Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
SIFAT SO‘Z TURKUMI 1-VARIANT
1. Qaysi qatordagi so‘zlar kompozitsiya usulida sifat+ot shaklida yasalgan? A) boychehak, oqbo‘yin B) boychehak, qiymataxta C) toshbag‘ir, oqbo‘yin D)mehnatsevar, oshko‘k 2. Qaysi gapda sifatdan yasalgan fe’l bor? A) Bir-birimiz bilan tezda eski qadrdonlardek suhbatlashdik. B) Peshonangiz devorga qarsillab urilgandan keyin esingiz kiradi. C) Ko‘klam. Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda. D) Dunyoda pok odamlar qanchalik ko‘paysa, nopok odamlar shunchalik kamayadi 3.Qaysi qatorda sifat yasovchi qo‘shimchalar berilgan? A) -zor, -iston, -loq B)-li, -ser, -dor, -siz C)-chi,-gich, -don, -oq D)-soz, -boz, -vchi 4. Qaysi qatordagi gap tarkibida ot+ot tipidagi qo‘shma sifat berilgan? A) Toshbag‘ir odamdan yaxshilik kutma. B) Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir. C) Nodon va kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. D) Shirinsuxan, oqko‘ngil insonlar mevali daraxtga o‘xshaydi. 5. Qaysi qatorda sifatning orttirma darajasi yasama sifatdan hosil qilingan? A) Qorboboning ko‘m-ko‘k ko‘zlarida rango-rang lampochkalarga mahliyo bo‘lib turgan bolalarni ko‘raman. B) Qirg‘ovul O‘rta Osiyodagi eng chiroyli qushlardan biridir. C) Hovli ham, uy ham bo‘m-bo‘sh, hamma yoq suv quygandek jimjit edi. D) Barcha javoblar to‘g‘ri. 6. 1) sayroqi-tutatqi 2) otashin-g‘ishtin 3) qishlik-yoshlik 4) chizg‘ich-yulg‘ich 5) oqshomgi-sezgi 6) erinchoq-maqtanchoq Berilgan juftliklarning qaysilarida ot va sifat yasovchi omonim (shakldosh) qo‘shimchalar ishtirok etgan? A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 4, 5 D) barchasida omonim qo‘shimchalar ishtirok etgan 7. Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir. Ushbu gapdagi sifatlar miqdori va turini aniqlang. A) 3 ta: 2 ta qo‘shma, 1 ta sodda yasama B) 4 ta: 2 ta qo‘shma, 2 ta sodda tub C) 4 ta: 2 ta qo‘shma, 2 ta sodda yasama D) 3 ta: 2 ta qo‘shma, 1 ta sodda tub 8. Mehmon jiddiylashdi, bir narsani isbotlamoqchiday bir keskin gapirdi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlarning qaysi so‘z turkumidan yasalganligini aniqlang. A) fe’l, ot, ravish B) ot, ravish C) fe’l, ot, sifat D) ot, fe’l 9. Paytga xos belgini bildiruvchi sifat yasovchi qo‘shimchani toping. A) –li B) –iy C) -gi D) -simon 10. Sifat+ot shaklidagi qo‘shma sifat qatnashgan gapni toping. A) Shirinsuxan, oqko‘ngil insonlar mevali daraxtga o‘xshaydi. B) Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag‘ishlaydi. C) Toshbag‘ir odamdan yaxshilik kutma. D) Hulkarning och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi. 11 Qaysi qo‘shimcha xoslik belgisini bildiruvchi sifat yasaydi? A) -iy (-viy) B) –simon C) -gi D.-mand 12. Qaysi gapda orttirma darajadagi sifat qo‘llangan? A) Mevasi yetilib pishganda sershira bo‘ladi. B) Nomus jondan ham qimmatliroq. C) Hovli ham, uy ham bo‘m-bo‘sh, hamma yoq suv quygandek jimjit edi. D) Uning nazarida bundan ham suyumliroq, bundan ham zavqliroq va shavqliroq ish yo‘q edi 13. Ayniqsa, Nasriddin Afandining quvnoq sarguzashtlari bilan tanishish uning tabiatiga xos hajviy mayllarga turtki beradi. Yasama sifatlar miqdorini toping. A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 14. Narsani boshqa bir narsaga qiyoslash orqali hosil qilingan qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi. Ushbu qoidaga mos keluvchi so‘z ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Senga o‘xshash quyonyuraklar bilan do‘stlashmayman B) Ariq bo‘yida otquloqlar endigina ko‘ringan edi. C) Hovlida o‘sgan sadarayhonlar shamolda mayin tebranardi. D) Uyasi tomon sudralgan toshbaqani sekin turtib ko‘rdi. 15. Qaysi gapda xususiyat bildiruvchi sifat qo‘llangan? A) Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov ketmoqda. B) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. C) Hovli tor, devorlari baland edi. D) Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug‘orayotgan edim, yap-yangi ”Moskvich” kelib to‘xtadi. 16. Qaysi gap tarkibida ikkita o‘rinda yasama sifat qo‘llangan? A) Tuproq qatlami qalin, sersuv yerlarda o‘sgan archalar yo‘g‘on va bo‘ydor bo‘ladi. B) Keng, ulug‘vor sahrolar ufqdan ufqqa tutashgan. C) Bo‘m-bo‘sh otxonaning eshigi lang ochiq turar edi D)Tiniq, ko‘m-ko‘k osmonda onda-sonda yengil bulutlar asta kezadi. 17. Otlashgan sifat ishtirok etgan gapni toping. A) Elmurod chaynaganini yutib, nonga tikilib qoldi. B) Ko‘z tashlab ko‘rilsa, ko‘m-ko‘k suv ko‘k charxiga o‘xshaydi. C) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. D) Shu yaqindan o‘tib ketayotgan ikkita ovchi urishqoqni aravaga ortib ketishdi. 18.-q qo‘shimchasi qaysi o‘zaklardan faqat sifat yasaydi? A) titra, chanqa, suva B) porla, tarqa, qayna C) o‘ta, taya, sana D) tara, qula, ata 19.Berilgan qaysi so‘zlarda be- va –siz qo‘shimchalarini o‘zaro ma’nodosh qo‘shimcha sifatida qo‘llab bo‘lmaydi? A) fayz, axloq B) hafsala, gunoh C) bosh, chora D) berilgan so‘zlarda o‘zaro ma’nodosh qo‘shimcha sifatida qo‘llash mumkin 20. Qaysi qatordagi juft sifatlarning qismlari yasama so‘zlardan tashkil topgan? A) uzuq-yuluq B) uvada-chuvada C) yarimta-yurimta D) nozik-nihol 21.Qaysi gapdagi juft sifatlar yasama+yasama so‘z shaklida tuzilgan? A) Kasbning katta-kichigi bo‘lmaydi. B) U paytda qing‘ir-qiyshiq ko‘chalar ko‘p bo‘lgan. C) Menga o‘xshash esli-hushli yigitga zoriqib o‘tirgan ekan. D) U yoshligidan ota-onasiz katta bo‘lgan. 22.Ho‘kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog‘ quruq poyani tashlab qo‘yar ekan. Ushbu gapda yasama so‘z qaysi so‘z turkumiga mansub va qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan? A) ravish, hol B) sifat, aniqlovchi C) fe’l, kesim D) fe’l shakli, hol 23.Orttirma darajadagi sifat berilgan qatorni aniqlang. A) Ular yolg‘izoyoq yo‘ldan nihoyatda sekin borishardi. B) Quvvatsizligidan juda tez charchab qolardi. C) Dunyoda eng orzumand xalq o‘zbek bo‘lsa ajabmas. D) Barcha javoblar to‘g‘ri 24.Ozaytirma daraja shaklidagi sifat egaga bog‘langan qatorni aniqlang. A) Yorug‘lik uning oqish yuzlari, quyuq kipriklarini bir zumgina yoritdi. B) Qoramtir yuzi, siyrak soqolidan yoshini chamalash qiyin edi. C) Shamning qizg‘ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi. D) Barcha javoblar to‘g‘ri 25.Qizil qalpoq, jigarrang kurtka kiygan bu bolaginaning tim qora ko‘zlari, dum- dumaloq lo‘ppi yuzi negadir g‘amli, ma’yus edi. Ushbu gapda sifat turkumiga mansub nechta so‘z bor, ularning nechtasi orttirma darajada? A) 6 ta sifat, 2 tasi orttirma daraja B) 6 ta sifat, 1 tasi orttirma daraja C) 7 ta sifat, 2 tasi orttirma daraja D) 7 ta sifat, 1 tasi orttirma daraja 26.Qaysi javobda asliy sifat ishtirok etmagan? A) Achchiq savol berib, shirin javob kutma. B) Afting qiyshiq bo‘lsa, oynadan o‘pkalama! C) Xonaga beqasam to‘n kiygan do‘ppili kishi kirib keldi D) Uying tor bo‘lsa ham, ko‘ngling keng bo‘lsin! 27.Qaysi gapda sifatning orttirma daraja shakli bilan ifodalangan, narsaning turli belgilarini bildirgan uyushiq aniqlovchi qatnashgan? A) Nodira qip-qizil, yap-yangi ko‘ylak kiyib chiqdi. B) Serchang, sershovqin ko‘chalarda odamlar daryoday oqib borardi. C) Dumaloq, kichkina qo‘lchalarini men tomon cho‘zdi. D) Sodiq - o‘ta mug‘ombir, juda qo‘rs bola. 28.Qaysi gapdagi yasama sifat tarkibidagi sifat yasovchi qo‘shimcha ot yasovchi qo‘shimcha bilan shakldoshlik hosil qilmaydi? A) Bu o‘lkada iqlim iliq, suv mo‘l, yer unumdor, quyosh nuri ko‘p. B) Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish uchun xalq mafkuraviy jihatdan qurollangan bo‘lishi kerak C) Bog‘dan yumshoq, namxush xazon hidi ko‘tarilib, uning xayollarini to‘lin oy olib ketardi. D) O‘ymakor gullari bilinmaydigan darajada o‘chgan, eski eshikka kiramiz. 29. Quyida keltirilgan gapdagi yasama so‘zlar qaysi so‘z turkumidan hosil qilingan? Achchiq bilan chuchukni totgan bilar, uzoq bilan yaqinni yurgan bilar . A) ot B) sifat C)fe’l D) ravish 30.Qaysi gaplarda sifat turkumiga mansub so‘z hokim bo‘lak vazifasini bajara olishi kuzatilmaydi? 1. Qizcha gulzordagi chiroyli gullarga havas bilan qaradi. 2. Cho‘qqilar avvalgidan ham oqroq va silliqroq ko‘rinardi. 3. Butun qiyofasi shiddatli ko‘rinar, zotan, dong‘i ketgan odamdan ko‘ra suronli janglarda toblangan lashkarboshiga o‘xshab ko‘rinardi. 4. Aftidan, ovozi ham hozirgidan jarangdorroq edi, shekilli, ko‘pgina yig‘inlarda she’r o‘qish menga topshirilardi. A) 2,4 B) 1, 2, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 3 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling