Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

FE’L SO‘Z TURKUMI 4-VARIANT
 
1.Birovning narsasini so‘roqsiz olish kechirilmas gunoh sanalishini bilarding, ammo 
unga amal qilish lozimligini anglamaganing tufayli kulgili vaziyatga tushib qolishingni 
his qilmaganding. 
Berilgan jumlada kesimi qo‘shma fe’l bilan ifodalangan gapdagi fonetik o‘zgarish 
asosida yozilgan so‘zlar haqida to‘g‘ri fikr(lar) sonini toping. 
1) fonetik о ‘zgarishlarning ikkitasi tovush almashishi , bittasi tovush tushishi; 
2) fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlarning barchasida tovush almashish asos tarkibida 
yuzaga kelgan; 
3) fonetik о‘zgarishlarning barchasida so‘z yasovchi qo‘shimcha tarkibi o‘zgargan; 
4) so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shish natijasida bitta o‘zgarish sodir bo‘lgan. 
A) bittasi B) to‘rttasi C) uchtasi D) ikkitasi 
2.Qaysi qatordagi harakat nomining shakldosh (omonim)i mavjud? 
A) kerish, bilish B) ilmoq, quymoq C) chiqish, tashvish D) qolish, tanishish 
3.Tarkibidagi barcha yasama so‘zlarning yasalish asosi faqat bir xil so‘z turkumiga oid 
bo‘lgan so‘zni aniqlang. 
A) Bag‘rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik, sening ziyoratingga 
keldim, sultonim. 
B) Bolalik inson hayotining shunday poydevoriki, umr binosining keyingi bo‘y-basti, 
salobati unga bog‘liq bo‘ladi.


C) Uni tutib olish qiyin edi, chunki yelkalari kengaygandi, qiyofasi ancha 
keskinlashgandi va ko‘zlari dumaloq shakl olgan edi. 
D) Boshimda o‘ynar qamchilar, qon ko‘zlarimdan tomchilar , bir benavo gul yanchilar, 
ozodkorim kelmasa. 
4.Tub so‘zni belgilang. A) zoriqmoq B) namiqmoq C) kesatiq D) toliqmoq
5.Odamlar g‘urur, foydasiz manmansirash tufayli juda ko‘p kulfatlarga yo‘liqishgan, 
shuning uchun islom tafakkurining buyuk natijasi bo‘lgan tasavvufda inson kibrdan 
kechmay turib o‘zligini anglamaydi, Ollohni tanimaydi degan aqida bor edi.
Ushbu gapdagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar haqida berilgan hukmlardan nechtasi 
to‘g‘ri? 1) otdan sifat yasashga xizmat qilgan; 2) sifatdan fe’l yasashga xizmat qilgan;
3) olmoshdan fe’l yasashga xizmat qilgan; 4) olmoshdan ot yasashga xizmat qilgan;
5) otdan fe’l yasashga xizmat qilgan.
A)4 tasi B)3 tasi C)1 tasi D)2 tasi 
6.Berilgan qo‘shimchalardan qaysilari ismning va fe'lning munosabat shakli sifatida 
o‘zaro omonim bo‘la oladi? 1) -sa, 2) -k, 3) -m, 4) -ng, 5) -miz, 6) –ing
A) 1, 3, 5, 6 B) 2, 3, 5, 6 C) 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 4 
7.O‘z tilingizda fikrlashga, toza gapirishga, nutqingizni har xil yot unsurlardan saqlashga 
harakat qiling. Til mavsumiy libos emaski, ob-havoning o‘zgarishiga qarab almashtirilsa. 
Ushbu gapdagi yasama so‘zlar sonini toping. A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta 
8.Qaysi so‘zda -la fe'l yasovchi qo‘shimchasi asosdan anglashilgan narsani yuzaga 
keltirish ma'nosini bildirgan? A) bolala B) moyla C) qaychila D) qashila 
9.She’r izlayman bu kun Toshkent ko‘chalarida, Sekingina zirqiraydi beorom qalbim. 
Men umrimning bu suronli kechalarida Na bir taskin topa oldim, na she’r topoldim. 
Berilgan she’riy parchada nechta yasama fe’l ishtirok etgan?
A) to‘rtta B) ikkita C) bitta D) uchta 
10.Ikromning dumaloq, sarg‘ish yuzi qizardi.
Ushbu gapdagi yasama fe’l qaysi turkumdan hosil qilingan? 
A) Sondan B) Sifatdan C) Ravishdan D) Otdan 
11.Qaysi qo‘shimchalar ot, sifat, fe’l yasaydi?
A) -iq, -ik B) -ki, -a C) -uq, -gi D) ik, -q 
12.Qaysi kelishik qo‘shimchasi tovush o‘zgarishga uchraganda lug‘aviy hamda fe’l 
yasovchi qo‘shimchalar bilan omonimlik hosil qiladi?
A) jo‘nalish kelishigi B) o‘rin-payt kelishigi C) chiqish kelishigi D) tushum kelishigi 
13.Berilgan parchada fe’llar qaysi nisbat ma’nolarida qo‘llangan? 
Tilsiz xalq yo‘q. Xalqsiz til ham bo 'lmaydi. Bular egizak tushunchalardir . Birini biridan 
ayirib bo‘lmas. Ular ayirib qo‘yilsa, ikkisi ham o‘zligini yo‘qotadi. Xalq boshqa bir 
xalqqa qo‘shilib ketadi.
A) aniq, o‘zlik, orttirma B) aniq, majhul, orttirma
C) majhul, o‘zlik, orttirma D) aniq, o‘zlik, majhul 
14.– Koyima, qizim – dedi ona, - o‘rtog‘ingni quruq jo‘natmayman. 


Quyidagi qaysi kesimlik ma’nolari ushbu ko‘ chirma gapli qo‘ shma gapning ko‘ chirma 
gap qismidagi kesimlarda bir xil ifodalangan?
A) zamon va tasdiq-inkor ma’nosi B) mayl va zamon ma’nosi 
C) zamon va shaxs-son ma’nosi D) shaxs-son va tasdiq-inkor ma’nosi 
15.Quyidagi gaplarning nechtasida ravishdosh holat ma’nosini ifodalagan? 
1) Toqqa chiqqach, osmonning pastligini his qildi. 2) Bobur gulni yana bir hidlab, 
boshidagi sallasining qatiga qistirib qo‘ydi. 3) Gapni bilib-bilmay gapirmaslik kerak.
4) Murodxonlarnikiga qarab sekin yo‘lga tushdim. 5) Ho‘kiz kechqurun qorni ochib, 
charchab kelsa, uning oldiga bir bog‘ quruq poyani tashlab qo‘ yar ekan. 6) Hamma 
unga o‘girilib qarar, ammo Sattor Roziyadan boshqa hech kimni ko‘rmas edi 
A) 3tasida B) 2 tasida C) 4 tasida D) 5 tasida 
16.Berilgan gapda qaysi mustaqil so‘z turkumlariga oid so‘zlar qatnashgan? 
O‘sha kuni kechasiyoq qahramonliklar ko‘rsatib, shuhrat taratib, o‘qituvchilarimni 
hayratda qoldirdim.
A) olmosh, ot, fe’l B) olmosh, ravish, ot C) ravish, ot, fe’l D) ot, sifat, ravish, fe'l 
17.Quyidagi qatorda fe’l asosida ifodalangan o‘timli-o‘timsizlik ma’nosi nisbat 
qo‘shimchasi ta’sirida o‘zgargan fe’llar necha o‘rinda berilgan? Kuylatmoq, o‘ylanmoq, 
qaytarmoq, yedirmoq, silkinmoq, jimirlatmoq, bo‘shatmoq.
A) 5 tasi B) 6 tasi C) 3 tasi D) 4 tasi 
18.Asarning tub mohiyatida markazlashgan davlatni barpo qilish, mustahkamlash, turli 
xon va beklarni birlikka chaqirish, odolatli va oqilona siyosatni amalga oshirish
umrning o‘tkinchiligi, ma’naviyat, yashash bilan bog‘liq g‘oyalar badiiy tarzdagi bir 
qomusiy dastur sifatida namoyon qilingan. 
Ushbu gapda qatnashgan sodda yasama fe’llar sonini toping.
A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 5 ta 
19.Quyidagi fe’llarning nechtasi barcha nisbat shakllarida qo‘llana oladi?
Ishlamoq, o‘qimoq, otmoq, turmoq, cho‘zmoq, tayyorlamoq, ochmoq
A) 3 tasi B) 2 tasi C) 5 tasi D) 4 tasi 
20.To‘y tarqay deb turgan edi. Birdan shamol ko‘tarildi-yu, zum o‘tmay bo‘ronga 
aylandi. Shamol shiddat bilan hovlidagi olchalarning shoxlarini qarsillatib, ayqash-
uyqash qilar, uzun stol ustidagi dasturxonlarni shartta ko‘tarib, taqsimchalarni chil-chil 
qilib yuborardi. Odamlar chuvillab qolishdi. Kuyov-kelin o‘tirgan joydagi palak uzilib 
tushdi... (O‘tkir Hoshimov)
Ushbu parchada fe’lning nisbat qo‘shimchalari necha o‘rinda qo‘llangan?
A) 5 B) 4 C) 6 D) 7 
21.Sadaqayrag‘och shoxlarida chumchuqlar chirqillashib, ko‘klamni 
olqishlaydi,allaqayoqlardan qaldirg‘ochlar o‘qday otilib kelib, hovli ichiga kirib ketadi, 
chug‘urlaydi, shiftga osilib uya soladi. 
Ushbu gapda nechta yasama fe’l tarkibida nisbat shakli mavjud?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 


22.Quyida keltirilgan she’riy parchada qatnashgan fe’lning munosabat shakllari takibida 
jarangsiz juftiga ega til oldi portlovchi undoshlar necha marta qo‘llanganligini aniqlang. 
Shovulladi tun bo‘yi shamol,
Qaldiroqlar ko‘chdi larzakor. 
Shivirlading yonimda xushhol:
"Yana keldi, do‘stginam, bahor" 
A)2 marta B)3 marta C)4 marta D)5 marta 
23.To‘tini o‘z ismini aytishga o‘rgatishadi. Ismni ko‘p qaytarishadi. Keyin bir kuni, 
ehtimol, bexosdanmi yoki o‘z kayfiyatini bildirish uchunmi, u talab qilinayotgan so‘zni 
aytib yuboradi va shu ondayoq mukofot oladi.
Berilgan parchada nechta fe’l tarkibida birgalik nisbat qo‘shimchasi qo‘llangan? 
A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 4 ta 
24.O‘zligini anglashga bel bog‘lagan har bir xalq va millat buyuk ajdodlari xizmatlarini 
e’zozlashni o‘rniga qo‘yadi.
Ushbu gapda ishlatilgan fe’llar haqidagi noto‘g‘ri hukmlar sonini aniqlang. 
1) birgalik nisbatdagi fe’l mavjud; 2) majhul nisbatdagi fe’llar mavjud; 3) yasama fe’l 
mavjud; 4) ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi mavjud; 5) bitta sodda tub fe’l mavjud;
6) nisbat qo‘shimchalari soni 3 ta
A) to‘rttasi B) beshtasi C) yettitasi D) oltitasi 
25.Unutilgan tillar! Hey, yig‘lang, kuling, Erkalanib so‘ylang, soching g‘azablar, 
O‘rtaning, hayqiring, bering saboqlar, Siz bilan tillashmoq istayman, biling! Mayliga, 
ko‘pirsin miya, asablar.(Azim Suyun) Berilgan she’riy parchada qaysi nisbatdagi fe’llar 
ishtirok etgan? 
A) majhul, aniq, orttirma nisbatdagi fe’llar B) aniq, o‘zlik, birgalik nisbatdagi fe’llar 
C) aniq, orttirma, o‘zlik nisbatdagi fe’llar D) majhul, aniq, o‘zlik nisbatdagi fe’llar 
26.Qaysi gapda otdan hosil qilingan fonetik o‘zgarish asosida yozilgan sodda yasama 
fe’l qatnashgan? 
A) Saroy ahli hovli o‘rtasida o‘rnatilgan so‘rida choyxo‘rlik qilishardi. 
B) Yolg‘iz sen emassan , otam , vujuddagi o‘qdan qiynalib tolgan . 
C) Shundoq chiroyli qiz ham bunaqa yig‘loqi bo‘ladimi 
D) U do‘stining bu darajada astoydil harakat qilishidan juda quvondi 
27.Berilgan fe'llardan nechtasi o‘zlik nisbat shaklida qo‘llana olmaydi?
Qazimoq, aniqlamoq, harakatlanmoq, buramoq, hayron bo‘lmoq, anqaymoq, uzmoq
A) 6 tasi B) 4 tasi C) 5 tasi D) 7 tasi 
28. Fe’lning zamon, shaxs-son qo‘shimchalarisiz qismi . . . 
A) o‘tgan zamon shakli sanaladi B) fe’lning noaniq shakli sanaladi 
C) sof fe’l shakli sanaladi D) buyruq-istak mayli shakli sanaladi 
29. Birgalik nisbat shaklidagi fe’l ishtirok etgan gapni aniqlang. 
A) Kurash, qarab turma, hali qor ko‘p. B) Kurash - o‘zbek g‘ururi. 
C) Kurash, aslo ortga chekinma! D) Kurash yoqimlidir qorni qoq yarim tunda. 


30.Vokzalda boshlangan qiy-chuvdan yuraklaring ezilib ketadi; onalar o‘g‘illari, 
erlarining bo‘yniga osilib yig‘lashar , otalar o‘g‘illarining yelkasiga suyanib unsiz faryod 
qilishar , bolalar onalarining pinjiga tiqilib dodlashar edi.
Berilgan gapda qatnashgan tub fe’llar tarkibidagi nisbat qo‘shimchalari sonini belgilang 
A) 6 B) 4 C) 5 D) 3 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling