Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
FRAZEOLOGIYA VA LEKSIKOGRAFIYA 1-VARIANT
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
FRAZEOLOGIYA VA LEKSIKOGRAFIYA 1-VARIANT
1. Yulduzni benarvon uradigan iborasining ma’nosi toʻgʻri koʻrsatilgan javobni belgilang. A) oʻtaketgan qaysar B) oʻtaketgan maqtanchoq C) oʻtaketgan shoʻx D) oʻtaketgan olgʻir 2. Uning roziligini olmasdan turib bu ishga oyoq qoʻyish mumkin emas. Oyoq qoʻymoq iborasi qanday ma’no anglatadi? A) ishni uddalamoq B) ishga kirishmoq C) ishga bormoq D) ishga yakun yasamoq 3. Qaysi qatorda iboralarning ma’nosi noto‘g’ri berilgan? A.oʻrniga qoʻymoq-bajarmoq, qoʻl urmoq-tegmoq B.kavushini toʻgʻrilab qoʻymoq-haydamoq, yoʻq yerdagi-boʻlmagʻur C. ovi yurgan-baxtli,dili pora-xafa boʻlmoq D. koʻz-koʻz qilmoq-maqtamoq, koʻz ostiga olish- moʻljallash 4. Qaysi ibora “xoʻrlandi” soʻziga sinonim boʻladi? A) tepa sochi tikka boʻldi B) terisiga sigʻmay qoldi C) oyoq osti boʻldi D) mum tishlab qoldi 5. Bezovta so‘zining antonimi bilan ma’nodosh bo‘la oladigan ibora qaysi qatorda berilgan? A) ko‘zi och B) cho‘ntagi baquvvat C) qo‘li ochiq D) ko‘ngli to‘q 6. Qaysi javobda oʻzaro zid ma’noli iboralar berilgan? A) doʻppisini osmonga otmoq, koʻkka koʻtarmoq B) koʻkka koʻtarmoq, yerga urmoq C) tepa sochi tikka boʻlmoq, qovogʻidan qor yogʻmoq D) tilining uchida turmoq, koʻz qorachigʻiday asramoq 7.Qaysi iboralar ogʻziga tolqon solmoq iborasi bilan mazmunan yaqin? 1)mum tishlamoq;2)lom-mim demaslik; 3)ogʻziga qoqmoq; 4)ogʻziga qatiq ivitmoq; 5)ogʻziga urmoq; 6)damini chiqarmaslik A)1,2,6 B)1,2,4,6 C)1,2, 5, 6 D)1, 2, 3, 6 8.Berilgan birliklarning nechtasi ham soʻz birikmasi, ham turgʻun birikma sifatida qoʻllanishi mumkin? boshiga yetmoq; qulogʻiga quymoq; oʻz yogʻiga qovurilmoq; yaxshi koʻrmoq; toʻnini teskari kiymoq; koʻnglidan oʻtkazmoq A) 3 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 5 ta 9.Atamalarning sinonimligi bilan bogʻliq toʻgʻri hukm berilgan qatorni aniqlang. A) tutuq belgisini apostraf deb ham nomlash mumkin B) qoʻsh undoshlarni qator undoshlar deb nomlash mumkin C) soʻz urgʻusini leksik urgʻu yoki mantiqiy urgʻu deb nomlash mumkin D) barcha hukmlar toʻgʻri 10. Qaysi qatorda iboraning ma’nosiga toʻgʻri kelmaydigan soʻz berilgan? A) xamirdan qil sugʻurganday - oson, tez B) qoʻy ogʻzidan choʻp olmagan - moʻmin yomonlik qilmagan C) tekkanga tegib tegmaganga kesak otadi- xira, tegajoq. D) tepa sochi tik boʻldi – jahli chiqdi, achchiqlandi 11. Umumxalq tilidagi soʻzlardan ma’nosi maxsuslashtirish orqali hosil boʻlmagan atamani toping. A) aksioma B) ildiz C) sifat D) son 12. Uyadosh va manodosh soʻzlarning tushuncha ifodalashiga koʻra farqi qaysi javobda berilgan? A) Ma’nodoshlarda umumiy va xususiy ma’nolar boʻladi, uyadosh soʻzlarda bunday xususiyat yoʻq. B) Uyadoshlar soʻzlar xotirada oson saqlanish va nutqiy jarayonda ulardan oson foydalanish imkonini beradi, ma’nodoshlar esa nutq ta’sirchanligini ta’minlaydi. C) Uyadoshlar bir mazmuniy uyaga mansub tushunchalarni ifodalaydi. Ma’nodoshlar esa bir umumiy ma’noning nozik ma’no qirralarini ifodalaydi. D) Uyadoshlar uslubiy boʻyogʻiga koʻra farqlanmaydi, ma’nodoshlar esa uslubiy boʻyogʻiga koʻra farqlanadi. 13. Boshida koʻtarib yurmoq birikuvi shakl va ma’no munosabatiga koʻra qanday ma’nolarda qoʻllana oladi? A) omonim B) antonim C) paronim D) sinonim 14.Berilgan qaysi atamalar grammatikaning sintaksis boʻlimiga tegishli? A) birikma, qo‘shma gap, rasmiy uslub B) umumlashtiruvchi so‘z, juft so‘z, taqlid so‘z C) aralash qo‘shma gap, izohlovchi, ravish D) izohlovchi ,boshqaruv, tobe so‘z 15. Qaysi javobda shakldosh iboralar qayd etilgan? A) Tashabbus – katta gap! Men oʻz aravamni tortsam ham, katta gap. B) Shu kunlarda sevinchimni ichimga sigʻdira olmayapman: ishlarim besh! Davronov shodligi ichiga sigʻmay, atrofga zavq bilan qarab oʻtirardi. C) Qoʻrqqanimdan nafasim ichimga tushib ketdi. Sultonning nomini eshitish bilan Bozorovning dami ichiga tushdi. D) Shabada ham, toza havo ham uning koʻnglini ocholmasdi. Koʻngilni ochmasa, uning dardi nimaligini qayerdan bilay? 16. Baland oxurdan yem yemoq iborasining ma’nosi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? A) oʻta takabbur boʻlmoq B) boquvi zoʻr boʻlmoq C) katta maqsad sari intilmoq D) hayot darajasi, maishati yuqori boʻlmoq 17. Soyaga qarab toʻn bichma maqolidagi toʻn bichmoq iborasining ma’nosi qaysi qatorda toʻgʻri izohlangan? A) andaza olmoq B) ragʻbatlantirmaslik C) xato ish qilmoq D) baho bermoq 18. Ma’lum fan yoki kasb-hunar sohasidagi muayyan bir tushunchani aniq ifodalash uchun xizmat qiladigan soʻzlar qanday ataladi? A) atama B) ibora C)sinonim D)antonim 19.Ibora ishtirok etgan gapni toping. A)Oq oltindan moʻl hosil olindi B)Ahmadning qoʻltigʻidan tarvuzi tushib ketdi C)Dalalarga baraka urugʻi sepib boʻlindi D)Bobom yetti oʻlchab bir kesadiganlardan. 20.Ma’nosi bir soʻzga teng keladigan soʻz birikmasi yoki gaplar ...... deyiladi. A) ibora B) tasviriy ifoda C) atama D) shevaga xos soʻzlar 21.Atamalar berilgan qatorni aniqlang. A) ishchan, ishchi, ishla B) ot, kun, soat C) ibora ,sifat, fe’l D) kitob, stol, stul 22.Uyadosh soʻzlar qatorini toping. A)olma, nok, behi, oy B)kitob, daftar, yulduz, ruchka C)oila, aka, uka, buzoq D)quyosh, oy, yulduz, osmon 23.Xursand boʻlmoq soʻz birikmasiga teng keladigan iborani toping. A)belni bogʻlamoq B)doʻppisini osmonga otmoq C)yetti oʻlchab bir kesmoq D)tishining kovagida saqlamoq 24.Ma’lum bir fan doirasida qoʻllaniladigan atamalar ..... deyiladi. A)olinma soʻzlar B)shevaga xos soʻzlar C)kasbiy atamalar D)ilmiy atamalar 25.Feruza yetti oʻlchab, bir kesadi. Ushbu gap qanday boʻlaklardan tashkil topgan? A) ega, hol, kesim B ) ega, kesim C) ega, hol, hol, kesim D) ega, aniqlovchi, hol, kesim 26. So‘zlarning to‘g‘ri yozilishini ko‘rsatuvchi lug‘at qanday nomlanadi? A) tarjima lug‘at B) izohli lug‘at C) frazeologik lug‘at D) imlo lug‘at 27. Lug‘at turlarining qaysi birida davlat so‘zi “Davlat – jamiyatni qonun kuchi bilan boshqaruvchi tashkilot” tarzida ifodalanishi mumkin? A) tarjima lug‘atda B) izohli lug‘atda C) ma’nodosh so‘zlar lug‘atida D) imlo lug‘atida 28. Internet so‘zining ma’nosini qaysi lug‘at orqali bilib olish mumkin? A) sinonim (ma’nodosh) so‘zlar lug‘at B) imlo lug‘ati C) izohli lug‘at D) tarjima lug‘at 29.Tildagi barcha so‘zlarning qanday ma’nolarni bildirishini ko‘rsatuvchi lug‘at ... deyiladi. A) izohli lug‘at B) tarjima lug‘at C) imlo lug‘ati D)qomusiy lug‘at 30.Qaysi gap tarkibida yangi so‘z bor? A)Elda bori senda bor. B)Ter to‘kib sochsang urug‘, yer seni qo‘ymas quruq. C)O‘zbekiston birjasida malakali brokerlar ishlamoqda . D)Oz so‘zla, ko‘p tingla. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling