Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika


- topshiriq. Pedagogik muloqat ko’nikmalarini shakllantirishga yordam beradigan bir necha mashqlarni bajaring


Download 1.04 Mb.
bet95/133
Sana03.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1151901
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   133
Bog'liq
Ma\'ruza 3 kurs

4- topshiriq. Pedagogik muloqat ko’nikmalarini shakllantirishga yordam beradigan bir necha mashqlarni bajaring:

  • Sinfga kirib mimika, harakat, imo-ishora vositasi bilan o’quvchilar diqqatini o’zingiga jalb qiling;

  • Pedagogik hayron bo’lish, maqsadga muvofiq shaklda to’lqinlanish, zaxarxanda bo’lish, masxara qilib kulishni ifodalang.

5- topshiriq: Muammoli pedagogik vaziyatlarni yeching
A) O’qituvchilar xonasiga uzun bo’yli, zamonaviy kiyingan bir kishi kirib kelib:

  • Kimga kerak bo’lib qolibman, meni chaqiribsizlar, dedi

  • Siz Anvarjonning otasimisiz, men uning o’qituvchisi bo’laman, -dedi o’rta yashar ayol. Men sizni Anvarjonning o’qishi va tartibi masalasida chaqirgan edim. Uning o’zlashtirishi ancha past, tartibi esa...

  • Kechirasiz. Siz-o’qituvchisiz. Men o’g’limni sizga o’qitishga berganman. Siz o’qiting. O’qitish sizning vazifangiz. Men o’z sohamdagi ishlarni o’zim hal qilaman. Hech kimni yordamga chiqrimayman.

  • To’g’ri, lekin sizning o’g’lingizning tarbiyasi faqat bizning emas, balki sizning ham ishingiz. Maktab doim ham hamma narsani hal qila olmaydi…

  • Siz kuniga 4-5 soat ishlaysiz, men esa kuni bilan ishdaman. YAna 48 kun otpuskada dam olasiz. SHuning uchun mening ishim bolani boqish, sizning ishingiz esa uni tarbiyalash, - dedi ota qat’iyat bilan.

YOsh avlodni tarbiyalashda oila va maktab hamkorligining ahamiyati nimada? Ota-onalarning bola tarbiyasidagi o’rni qanday? Ish bilan band bo’lgan bu otaga qanday javob bergan bo’lardingiz?
B) Muammoli vaziyatni yeching
8- sinf o’quvchisi Bolta, juda sho’x, tinib-tinchimas bola, kimyodan yozma nazorat ishini shoshma-shosharlik bilan, berilgan masalalar va savollarni to’g’ri yozmasdan, savollarga ijobiy javob bermayapmanmi deb o’ylamasdan, hammadan oldin bajarib qo’yadi. YOzma nazorat ishingni to’g’ri bajar degan talabimga «u bundan yaxshi qilaolinayman» deb javob berdi. So’ngra, men uni hamma vaqt ham tirishqoqlik va diqqat bilan ishlaydigan Usmonning yoniga o’tkazdim. Ularning daftarlarini tuzatayaptib Boltaga: «Qara Usmon yozma nazorat ishini qanday to’g’ri bajarayapti va chiroyli qilib daftarga yozayapti, nahotki, sen shunday qilaolmaysan?» deb aytdim. Nazorat ishlaringni albatta bajarasizlar, faqat harakat qilinglar ertaga men sizlarga qaysilaringiz nazorat ishini yaxshiroq bajarganligingizni aytaman.
Bu gaplar unga kchb-g’ayrat, ishonch bag’ishladi, u tinmay harakat qildi. Unda kimyo fanidan masala va o’quv topshiriqlarini bajarishga qiziqish paydo bo’ldi, kimyodan berilgan topshiriqlarni bajarishga intilish, sabr-toqatli munosabat shakllana boshladi, o’quv yili yakunlariga borib, Boltaning nazorat ishlari daftariga qo’yilgan reyting ballari Usmonnikidan qolishmaydigan - darajaga yetib qoldi.
O’qituvchi Boltaning shaxs strukturasidan qanday kamchiliklarni namoyon qildi?
13- mavzu. PEDAGOGIK TAKT VA PEDAGOGIK ETIKA. PEDAGOG KASBIY KOMPETENTLIGINING TUZILISHI VA MAZMUNI. KREATIVLIK – PEDAGOGIK IJODKORLIKNING ASOSI SIFATIDA
Reja:

  1. Pedagogik odob haqida tushuncha.

  2. Pedagogik nazokatning vazifalari, mohiyati va xususiyati. Darsda pedagogik nazokat.

  3. Nazokat va taktika. Pedagogik nazokatni egallash shart - sharoitlari.

  4. “Kompetensiya” va “kompetentlik”, Kasbiy kompetentlik tushunchalari. Kompetentsiyaning turlari

  5. Kreativ qobiliyat: tuzilishi va o‘ziga xosliklari. Kreativ jarayon tuzilmasi. Akmeogramma – pedagogik ijodkorlikni baholashning muhim vositasi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling