Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

MORFEMIKA 3-VARIANT
 
1. Bilim bilan kishining martabasi oshadi, ilmsizlik kishini tubanlashtiradi.
Ushbu gapda nechta soʻz yasovchi qoʻshimcha ishtirok etgan?
A) 5 B) 2 C) 3 D) 4 
2. Qaysi gapda soʻz yasovchi qoʻshimchani qoʻshish bilan bogʻliq xatoga yoʻl qoʻyilgan? 
1. Buqrotdan soʻradilar: “Baodob bilan noodobning oʻrtasidagi farq nimada ?”
2. Bir hakimdan: “Koʻrkam, yaxshi xulqdor kishi kim?” - deb soʻradilar. 
3. Vatanning meni jon-u tanim, sajdagohimdir.
A) 1, 2, 3 B) 1, 2 C) 2, 3 D) 1, 3 
3. Toʻqlikda ochlikni oʻyla, boyiganda muhtojlikni. 
Ushbu gapdagi yasama soʻzlar sonini aniqlang A) 3 B) 4 C) 2 D) 5 
4. Hoʻkiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bogʻ quruq poyani 
tashlab qoʻyar ekan
Ushbu gapda yasama soʻz qaysi soʻz turkumiga mansub?
A) fe’l B) fe’l shakli C) ravish D) sifat 
5. Odamlar baravariga qarsak chalishar, Alimardonning raqibini olqishlashardi.
Ushbu gapda qaysi turkumga mansub yasama soʻzlar mavjud?
A) ot, fe’l B) ravish, fe’l C) ot, ot, fe’l D) ravish, ot, fe’l 
6. Qaysi qatorda ot va fe’l yasovchi omonim (shakldosh) qoʻshimchalar berilgan? 
A)yugurik, koʻzik B)barcha javoblar toʻgʻri C)koʻrik, birik D) tilak, kechik 
7. Qaysi qatordagi gaplar tarkibida shakldosh qoʻshimchalar ishtirok etgan? 
A) Qiziga siyohdon sotib oldi.Bilimdon va tadbirkor yoshlar vatanimizning kelajagi 
sanaladi. 
B) Ilmsizlik-illatlarning uyasi. Barvaqt turishga odatlansangiz, baraka topasiz. 
C) Barcha javoblarda shakldosh qoʻshimchalar ishtirok etgan. 
D) Ilm kelinchakka oʻxshaydi: u xilvat va pinhoniylikni yoqtiradi. Dangasa, erinchak 
odamlar ilm yoʻlida hech vaqt muvaffaqiyat qozonolmaydi. 
8. Qaysi javob tarkibida asos+soʻz yasovchi+soʻz yasovchi+lugʻaviy shakl yasovchi 
shakldagi soʻz berilgan? 
A) bilimdonlar B) koʻpchilikdan C) yigitcha D) kitoblarini 
9. Berilgan gaplarning qaysi biri tarkibida uchta yasama soʻz mavjud? 


A) Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish uchun xalq mafkuraviy jihatdan qurollangan 
boʻlishi kerak. 
B) Osmon tiniq, oyning kumushsimon nuriga choʻmgan, yulduzlar siyrak edi. 
C) Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qoʻshilib turmasa, uning oqimi joʻshqin boʻla 
olmaydi. 
D) Barcha soʻzlar tarkibida ikkitadan yasama soʻz mavjud. 
10. Omonim sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar qaysi gap tarkibida qo‘llangan? 
A) Befoyda so‘zni aytma, foydali so‘zdan qaytma. B) Ona sertilakdir, ona serduo.
C) Opam bilan kutubxonaga bordim. D) To‘g‘ri aytasiz, so‘zsiz bo‘ysunish kerak. 
11. Quyidagi gapda nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud? 
Yaponiyalik Komatsu tilshunos olim sanaladi. A) 4 B) 5 C) 3 D) 6 
12. Qaysi qatorda so‘z yasovchi va sintaktik shakl hosil qiluvchi qoʻshimcha omonim 
boʻlib kelmagan? 
A) pasay-kuchay B) elak-bordik C) kitobim-bilim D) bosqin-boqqin 
13. Uzoqlardan keng vodiy quchogʻida goh koʻm-koʻk oʻt bosib yotgan yaylovlar 
koʻrinadi, goh qop-qorongʻu daralar koʻzga tashlanadi.
Gapda nechta yasama soʻz bor? 
A) 1 ta B) 4 ta C)2 D) 3 ta 
14. Hozirgi tinchlik, osoyishtalik hukm surgan bir davrda iste’dodli, bilimdon yoshlar 
oʻqish uchun chet ellarga yuborilmoqda.
Ushbu gapda nechta yasama soʻz ishtirok etgan? 
A) 3 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 5 ta 
15. Soʻzning ma’noli qismlari ma’lum. Uning joylashgan tartibi toʻgʻri berilgan qatorni 
aniqlang. 
A) asos+soʻz yasovchi+lugʻaviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi 
B) asos+sintaktik shakl yasovchi +soʻz yasovchi+lugʻaviy shakl yasovchi 
C) asos+soʻz yasovchi +sintaktik shakl yasovchi+ lugʻaviy shakl yasovchi 
D) asos+soʻz yasovchi+ so‘z yasovchi +sintaktik shakl yasovchi+ lug‘aviy shakl
yasovchi
16.Lugʻaviy shakl yasovchilar qaysi qatorda berilgan?
A.-ta, -in, -ni, -man B.-la, -y, -ala, -gach C.-i, -sa, -tadan, -ing D.-k, -ar, -i(si), -da 
17.Qaysi qatorda soʻz yasovchi qoʻshimchalar oʻzaro omonimlik hosil qilgan? 
A.Yashirin-otashin B.qishlik-yoshlik C.kelinchak-kuyunchak D.sayroqi-yigʻloqi 
18.Quyidagi gapda nechta sintaktik shakl yasovchi qoʻshimcha mavjud?
Ular oʻzlarining eng nodir asarlarida doʻstlikni, vatanparvarlikni, mehr-muhabbatni 
ulugʻlaganlar.
A.7 B.5 C.8 D.6
19.Qaysi soʻzlarda shakldosh qoʻshimcha ishtirok etgan? 
A.Feruzaxon, kitobxon, dasturxon B.siyohdon, bilimdon, qadrdon 
C.yaxshilik,darslik, jarlik D.chiziq, siniq, yoʻliq 


20. Siz tuzgan ul tuzuklarni oʻqib kun-tun, Tiklanarmiz, yechimlarni topgay tugun.
Berilgan parchada nechta soʻz yasovchi qoʻshimchalar ishtirok etgan? 
A.2 B.3 C.1 D.4 
21. Lugʻaviy shakl yasovchidan soʻng soʻz yasovchi qoʻshimcha qoʻshilgan yasama 
soʻzni belgilang.
A. yoʻqlama B.ivitma C. agʻdarma D.qovurma 
22. Morfologik usul bilan soʻz yasash qaysi turkum uchun xos emas?
A. ot B. fe’l C. sifat D.son 
23. Davr qiynoqlar oʻtkinchi – hali hamma narsa oldinda.
Ushbu gapda birgina nutq tovushidan iborat soʻz yasovchi qoʻshimchalar miqdorini 
aniqlang.
A.2 B.4 C. 3 D. 1 
24. Qaysi qatorda sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar oʻzaro shakldoshlik hosil 
qilgan?
A. kelinchak-kuyunchak B.Dildoraxon-Goʻzalxon
C.bolang-koʻnding D. bogʻlam-onam 
25. Yasama soʻz berilgan qatorni toping.
A. kulib yurmoq B. aytib tashlamoq C. diqqat qilmoq D. jilmayib turmoq 
26. Quyidagi berilgan qaysi so‘z tarkibida murakkab qo‘shimcha mavjud? 
A) so‘rash, kulish B) boshlash, so‘zlash C) o‘rtoqlash, suhbatlash D) ishlash, borish 
27. Asosi shakldosh fe’llar boʻla oladigan yasama narsa otlarini toping.
1. yoqilgʻi. 2. oʻtloq 3. suzgich 4.quymoq 5. oshiq 6. tugma
A. 1,3 B. 2,3, 4 C. 1,2,3,4,5,6 D. 1,5,6 
28. Oramizda kasbdoshining yutugʻi, obroʻsini koʻrolmaydigan, tirnoq ostidan kir 
izlaydiganlar, oldingizda yasama kulib, quvnoq soʻzlashib, aslida poyingizni qirqishni 
oʻylaydiganlar ham bor.
Ushbu gapda yasama soʻzlar miqdori nechta? A.6 ta B. 8 ta C. 5 ta D. 7 ta 
29. Koʻrsatkich barmog‘i bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani 3-4 daqiqa nobaynida 
bosib turing, shunda tish og‘rig‘i taqqa to‘xtaydi. Ushbu gapda sintaktik shakl 
yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida fonetik o‘zgarishga uchragan nechta soʻz 
ishtirok etgan? A) 2 B) 4 C) 1 D) 3 
30. Qaysi soʻzlarda –iy qoʻshimchasi orqali yangi soʻz yasalgan? 
1.haqqoniy 2.musiqiy 3.xayoliy 4.haqiqiy 5.tibbiy 6.hissiy 
A.3,4,5,6 B.1,3,4,5,6 C.2,3,4,5,6 D.3,5,6 



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling