Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1-topshiriq: Pedagogik muloqat ko’nikmalarini shakllantirishga yordam beradigan bir necha mashqlarni bajaring:
Tartibni buzgan o’quvchiga qisqa muddatli tanbeh bering;
O’quvchiga yoki sinfga iltimos, savol, taklif va talab bilan murojaat qilishni ifodalang.
Sinfda o’quvchilarning o’zaro munosabatlari bo’yicha u yoki bu muammoli vaziyatni sharxlab bering;
“Diqqat qiling”, “Daftaringizni oching va yozing», “Doskaga chiq”, “O’rningdan tur” kabi o’quvchilarga murojaat qilib aytiladigan jumalalarni turlicha ohanglarda ayting.
2-topshiriq: Muloqotni kuzatish va o’zlashtirishga oid amaliy ishlar.
Nazariy mashg’ulotlar va kuzatishlar asosida muloqotga oid qarashlarni shakllantirish, rivojlantirish.
muosharat odobining ta’lim jarayonidagi ahamiyatini ko’rsating. Sof adabiy tilda so’zlashish.
Muloqatga o’rgatuvchi o’yin mashqlaridan namunalar keltiring
3- topshiriq: Bolalar bilan muloqotni takomillashtirish uchun qo’llaniladigan quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
sinfga tetik, o’ziga ishonch bilan, harakatchan kirish;
muloqat boshlanishida o’zini tetik, ishchan tutish, o’ziga ishonchni his etish;
kommunikativ kayfiyatda bo’lish, muloqatga tayyorgarlikni yaqqol namoyon qiling (ifodalang);
harakatchanlik, kommunikativ faollik bilan muloqotga hissiy tayyorgarlikni ko’rsating va bu holatni o’quvchilarda ham vujudga keltiring;
darsda zarur hissiy kayfiyatni yarating;
dars davomida o’z hissiyoti va bolalar bilan bo’ladigan muloqatni birgalikda boshqarish (turg’un hissiy holat, o’z xissiyotini boshqarish qobiliyati, kayfiyatni buzilmasligi);
muloqat samaradorligini ta’minlash;
muloqotni boshqarish: ildamlik, ixchamlik, shaxsiy muloqot uslubini sezish, muloqat va ta’sir ko’rsatish birligiga erishing;
nutq texnikasi: hissiy to’laqonli, yuqori madaniyatli nutqqa erishish;
mimikaning aniq pedagogik maqsadga muvofiqligi;
pantamimika: harakatlarning ifodaliligi, qiyofaning aniqligi, harakatlarning hissiyotga boyligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |