3.2.Tog„ jinslarini qazib olishga tayyorlash usulini tanlash.
KURS ISHI – 2023 yil
5311600 – Konchilik ishi
|
bet
|
|
Tog‗ jinslarini qazib olishga tayyorlash jarayoni qazib olishning samaradorligini ta‘minlash maqsadida, tog‗ jinsining tabiiy holatini o‗zgartirishga yo‗naltirilgan jarayonni o‗z ichiga oladi.
Tog‗ jinslarini qazib olishga tayyorlashda pog‗onadagi qattiq tog‗ jinslari portlatish yordamida parchalanadi va o‗rtacha qattiqlikdagi tog‗ jinslari esa mexanik usul bilan parchalanadi.
Mexanik usul bilan maydalash portlatish usuli bilan maydalashga qaraganda ancha foydalidir, chunki unumdorligi yuqori, tannarxi kichik va ishdagi xavfsizligi yuqoridir. Mexanik usul bilan maydalashni mustahkamlik koeffitsienti f=6 gacha bo‗lgan tog‗ jinslariga qo‗llash mumkin.
Portlatib yumshatish usuli mustahkamlik koeffitsienti f=6 dan yuqori bo‗lgan tog‗ jinslariga qo‗llaniladi. Ochiq kon ishlari amaliyotida tog‗ jinslarini qazib olishga tayyorlashda portlatib maydalash usuli keng qo‗llaniladi.
3.3 Tog‟ jinsini burg‟ulab portlatish usuli yordamida qazib olishga tayyorlash.
Tog‗ jinsini qazib olishning portlatish usuli tog‗ jinsini massivdan ajratib olish va ularni belgilangan kattalikda maydalashdan iborat. Yarim qoyali tog‗ jinslarini qazib olishga tayyorlashda portlatish usuli bilan yumshatish keng qo‗llaniladi. Ushbu usul karerlarda qoyali tog‗ jinslarini qazib olishga tayyorlashning yagona usuli hisoblanadi. Barcha karer jihozlarining ish unumdorligi va kon ishlariga ketgan xarajatlar ma‘lum darajada portlatish ishlari sifati va ularni tashkil etishga bog‗liqdir.
Portlatish ishlari quyidagilarni ta‘minlashi zarur:
keyingi ishlab chiqarish jarayonlari uchun tog‗ jinslarini belgilangan darajada maydalanishini;
portlatilgan foydali qazilmaning talab etilgan sifat va navlarini;
minimum darajada pog‗ona maydonchalari belgilari o‗lchamlari va shakllaridan chekinish;
berilgan pog‗ona shakli va qiyalik burchaklarini, keyingi (navbatdagi) skvajinalarni burg‗ulash va zaryadlash xavfsizligini;
qazish va yuklash ishlari uchun qulay bo‗lishi uchun belgilangan o‗lcham va shakldagi portlatilgan tog‗ jinsi uyumini,
tog‗ jinslarini joylashtirishda zarur bulgan masofa va yo‗nalishlarni, asosan qazib o‗tilgan maydonga joylashtirishda;
atrofdagi inshootlar va karerning oxirgi konturidagi tog‗ jinsi massivini maksimal darajada saqlash xamda, ularga minimal darajada portlashning seysmik ta‘sirini;
|
KURS ISHI – 2023 yil
5311600 – Konchilik ishi
|
bet
|
|
yuqori unumdorlikda qazish va yuklash ishlari uchun etarli hajmdagi portlatilgan tog jinslarini;
kon ishlarini yuqori samaradorligini, ish unumdorligini va xavfsizligini.
Skal tog‗ jinslari burg‗ulash portlatish ishlari yordamida qazib olishga tayyorlanadi. Yumshoq tog‗ jinslari esa to‗g‗ridan to‗g‗ri massivdan ekskavator yoki boshqa qazib oluvchi mashina orqali qazib olinadi.
Hozirgi kunda ochiq kon ishlarida sharoshkali burg‗ulash stanogi keng qo‗llanilmoqda. Ushbu usul yordamida 82,5 % burg‗ulash ishlari, 15,7 % atroyida shnekli burug‗ulash mashinasi yordamida va 1% i zarbli burg‗ulash mashinasi yordamida amalga oshiriladi. Qolgan 0,8% urg‗ulash ishlari esa termik va zarbli – kanatli burg‗ulash mashinasi yordamida amalga oshiriladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |