Navoiy davlat pedag ogika instituti fizika texnologiya fakulteti texnologik ta


Uzunlikning yassi-parallel chekli o'lchovlari (UYaPChO')


Download 1.61 Mb.
bet10/24
Sana25.02.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1231286
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
METROLOGIYA.LAB. ISHLANMALAR.

Uzunlikning yassi-parallel chekli o'lchovlari (UYaPChO')

Uzunlikning yassiparallel chekli o'lchovlari qisqacha plitkadeb ataladi. Plitka po'latdan qilingan to'g'ri to'rtburchaklik bo'lib, uning ichki tomoni o'zgarmas kattalikda, balandligi bo'yicha o'lchamlari esa turlichadir. Plitkalaniing chekli o'lchovi deb atalishiga sabab, ularning aniq o'lchamlari to'g'ri to'rtburchakning uchlari (boshlari) da hosil bo'lishidir (2.1–rasm, a). Har bir plitkaning ish o'lchami uning "o'rtacha uzunligi" bo'lib, bu uzunlik plitkaning bir o'lchash sirtining o'rtasidan shu sirtga qaramaqarshi joylashgan o'lchash sirtining o'rtasiga tushirilgan perpendikulyarga aytiladi.


UYaPChO' mashinasozlikda o'lchovning birligini saqlaydigan va asosiy o'lchov vositasi hisoblanadi. Ular orqali mahsulotga etalondan uzunlik birligi o'tqazish amalga oshiriladi.
UYaPChO' o'lchamlari gradatsiyasi - odatda, har 0,001, 001 va 0,1 mm 1...2 mm o'lchamlar uchun: 0,5 dan 25 mm gacha har 0,5 mm dan, 10 mm dan 100 mm gacha o'lchamlar uchun har 10 mm dan, 25 dan 200 mm gacha har 25 mm dan, 50 dan 300 mm gacha har 50 mm dan va 100 dan 1000 mm gacha oraliq uchun har 100 mm dan bo'lingan.
Hamma nominal o'lchamlar uchun uzunlik chekli o'lchovlarini yasash shart emas, chunki ular bloklarga yig'iladi. Yig'ilishga sabab ishqalanib yopishish xususiyatiga egaligidir. Agar birini ikkinchisiga qo'yib bir biriga qisib, birini ikkinchisiga nisbatan surilsa ular yopishishadi. Surish kuchi 3...4 kgs katta bo'lib, ishqalanuvchi yuzalarga nisbatan perpendikulyar yo'nalishida ulami ajratish uchun 10...20 marta ko'p kuch talab etiladi (2.1–rasm, b). Plitkalardan turli o'lchamh to'plam (blok)i lar tuzib olish mumkin. Ikki, chekli ko'pi bilan 4, 5 plitkadan iborat blok tuziladi. Yopishthilgan plitkalar bloki tarqalib ketmaydi, chunki ularni obdon yaxshi jilvirlangan sirtlarini (2.1–rasm, v) ko'rsatilganday ishqalab kiritilib yondashtirilsa, bu sirtlar bir biriga molekulyar tortish kuchlari hisobiga qattiq yopishib qoladi. Yopishqoqhkni plitkalar orasidagi 0,002 mkm. qalinlikdagi moy plankasi ham ta'minlaydi. Yondosh ikki plitkaning tutish kuchi shu qadar kuchliki, ularning bir biriga nisbatan ishqalab ajratilmasa, bir-biridan oson ajralmaydi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling