Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

 
 
ISMLAR BO‘YICHA TEST 2-VARIANT
 
1. Quyidagi birikmalardan qaysilarida shaxs yoki narsaga qarashlilik ma’nosi
ifodalanmagan? 
A) Toshkent ko‘chalari, mahalla idorasi B) Ozodlik qadri, ona mehri
C) Erk tuyg‘usi, ilon zahri D) Mustaqillik bayrami, o‘qish kitobi 
2. Qaratqich kelishigi quyidagilardan qaysi biriga qo‘shilganda belgili qo‘llanadi?
1) turdosh otlar 2) atoqli otlar 3) olmoshlar 4) sifatdoshlar 5) mavhum otlar
A) 2, 3, 5 B) 1, 2, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3 
3. Qaratqich kelishigi quyidagi so‘zlardan qaysilariga qo‘shilganda belgili qo‘llaniladi? 
A) har kim, kerilgan, Bobur B) bahor, hayot o‘qigan
C) biz, qush, yigit D) sinf, bola, kitob 


4. Qaysi qatordagi gapda qaratqich kelishigi o‘rnida tushum kelishigi qo‘shimchasi
qo‘llanib xatolik yuz bergan?
A) Daryo suvini bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar.
B) Navoiy gulni sevardi.
C) Latifjonni adasi so‘zining ustidan chiqdi.
D) Yormat jahli chiqqanidan otlarni qamchilardi. 
5. Quyidagi misralarda tushum kelishigi qay tarzda qo‘llangan?
Aziz asrimizning aziz onlari,
Aziz odamlardan so‘raydi qadrin,
Fursat g‘animatdir shoh satrlar-la,
Bezamoq chog‘idir umr daftarin. 
A) bir o‘rinda belgili, bir o‘rinda belgisiz B) bir o‘rinda belgili
C) ikki o‘rinda belgili D) ikki o‘rinda belgili, bir o‘rinda belgisiz 
6. Qaysi gaplarda tushum kelishigi o‘rnida jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini qo‘llash 
mumkin? 
1. Farhod otni mindi 2. Ota va o‘g‘il dashtni kezib chiqdi
3. Mahmud suvni ichdi. 4. Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim
A) 1 B) 1,2,4 C) 1,3 D) 4
7. Jo‘nalish kelishigini olgan so‘z payt holi vazifasida kelgan gapni toping. 
A) Sizga bu kitoblar sovg‘a uchun berildi B) Paxta yig‘im-terimi kuzga kelib boshlandi
C) Soat uchda yig‘ilish yakunlandi D) A va B javoblar to‘g‘ri
8. Berilgan gaplarning qaysi birida jo‘nalish kelishigi o‘rnida o‘rin-payt kelishik 
qo‘shimchasini qo‘llab bo‘ladi? 
A) Bolalar maktabga borishdi. B) Sovuq yeganlar gulxan yoniga o‘tirdilar
C) U aybini aytishga uyalardi D) barchasida qo‘llash mumkin
9. Qaysi kelishikdagi so‘zlar belgisiz qo‘llana oladi?
A) tushum, qaratqich, bosh , chiqish B) bosh , qaratqich , chiqish
C) tushum, qaratqich, o‘rin-payt, jo‘nalish D) tushum, bosh, jo‘nalish , chiqish 
10. Bolalar Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib”, “Sariq devni o‘limi” 
romanlarini sevib o‘qiydilar.
Ushbu gapda qaysi kelishik qo‘shimchasini qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud? 
A) o‘rin-payt kelishigi B) jo‘nalish kelishigi
C) qaratqich kelishigi 
D) chiqish kelishigi 
11. Po‘lat qushim uchdi-ketdi, Bir zum o‘tmay Qo‘qon yetdi.
Ushbu gapda qaysi kelishik shakli belgisiz qo‘llangan?
A) tushum kelishigi B) qaratqich kelishigi
C) jo‘nalish kelishigi D) o‘rin-payt kelishigi 
12.Elga mehrin yerga ekkan otamni qutlay,
El rizqi deb umrin tikkan otamni qutlay.
Ushbu misralarda nechta o‘rinda tushim kelishigi qo‘llangan? 
A) 2 o‘rinda
B) 5 o‘rinda C) 4 o‘rinda 
D) 3 o‘rinda 


13. Odam... hayoti hamisha bir daryodek bo‘lishi kerak: u... sohilida doim yangi suv oqib 
turgani yaxshi. Inson bu daryo... to‘lqinida suzar ekan , bir yaxshi... , bir yomon... 
uchratadi. Daryo... to‘lqini yomon kishilar sari oqizsa, oqimdan chiqib ketish inson... 
kamoli bo‘lishi shubhasiz. 
Bu gaplarda qancha tushum va qancha qaratqich kelishigi qo‘shimchasi mavjud? 
A) 4 ta tushum, 3 ta qaratqich
B) 5 ta tushum, 2 ta qaratqich 
C) 2 ta tushum, 5 ta qaratqich
D) 3 ta tushum, 4 ta qaratqich 
14. Tushum kelishigi qo‘shimchasi –ni o‘rnida qaysi kelishik qo‘shimchasi ma’nodosh 
shakl sifatida qo‘llana olmaydi?
A) jo‘nalish kelishigi B) o‘rin-payt kelishigi
C) chiqish kelishigi D) qaratqich kelishigi 
15. Bunday holda bir so‘z aytishdan qo‘rqaman. 
Ushbu gapdagi kelishik qo‘shimchasi o‘rnida qaysi kelishik qo‘shimchasi sinonim 
bo‘lib qo‘llana oladi? 
A) tushum kelishigi B) jo‘nalish kelishigi
C) o‘rin-payt kelishigi D) qaratqich kelishigi 
16. To‘g‘ri bo‘lmagan hukmni belgilang. 
A) Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib qayerga? so‘rog‘iga javob 
bo‘ladi va gapda o‘rin holi vazifasida keldi. 
B) Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi payt otlariga qo‘shilib qachon? so‘rog‘iga javob 
bo‘ladi va gapda payt holi vazifasini bajaradi. 
C) Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib jo‘nalish kelishigi kimga? nimaga? so‘rog‘iga javob 
bo‘ladi va to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. D) Barcha hukm to‘g‘ri 
17. Yer haydasang , kuz hayda. (Maqol)
Maqolda qaysi kelishik shakllari belgisiz qo‘llangan? 
A) tushum kelishigi B) qaratqich, o‘rin-payt kelishigi
C) tushum, o‘rin-payt kelishigi
D) chiqish, tushum kelishigi 
18. Quyidagilardan qaysi biri ismlarning munosabat shakllari hisoblanadi? 
1. Ko‘plik shakli 2. Kichraytirish 3. Erkalash 4. Qiyoslash 5. Egalik shakli
6. Kelishik shakli 7. –man, -san, -dir kabi kesimlik qo‘shimchalari 
A) 1, 2, 5, 7 B) 1, 3, 5, 7 C) 5, 6, 7 D) 1, 2, 3 
19. Sinonimik munosabatga kirisha oladigan tushum va chiqish kelishiklari ma’nolarida 
ma’lum farq majud bo‘ladi , ya’ni ....... .
A) tushum kelishigi qismini bildiradi. B) chiqish kelishigidagi so‘z qismni bildiradi.
C) tushum kelishigidagi so‘z butunni bildiradi. D) B va C javoblar to‘g‘ri 
20. Quyida berilgan gapdagi ismlar qaysi kelishik shakllari bilan turlangan?
Bobosi so‘zini eshitgan nabira oldidagi kitoblarni taxlay boshladi, so‘ng tokchadan 
xurjunni olib, unga kitoblarni solishga shaylandi. 
A) bosh kelishik, qaratqich kelishigi , tushum kelishigi, chiqish kelishigi, jo‘nalish 
kelishigi 
B) bosh kelishik, qaratqich kelishigi,chiqish kelishigi, tushum kelishigi 


C) bosh kelishik, tushum kelishigi, chiqish kelishigi, jo‘nalish kelishigi,o‘rin-payt
kelishigi
D) barcha kelishik qo‘shimchalari 
21. Butun va qismni bildiridirishda qaysi kelishik qo‘shimchalari ba’zan almashinib 
ishlatilishi mumkin? 
A) tushum bilan chiqish kelishigi B) tushum bilan jo‘nalish kelishigi 
C) o‘rin-payt va jo‘nalish kelishigi D) qaratqich bilan bosh kelishik 
22. Javoblarning qaysi birida turlangan so‘z mavjud?
A. U goh u yerda , goh bu yerda ko‘rinib qolardi.
B. O‘ktam balandlikka qamchi bilan ishora qildi.
C. Men jo‘rttaga indamasdan o‘tirdim.
D. Salim harbiychasiga qadam tashlab olg‘a yurdi. 
23. Qaysi so‘zlarda turlovchi qo‘shimchalar mavjud?
A. olmadi, kitobimizda, unga B. yozdik, o‘qidilar, kuyladingiz
C. bordim, bording, bordi D.quyonga, nonimiz, vataning
24. Harom yo‘l bilan topilgan mol-u dunyo kishini oxiri halok etadi. 
Ushbu gapdagi ko‘makchi bilan sinonimik munosabatda kirisha oladigan kelisik
shaklini aniqlang
A) chiqish kelishigi 
B) qaratqich kelishigi
C) jo‘nalish kelishigi D) tushum kelishigi 
25.Qadimda bir badavlat kishining yolg‘iz o‘g‘li bo‘lib, u uquvsiz va mol-davlatni 
foydasiz ishlarga sarflaydigan bola edi.
Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta sodda yasama so‘z bor?
A) 3 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 4 ta 
26.Balki, u bugun uyiga vaqtliroq qaytar. Ushbu gap haqida berilgan to‘g‘ri
ma’lumotlarni aniqlang. 
1) to‘rt o‘rinda ism qatnashgan; 2) ikki o‘rinda egalik qo‘shimchasi qatnashgan; 
3) bir o‘rinda yasama so‘z qatnashgan; 4) 1 ta so‘z tarkibida ismning munosabat
shakli qo‘shimchasi qatnashgan.
A) 1, 4 B) 2, 3 С) 1, 2 D) 3, 4 
27.Biz mustaqil O‘zbekistonning farzandlarimiz. Bu yurtda yashashni biz o ‘zimizga
sharaf deb bilamiz. 
Ushbu parchadagi ismlarga mansub so‘zlar tarkibidagi munosabat shakllari sonini
aniqlang. A)8 ta B) 9 ta C) 7 ta D) 6 ta 
28.Tadbirimizga muhandislar, shifokorlar,o‘qituvchilar, hisobchilar, iste’dodli
qalamkashlar tashrif buyurishadi.
Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta yasama so‘z qatnashgan? 
A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta 
29.Hikmatni anglamoqning o‘zi bir hikmatdir.
Ushbu gapda ismning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalar soni nechta?
A) 5 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 3 ta 


30.Biz pokiza zotlarning naslimiz, tomirlarimizda ularning pok qoni bor. 
Ushbu gapda ismlarning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalar soni nechta?
A) 8 ta B) 5 ta C) 7 ta D) 6 ta 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling