Navoiy qalblarda yashar abadiy
Navoiy g’azali asosida qo’shiq ijrosi. «Qaro ko’zim»
Download 71 Kb.
|
Navoiy qalblarda yashar abadiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi
- 2-boshlovchi
Navoiy g’azali asosida qo’shiq ijrosi. «Qaro ko’zim»
1-boshlovchi: Siz shoirsiz, siz vazirsiz – dushmanga qalqon Imondirsiz, vijdondirsiz – siz aziz inson. Qalblararo ko’tarmoqda ruhingiz isyon, Sizday mard zot tug’ilsa deb umidvor jahon. Hazrat Navoiy, sizni yod etajakmiz, Olamaro ruhingizni shod etajakmiz. 2-boshlovchi: So’zning qudratini jamlab qalamga O’zbeklar dong’ini yoydi olamga. Ovrupo, Amriqo, Rum-u Farangda, Turkiy so’z sehridan qoldilar tangda. Yurtlarni zabt etgan Hazrat Navoiy, Qalblarga naqsh bitgan Hazrat Navoiy. 1-boshlovchi: Kitobing kirmagan o’zbek elida xonadon yo’qdir, Ruboiy, kuylaring yod bilmagan bir jonajon yo’qdir. Yetuk avlodlaringdir ilm-u donishli, gumon yo’qdir, Ko’ngillarni yoritdik ma’rifatdan mohitob aylab. 2-boshlovchi: Baytingga bir bora qovushgan har lab Takrorlab ketgusi Mahshargacha to. Qaratib turibsan bu yon, ne ajab, Milliard martabali jahonni hatto. 1-boshlovchi: Azizlar, haqiqatdan ham, Hazrat Navoiy ijodiyoti shunday bir dengizdirki, unga qancha chuqur sho’ng’isangiz, shuncha ko’p dur-u javohirga ega bo’lasiz. Navoiy ijodi bamisli qaynar bir buloqdirki, undan ichganingiz sayin ichgingiz kelaveradi. 2-boshlovchi: Hazrat Navoiyning so’zi-yu hikmatlari purma’no, ko’ngilni yetaklar sehrli olam aro, dono shoir erur ul jahon ichra tanho va bebaho. O’zingiz buning guvohi bo’ling, istagancha dur-u javohir tering. Marhamat, azizlar, sizlarni A.Navoiy she’riyati asosida mushoiraga taklif etamiz. Mushoira. Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro’ kelmadi, Ko’zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi… Mehr ko’p ko’rguzdim, ammo mehribone topmadim, Jon base qildim fido, oromijone topmadim… Meni men istagan o’z suhbatig’a arjumand etmas Meni istar kishining suhbatin ko’nglim pisand etmas… Ko’rgali husningni zor-u mubtalo bo’ldum sanga Ne balolig’ kun edikim, oshno bo’ldum sanga… Qoshi yosinmu deyin, ko’zi qarosinmu deyin, Ko’nglima har birining dard-u balosinmu deyin… Download 71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling