamlarni, shakl va yuzalar tekisliklari joylashishidan og'ishlarni nisbiy o'lchash uchun mo'ljallangan (1.3–rasm, a). U bundan tashqari indikatorli changak, indikatorli chuquro'lchagich va indikatorli icho'lchagichlar uchun ham ko'rsatuvchi asbob bo'lib xizmat qiladi.
Indikator siferblatining yuz tomonida ikkita shkala va ikkita strelkalar bor. Raqamlangan 2 aylana shkala ustidagi 4 kichik strelka o'rnatilgan. Aylana katta shkala bo'linmalari oralig'i 0,01 mm, kichik shkala esa l mm. 6 o'lchovchi tayoqchaning 1 mm ga siljishi 1 strelkani 100 bo'linmaga (bir to'la aylanishga), 4 strelka esa bir bo'linmaga buradi. Shkalani nol bo'limga qo'yishda indikatorning 2 shkalasi gardishi birga 1 strelkaga nisbatan aylantiriladi va 3 to'xtatgich bilan qotiriladi.
Indikatorning harakatlanish prinsipi 6 o'lchovchi tayoqchaning chiziqli siljishini tishli uzatma yordamida 1 va 4 strelkalarrang burchak siljishiga aylantirishga asoslangandir. Indikator mexanizmi (1.3–rasm, b) 1 o'lchovchi tayoqchaga qirqilgan 7 tishli reykaga ega. Tishli reyka 5 g'ildirak o'rnashgan bir o'qda joylashgan 6 tishli g'ildirak tishlanishda bo'ladi. 5 g'ildirakdan harakat 8 markaziy tishli g'ildirakka uzatiladi, uning o'qida esa katta 9 strelka birikkan va u dumaloq 10 shkala ustiga joylashgan. Uzatmada tirqishni tanlash uchun mo'ljallangan prujina 3 g'ildirak 4 bilan birikkan, u esa g'ildirak 8 bilan tishlashishda bo'ladi. O'lchash kuchini ta'minlash uchun prujina 2 xizmat qiladi.

1.3–rasm. Soat tipidagi indikator (a) va uning tuzilishi (b), chiziqlikdan (v),


parallellikdan (g), dumaloqlikdan (d), tekislikka nisbatan o'qning parallelligidan
(e), o'qlarningperpendikulyarligidan (j) og'ishlarni o'lchashga doir misollar.

Indikatorli icho’lchagichlar mahsulotlarning ichki o'lchamlarini taqqoslash usuli bilan o'lchash uchun mo'ljallangan eng ko'p tarqalgan asboblardir. Ularni bo'linish qiymatlari 0,01 mm (GOST 868–82); 0,001 va 0,002 mm (GOST 9244–75) bilan ishlab chiqariladi.
Icho'lchagichning tuzilishi 1.4–rasmda keltirilgan. Icho'lchagichning 11 tanasida 8 vtulka o'rnatilgan, unga esa bir tomondan 10 siljimas o'lchov tayoqchasi ikkinchi tomondan esa siljiydigan 1 tayoqcha buralgan, 1 tayoqcha 2 o'qqa mahkamlangan 12 dastakka ta'sir etadi. Siljimas 10 tayoqchaning holati qotirish gaykasi 9 bilan belgilanadi. Quvr 4 ichida shtok joylashgan, u soat tipidagi indikatorning 6 o'lchash tayoqchasi vaspiral 5 prujinabilan pastga siqiladi. Shtok 3 sharikli tayanch 7 orqali 12 dastakka ta'sir etadi, u esa 1 siljish tayoqchasini eng chekka chap holatga surib talab qilingan o'lchash kuchini ta'minlaydi. Markazlashtiruvchi 13 ko'prikcha ikkita 14 prujinalar bilan icho'lchagich o'qi bilan teshikning diametrial tekisligini mos tushishiga xizmat qiladi. O'lchash vaqtida icho'lchagich teshikka to'rt nuqta bilan urinadi, ya'ni uchta siljiydi-gan va bitta siljimaydigan. Nazorat qiluvchi teshikning o'lchamiga bog'liq ravishda kerak bo'ladigan siljimas o'lchash tayoqchasi tanlanadi va icho'lchagich tanasiga burab 9 gayka yordamida mahkamlanadi. Bunda siljish tayoqchasi 1 dagi belgi vtulka 8 ning yoni bilan to'g'ri kelishi kerak.
Icho'lchagich nominal o'lchamga o`rnatish halqasi yoki qisqichga biqinlar bilan yig'ilgan uch o'lchovlar to'plami yordamida sozlanadi. Icho'lchagichni o'ngga chapga harakatlantirib topilgan strelkaning maksimal og'ishida shkalaning noli indikator strelkasiga keltiriladi. Icho'lchagich o'lchanayotgan teshikka markazlashtiruvchi ko'prikchani siqqan holda sekinlik bilan kirgiziladi.

1.4–rasm. Indikatorii icho'lchagich.

Icho'lchagichga 1.4–rasmda punktir bilan ko'rsatilgandek holatni berib (soat tipidagi indikator shartli ravishda 90° ga aylantirilgan) soat tipidagi indikatorning eng katta og'ishini topamiz va o'lchashni bajaramiz, bunda agar indikator strelkasi noldan o'ng tomonga siljisa (haqiqiy, ya'ni real o'lcham nominaldan yoki o'rnatilgandan kichik) og'ish "minus" ishora bilan olinadi va agar strelka nol belgiga yetmasa (haqiqiy o'lcham nominaldan katta) og'ish "plyus" ishora bilan olinadi.
O'lchanayotgan teshikning diametri, uzunlikmng yassi-parallel uch o'lchovlari nominal o'lchamlari blokining algebraik yig'indisiga teng va icho'lchagich shu o'lchamga sozlangan bo'lib, soat tipidagi indikatorning noldan farqlanishi ham shu o'lchamga nisbatan qaraladi. 1.4–rasmdagi indikator strelkasi nolda turibdi, demak teshikning diametri (UYaPUO' bloki) nominal o'lchamiga teng. Shuni eslatib o'tish kerakki nolga sozlanayotgan soat tipidagi indikatorning katta strelkasi 1,2 marta aylantirilib taranglik berilishi kerak.

Soat tipidagi indikator laboratoriya, ayniqsa ishlab chiqarish sharoitlarida keng qo`llaniladi.
Indikator nisbiy va absalyut qiymatlarni o`lchashga imkon beradi. Absalyut o`lchash usuli nisbatan aniq o`lchash usuli bo`lib xisoblanadi, chunki indikator strekasining bir necha marta aylanishida hosil bo`ladigan xatoliklar yig’indisi indikator strelkasining bir marta aylanishida hosil bo`ladigan xatoliklardan yoki chekka kalibrlar xatoligidan katta bo`ladi.

Radial urish, bazaviy aylanish o`qiga perpendikulyar qirqimda, haqiqiy yuza bilan shu o`q orasidagi eng katta va eng kichik masofalar ayirmasiga teng.


Indikator o`lchash sterjenining o`qi val yuzasiga nisbatan normal holatda bo`lishi zarur. Shundan so`ng markazlarga o`rnatilgan val to`liq aylantiriladi va har bir kesimda eng katta va eng kichik masofalar indikator shkalasidan aniqlanib boriladi. Aniqlangan ko`rsatkichlar orqali valning radial urishi tavsiflanadi va radial urishning egri chizig’i quriladi.
Aylanish yuzalarining radial urishi ovallik va tsilindsimonlikdan bir vaqtda chetlanish va aylanish o`qining siljishi natijasi hisoblanadi.
Radial urish detalning bir marta to`liq aylanishi davomida priborning eng katta ko`rsatkigichi sifatida aniqlanadi.
Ekstsentriteti mavjud bo`lgan vallar uchun aylanish radiusi vektorining buralish burchagi quyidagi formula bilan topiladi:

Agar ovallik mavjud bo`lsa radial urishning egri chizig’i 2 ta maksimumga va 2 ta minimumga ega bo`ladi; agar ekstsentritet mavjud bo`lsa egri chiziq murakkab ko`rinishga ega bo`ladi.
O`lchash natijasida olingan qiymatlar bilan chizmada ko`rsatilgan radial urish qiymatlari o`zaro taqqoslanib detalning yaroqliligi to`g’risida xulosa chiqariladi.
Vtulka (yoki halqa) devori qalinligining o`zgaruvchanligini aniqlash uchun u moslamaning gorizontal barmog’iga kiritiladi. Indikator sterjenining uchi detalning tashqi yuzasiga tegib turadigan qilib o`rnatiladi va detal moslama barmog’i atrofidan aylantiriladi.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling