Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
ISMLAR BO‘YICHA TEST 1-VARIANT
1. Quyida berilgan matnda ismlar guruhiga kiruvchi nechta so‘z bor? Savobdir jilg‘aga soysan, deb aytsang, Yo xunuk ayolga oysan deb aytsang. A) 6 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 7 ta 2. Ismlarning munosabat shakllaridan qaysi biri faqat tobe qism tarkibida qo‘llanadi? A) egalik shakllari B) kelishik shakllari C) barcha javoblar to‘gi D) shaxs-son shakllari 3. Ismlarning qaysi qo‘shimchalar bilan o‘zgarishi turlanish deyiladi? A) egalik qo‘shimchalari B) kelishik qo‘shimchalari C) egalik va kelishik qo‘shimchalari D) shaxs-son qo‘ shimchalari 4. Qaysi qatorda ismlarning munosabat shakllari berilmagan? A) bog‘lamalar B) egalik shakllari C) kelishik shakllari D) shaxs-son qo‘shimchalari 5. Ismlarning munosabat shakllaridan qaysi biri faqat hokim qism tarkibida qo‘llanadi? A) shaxs-son shakllari B) kelishik shakllari C) barcha javoblar to‘g‘ri D) ismlarni kesimga moslovchi shakllar 6. Qanday so‘zlar ismlar atamasi ostida birlashtiriladi? A) barcha mustaqil so‘zlar B) ot turkumiga mansub so‘zlar C) turlanish va tuslanish xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlar D) egalik, kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlar 7. Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs, kabobpaz kabob olib keldi. Ushbu gapdagi ismlar sonini aniqlang. A) 8 B) 6 C) 9 D) 7 8. Ismlarning munosabat shakllariga quyidagilardan qaysilari kiradi? 1. egalik shakllari 2. kelishik shakllari 3. -man, -san, -miz, -siz, -dir 4. bo‘lmoq so‘zi 5. sanalmoq so‘zi 6. hisoblanmoq so‘zi A) 1,2 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 1,2,3,4,5,6 9. Onangni kaftingda tutsang, singlingni boshingda tut. Ushbu gapda nechta o‘rinda egalik qo‘shimchasi qo‘llangan? A) 7 B) 4 C) 5 D) 6 10. Bog‘lama ishtirok etmagan gapni aniqlang. A) Birovni qarg‘ash yoki so‘kish gunohdir. B) Men aytmagan so‘zni aytajak kimdir. C) Barcha gaplarda bog‘lama ishtirok etgan. D) Ilm yo‘limizdagi so‘nmas mash’aldir. 11. Senga aytar so‘zim: “Gulim, seni juda yaxshi ko‘raman!” Ikkinchi misradagi gap haqidagi to‘g‘ri hukmni belgilang. A) ikkita ism qo‘llangan va ikkisi ham turlangan. B) sifat so‘z turkumiga mansub so‘z egalik qo‘shimchasini olgan va otlashgan C) uchta ism qo‘llangan va ulardan biri miqdor daraja ravishi . D) ikkita sifat turkumidagi so‘z qo‘llangan va ulardan biri ravish vazifasida kelgan 12. Qaysi qatorda ismlar berilmagan? A.gul, eshik B.hamma, kulish C.yomon, gup-gup D.sekin, tez 13. Qaysi qatorda ismlarning kesim sifatida shakllantiruvchi va ega bilan munosabatini ifodalovchi qo‘shimchalar berilgan. A) –man,-san,-dir B) –ga,-da, -dan C) –dir, -day, -dek. D) –cha, -lar,-man. 14. So‘zlarni qaysi xususiyatiga ko‘ra ismlar guruhiga kiritish mumkin? A. egalik va kelishik qo‘shimchalarini olib, o‘zgara olishiga ko‘ra B. biror so‘zga birika olish, olmasligiga ko‘ra C. gapda biror sintaktik bo‘lak bo‘lib kela olishiga ko‘ra D. kelishik va shaxs-son qo‘shimchalarini qabul qila olishiga ko‘ra 15. Ismlarning lug‘aviy shakllari to‘g‘ri berilgan javobni toping. A. ko‘plik, zamon, mayl qo‘shimchalari B. ko‘plik, kichraytirish-erkalash, qiyoslash qo‘shimchalari C. egalik, kelishik,ismlarni kesimga xoslovchi qo‘shimchalar D. egalik, kelishik, ko‘plik qo‘shimchalari 16. Kimlar so‘zlarni ismlar, fe’llar, yordamchilar kabi uch guruhga bo‘lib o‘rganishgan? A.qadimgi hind B.turkiylar C.arablar D. ruslar 17. Ismlar berilgan qatorni toping. A) nazm, odob, ikki B) bormoqda, o‘qigan,kuchli C) yiltira, ming, dunyo D) kulib, atayin, jim 18. Qaratqich kelishigi qo‘shimchasi qanday so‘zlarga qo‘shilganda ,albatta, belgili qo‘llaniladi? A) atoqli otlarga B) sifatdoshga C) olmoshga D) barcha javoblar to‘g‘ri 19. To‘g‘ri hukmni toping. A) qaratqich kelishigini olgan ot gapda sifatlovchi-aniqlovchi bo‘lib keladi. B) qaratqich kelishigidagi so‘z bilan qaralmish yonma-yon kelganda -ning belgisiz qo‘llana oladi C) qaratqich kelishigi atoqli otlarga qo‘shilganda belgisiz qo‘llaniladi D) qaratqich va qaralmish o‘rtasida so‘z qo‘llansa, -ning tushib qoladi. 20. Bosh kelishikdagi so‘z qanday gap bo‘lagi vazifasida kelishi mumkin? A) undalma, aniqlovchi, to‘ldiruvchi B) ega, undalma, ot kesim C) ot-kesim, to‘ldiruvchi, hol D) barchasi to‘g‘ri 21. Qaysi gapdagi so‘zda egalik va kelishik qo‘shimchalari o‘z xususiyatini tamoman yo‘qotgan ? A) Vaziyat shunday bo‘ldi, aftidan B) Uning aftidan ter quyilardi C) Yaxshisidan bering. D) Do‘stimning xotira daftaridan o‘qigandim 22. Quyidagi moslashuvli birikmalardan qaysi birida qaratqich kelishik qo‘shimchasi belgisiz shaklda qo‘llana olmaydi? A) maktabimizning bog‘i B) kitobning varag‘i C) olmaning katta shoxi D) odamning bolasi 23. Egalik qo‘shimchasini qabul qilgan ot o‘zidan oldin kelgan so‘zning qanday kelishikda kelishini talab qiladi? A) tushum va qaratqich kelishikda B) qaratqich kelishikda C) bosh kelishikda D) tushum va bosh kelishikda 24. Qaysi qatordagi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘z oxiridagi tovush o‘zgarmaydi? A) ertak, tirnoq B) ishtirok, pichoq C) huquq, farq D) terak, quduq 25. Quyidagi gaplarning qaysi birida qaratqich kelishigining qisqargan shakli mavjud? A) Yaxshi bo‘lsa oshin yer, yomon bo‘lsa boshin. B) Seza olardim kuchin, ko‘pi yolg‘on ko‘pi chin. C) Madhin kuylay-kuylay o‘tdi olamdan. D) Uning yodida doim onasin so‘zi edi. 26. Ot bilan otning tobelanish asosidagi birikuvi, odatda, qaysi kelishik shaklida keladi? A) tushum kelishigi B) qaratqich kelishigi C) jo‘nalish kelishigi D) chiqish kelishigi 27. Qaysi qatorda bosh kelishikdagi ikkita otning o‘zaro birikuvi berilgan? A) Zarafshon daryosi, Samarqand viloyati B) kitob varag‘i, donishmand hikmati C) sinf burchagi, Navoiy bog‘i D) A, B, C javoblar to‘g‘ri 28. To‘g‘ri hukmni belgilang. A) Qaratqich kelishigi shaklidagi so‘z ham , qaratqichga bog‘langan so‘z ham qaralmish deyiladi. B) Qaratqich kelishigi qaratqichni qaralmishga tobelashtirib bog‘lab keladi. C) Qaralmish doim tobe so‘z bo‘ladi D) B va C javoblar to‘g‘ri 29. Qanday hollarda qaratqich kelishigi qo‘shimchasi tushib qolmaydi? A) qaratqich va qaralmish o‘rtasida boshqa so‘z qo‘llansa B) qaratqich va qaralmish birikuvida tobe so‘z atoqli otlar, olmoshlar, sifatdoshlar bilan ifodalansa C) qaratqich kelishigi qo‘shimchasi otga qo‘shilsa D) A, B 30. Qarindoshlardan ketgani ketdi, qolgani qoldi. Ushbu gapdagi kelishik qo‘shimchasi bilan qaysi kelishik qo‘shimchasi sinonimik munosabatga kirisha oladi? A) tushum kelishigi B) qaratqich kelishigi C) o‘rin-payt kelishigi D) jo‘nalish kelishigi Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling