Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
SIFAT YASALISHI
1 Chizgʽich-yulgʽich so‘zlaridagi qo‘shimchalar qaysi qatorda to‘gʽri izohlangan? A.Fe’l va ot yasovchi qo‘shimcha bo‘lib, o‘zaro omonim B. Ot va sifat yasovchi qo‘shimcha bo‘lib, o‘zaro omonim C.Ot yasovchi va lugʽaviy shakl hosil qiluvchi qo‘shimcha bo‘lib, o‘zaro omonim D.Har ikkalasi ot yasovchi bo‘lib, o‘zaro ko‘p ma’noli 2.Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir. Ushbu gapdagi sifatlar miqdori va turini aniqlang. A.3 ta: 2ta qo‘shma, 1 ta sodda yasama B. 4 ta: 2ta qo‘shma, 2 ta sodda tub C. 4 ta: 2ta qo‘shma, 2 ta sodda yasama D. 3 ta: 2ta qo‘shma, 1 ta sodda tub 3.Qaysi qatordagi gap tarkibida ot+ot tipidagi qo‘shma sifat berilgan? A.Toshbagʽir odamdan yaxshilik kutma. B. Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir. C.Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. D.Shirinsuxan, oqko‘ngil insonlar mevali daraxtga o‘xshaydi. 4.Qaysi gapdagi juft sifatlar yasama-yasama so‘z shaklida tuzilgan? A.Kasbning katta-kichigi bo‘lmaydi. B.U paytda qingʽir-qiyshiq ko‘chalar ko‘p bo‘lgan. C.Menga o‘xshash esli-hushli yigitga zoriqib o‘tirgan ekan. D.U yoshligidan ota-onasiz katta bo‘lgan 5. Sifatlarni aniqlang. 1) kechki; 2)doimiy, 3)mafkuraviy. 4)dastlabki; 5) turtki; 6) o‘yinchoq; 7) erinchoq. A) 1, 3,4, 6,7 B) 1,2,3.4.5,7 С) 1,2,3,4,7 D)3,7 6.Sifatlarni aniqlang. l)sayroqi: 2) tutatqi; 3)oqshomgi; 4) sezgi; 5)chizgʽich; 6)yulgʽich; 7)qishlik; 8)yoshlik. A) 1,3,6,8 B) 1, 3,6,7 С) 1,2,3,5,8 D) 1,2,3,4 7.Juft sifatlarni aniqlang 1) qizil; 2)egri-bugri; 3) och pushti; 4)qingʽir- qiyshiq; 5) to‘q qizil, 6) tinchliksevar, 7) qip- qizil: 8) erkparvar. A) 1,5,7 B)3,5,6,8 С) 2,4,7 D)2,4 8.Qo‘shma sifat mavjud gaplarni aniqlang. 1. Samigʽ aka elliklardandan oshgan tarvuzdek yum- yumaloq, hazilkash, shirinso‘z odam. 2. Kasbning katta-kichigi bo‘lmaydi . 3. O‘zbek xalqi mehmondo‘st xalq. 4. Kо’z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irgʽitib o‘ynayotgan polvonlar ketmasdi. 5. Shu payt toshdan tushib kelayotgan sargʽ ish- qo‘ngʽ ir ayiqning bahaybat gavdasi ko‘rinib qoldi. 6. Osmono‘par koshonalar, yangi libos kiygan cho‘ l-u sahrolar tasviri qo‘shiq parvoziga esh bo‘ladi. A) 2, 5 B) 1,3,4,6 C) 3,6 D)2, 5,6 9.Juft sifat mavjud gaplarni aniqlang. 1. Samigʽ aka elliklardan oshgan tarvuzdek yum- yumaloq,hazilkash, shirinso‘z odam. 2. Kasbning katta-kichigi bo‘lmaydi. 3. O‘zbek xalqi mehmondo‘st xalq. 4. Kо’z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irgʽitib o‘ynayotgan polvonlar ketmasdi. 5. Shu payt toshdan tushib kelayotgan surgʽ ish-qo‘ngʽ ir ayiqning bahaybat gavdasi ko‘rinib qoldi. 6, Osmono‘par koshonalar, yangi libos kiygan cho‘l-u sahrolar tasviri qo‘shiq parvoziga esh bo‘ladi A) 2,5 B) 1,3,4,6 C) 3,6 D) 2,5,6 10.Qaysi gapda ikkita qo‘shma sifat mavjud? 1. Shirinsuxan, oqko‘ngil insonlar mevali daraxtga o‘xshaydi: hamma ulardan bahra oladi. 2. Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. 3. Mehnatsevar, zahmatkash insonlar odamlarning ko‘rki, ishyoqmaslar esa ulaning ogʽriq joyidir. 4.Toshbagʽ ir odamdan yaxshilik kutma 5. Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir. 6. Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o‘xshaydi A) 3,5 B) 1,3,5 C)1,5, 6 D)2,4,6 11.Juft sifat mavjud gapni aniqlang. A) Gʽir-gʽir esgan shabada turli-tuman giyohlarning hidlarini olib keladi. B) Baland-past devorlar orqasidagi mevalarning oq, pushti, qizil gullariga tabassum bilan qaraysan. C) Qo‘llari ketmon, o‘roq, ayri ushlayverganlaridan gʽadir-budur, haqiqiy dehqon edilar. D) А, В, С 12.Qaysi gap tarkibida otdan yasalgan sifat mavjud. A) Olapar juda sezgir it. B) Bizga oyoq-qo‘li yengil, xushmuomala, ishchan xodim kerak. C)Doim dalada ishlagan qizning uy-ro‘zgʽor ishlariga uquvi bo‘lmaydi D) А, В. С 13. Quyidagi gaplarning qay birida yasama sifat mavjud? A)Yoshroqlari olovga yaqinroq, keksalari bo‘lsa olovdan uzoqroq o‘tirishar edi. B) Aqlli inson hech qachon adashmaydi. C) Oramizda donolar ko‘p. D) Dangasaning vaji ko‘p. 14.Quyidagi gaplarning qay birida maza-ta’m bildiruvchi yasama sifat mavjud? A) Qaymoq bozoriga kirib, u kosadan yalab ko‘rib, „achchiq" deb, bu kosadan yalab ko‘rib, „suyuq" deb yursam, bir burchakda Ubay o‘tiribdi. B) Elmurod chaynaganini yutib, nonga tikilib qoldi. Juda shirin. C) Sap-sariq oltinday cho‘gʽirlar, ko‘k beqasam to‘n kiyishib yotgan ananaslarni yegani ko‘zing qiymaydi. D) Olapar - juda sezgir it 15.Lobarxon oyoqlarida zo‘rgʽa tursa ham, nur ko‘rganidanmi, yo dimogʽini qitiqlayotgan hiddanmi, har qalay tinmay jilmayar edi. Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiq ekanligini bilsa kerak. Ushbu gapda nechta sifat mavjud? A)2 В) 1 C) 4 D)3 16.Quyidagi gaplarning qay birida rang-tus bildiruvchi qo‘shma yasama sifat mavjud? A) Jigarrang kurtka kiygan akasi yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov kelmoqda. B) Samoning bulutlar siyrak, zangorsimon sahnida ham to‘lishmagan qandaydir beshakl oy xira, rangsiz yiltiradi. C) Bahor keldi. Maktab sahnidagi o‘riklar oq, pushti gullar bilan bezandi. D) barchasida sodda tub va yasama sifatlar berilgan. 17.Quyidagi gaplarning qay birida sifat so‘z turkumi mavjud emas? A) Ko‘z tashlab ko‘rilsa, ko‘m-ko‘k suv ko‘k charxiga o‘xshaydi. B) Suvning etagi ko‘k bilan birlashib ketgan. C) Samoning bulutlar sahnida ham to‘lishmagan oy xira edi. D) barchasida sifat mavjud. 18.Otinbibi qari, jiddiy sersavlat xotin. Ushbu gapdagi yasama sifatni aniqlang. A)qari B) jiddiy C) sersavlat D) В, С 19. Pochcham ellikdan oshgan, novcha, kasalmand, ozg‘in kishi. Ushbu gapdagi sodda yasama sifatni aniqlang A)novcha B) kasalmand C)ozg‘in D) В, С 20.Quyidagi gaplarning qay birida sodda yasama sifat mavjud? A) Suv shishadek tiniq. B) Baqqol amaki bizga qiziqarli hikoya aytib berdi. C) Yo‘lning bir tomoni azamat toshlar qalashgan yonbagʽirlik, bir tomoni soy. D) A, В 21.Bu о’lkada iqlim o‘rtacha, suv mo‘l, yer unumli, quyosh nuri yetarli. Ushbu gapdagi yasama sifatlarni aniqlang. A) o‘rtacha B) mo‘l C) unumli, yetarli D) A, С 22.Pastdagi bogʽdan yumshoq, namxush xazon hidi ko‘tarilar, uning xayollarini to‘lin oy sehrlagan, xayollar uni vodiy daralariga olib ketardi. Ushbu gapdagi yasama sifatlarni aniqlang A) yumshoq, to‘lin, namxush B) namxush, pastdagi, sehrlagan C)pastdagi, to‘lin, namxush D)xazon, namxush, yumshoq 23.Berilgan gaplardagi takroriy sifatlardan qay biri tub? A) Shahrimizda baland-baland binolar qad ko‘tarmoqda. B) Bellashuvga kuchli- kuchli o‘quvchilar kelishdi. C) Egnida yo‘l- yo‘l ko‘ylak. D) Suv shishadek tip-tiniq. 24.Qaysi gapdagi takroriy sifatlar yasama? A) Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. B) Qishloq obod bo‘lsa, katta-katta ko‘chalar tushsa, kim qarshilik qiladi? C) Yangi-yangi ariqlar kavlab, qo‘riqlar ochamiz. D) Barchasi tub. 25.Qaysi qatorda yasama sifat berilgan? A) sovuq B) tansiq C) madaniy D) qip- qizil 26.Ushbu so‘zlarning qay biri sifat so‘z turkumiga mansub? 1)avvalgi; 2)uydagi; 3)hovliqma 4)qaynatma; 5) qo‘shma; 6) moslama; 7) uydirma. A) 1,2, 3,4, 5, 7 В) 1, 3,4, 5, 7 C)1,3,5 D) 2, 3, 4, 7 27.Qaysi qatordagi qo‘shimchalar ham ot, ham sifat yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi? A) –ma, -iq, -li B) -a, -lik, -iy C) -qin, -gʽich, -sh D)-ch,-iq,-a 28.Quyidagi sifatlarning qaysi biri fe’ldan yasalgan? l)horgʽin; 2)to‘shak; 3)ozgʽin; 4)so‘lgʽin; 5) bilim; 6)qavariq; 7)bo‘gʽiq 8)soliq. A) barchasi B)2, 3, 6, 7, 8 C)1,3,4,6,7 D) 1,5, 6,7,8 29.Sifat+ot qolipli qo‘shma sifatni aniqlang. A) sarvqomat B) osmono‘par C)oqbadan D) xalqaro 30.Ot-ot qolipli sifatni aniqlang. A) sarvqomat B) osmono‘par C)beshotar D) ko‘kko‘z |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling