Navoiy innovatsiyalar instituti


-yildan boshlab ikki tomonlama munosabatlar jadal rivojla-na boshladi. 2004


Download 0.95 Mb.
bet97/165
Sana06.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1330979
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   165
2004-yildan boshlab ikki tomonlama munosabatlar jadal rivojla-na boshladi.
2004-yilning 15-16-aprelida Birinchi Prezident I.Karimovning Ros-siyaga amaliy tashrifi chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar, dol-zarb xalqaro masalalar yuzasidan oshkora hamda samimiy muloqot bo’lib o‘tdi.
2004-yil 16-iyunida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Tosh-kent sammiti doirasida I.Karimov va V.V. Putin o‘rtasida bo’lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuv chog’ida Strategik sherikchilik to‘g‘risidagi Shartnoma imzolandi.
O’zbekiston-Rossiya o‘rtasida oliy darajadagi muloqot Prezi-dent I.Karimovning 2004-yil 2-3- iyulida Rossiyaga qilgan sa-
fari, MDH davlat boshliqlari Kengashining 2004-yil 16-sentabrdagi Ostona shahridagi hamda prezident V.Putin rahbarligidagi Rossiya delegatsiyasi to‘laqonli a’zo sifatida ilk bor ishtirok etgan Marka-ziy Osiyo mamlakatlari tashkilotining 2004-yilning 18-oktabrida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan sammitlari chog‘ida davom ettirildi.
2005-yilning 7-8-may kunlari Birinchi Prezident I.Karimov MDHning Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan norasmiy sammitida ishtirok etdi.
2005-yilning 27-29-iyulida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrifi bo‘lib o‘tdi.
2005-yilning 26-avgustida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov MHD davlat rahbarlari Kengashining yig‘ilishi hamda Qozon shahrining 1000 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan anju-manda ishtirok etdi.
2005-yilning 6-7-oktabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Pre-zidenti I.Karimov Markaziy Osiyo davlatlari tashkiloti davlat rah-barlari Kengashining Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ishtirok etdi.
O’zbekiston rahbarining tashabbusi bilan Yevroosiyo makoni-da iqtisodiy integratsiya jarayonlarini kuchaytirish hamda taraqqi-yotga ko‘maklashish maqsadida Yevroosiyo hamkorligi tashkilo-tini Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YevrAzES) bilan qo‘shish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sammit doirasida O’zbekiston Res-publikasi Prezidenti I.Karimovning Rossiya Federatsiya Prezidenti V.Putin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O’zbekiston-Ros-siya munosabatlarining istiqbollari muhokama etildi. Rossiya rahbari O’zbekistonning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mus-tahkamlash integratsiya jarayonlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutayotganini ta’kidlab o‘tdi. O’zbekiston rahbari, o‘z navbatida, Rossiya va O’zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik tamoyillari asosida rivojlanib borayotgani va «do‘st musibatda sina-ladi» xalq maqoliga tayangan Rossiya siyosatini O’zbekiston yuksak qadrlashini uqtirdi. Uchrashuv chog‘ida tomonlami qiziqtirgan xal-qaro hamda mintaqaviy masalalar bo‘yicha fikr almashildi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling