Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

FE’L SO‘Z TURKUMI 5-VARIANT
 
1.Odobli va go‘zal xulqli odamlar ko‘payaversa, xalqning do‘stligi, ularning bir-biriga 
bo‘lgan mehr-muhabbati borgan sari rivojlanadi. Ushbu gapda nomustaqil kesim bo‘lib 
kelgan fe’l qaysi so‘z turkumidan yasalgan ?
A) son B) ravish C) sifat D) ot 
2.Nima deysan, ey g‘ayur inson? G‘iybatlaring qildi meni qon. 
Sen ham bir kun o‘tarsan, inon, Mehr qolur, muhabbat qolur .(Muhammad Y usuf) 
Ushbu she’riy parchada fe’lning qaysi mayl shakllari ishtirok etgan ? 
1) xabar mayli; 2) shart mayli; 3) buyruq-istak mayli
A) 1, 3 B) 2, 3 C) 1, 2 D) 1, 2, 3 
3.―Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, opa, - dedi Kamol astoydil kuyunib, ― 
sha’ningizga dog‘ tushiradigan bunaqa ishlarga izn bermang.
Ushbu gapda qatnashgan fe’llar haqida berilgan noto‘g‘ri hukm(lar)ni toping.
1) gapda qatnashgan fe’llar kesim, hol, aniqlovchi vazifalarini bajargan; 2) kesim 
vazifasini bajargan aniq nisbatdagi fe’l 2 o‘rinda qatnashgan; 3) gapda qatnashgan bitta 
fe’l uchta so‘zni bevosita o‘ziga tobelantirgan; 4) gapda qatnashgan fe’lning sifatdosh 
shakli sifatlovchi aniqlovchiga nisbatan tobe bo‘lak vazifasini bajargan
A) 3 tasi B) 2 tasi C) 1 tasi D) 4 tasi 
4.Quyida berilgan nechta fe’ldan omonimlik xususiyatiga ega qo‘shimcha yordamida ot 
yasash mumkin? Qaytmoq, kechmoq, ochmoq, qiynamoq, porlamoq, elamoq, tilmoq
A) 7 tasidan B) 5 tasidan C) 4 tasidan D) 6 tasidan 
5.Qaysi gapda qatnashgan yetakchi va ko‘makchi fe'lli so‘z qo‘shilmasining ko‘makchi 
fe'l qismining asosi shakldoshlik xususiyatiga ega? A) Do‘mbirachi qadimiy qozoq 
hayotidan dostonlar kuylamoqda. B) Sergaplik dushmaningdir, chunki u sening 
ayblaringni ochib tashlaydi. C) U mavzuni darrov tushuntirib qo‘ydi.
D) Do‘stim bizni bayram tadbiriga taklif qildi. 
6.So‘rsang, sevinchimdan o‘kinchim ko‘proq,
Kechagi yoshligim ertakmi endi? (M.Yusuf) 
Ushbu she'riy parchadagi yasama so‘zlar qaysi turkumlardan yasalgan? 
A) sifat, ravish, fe'l B) ot, sifat C) ot, sifat, fe'l D) fe'l, ot 


7.Gullar ishq haqida kuylasalar, qushlar sadoqat haqida chug‘urlashib bahs qilishardilar , 
gullar Nargisga tasalli bersalar , bulbullar chax-chaxlab, Bamburni Gullar vodiysiga 
chaqirardilar . 
Ushbu gap haqidagi noto‘g‘ri hukmni toping.
A) Gapda ikki xil nisbatdagi fe'llar ishtirok etgan.
B) Birgalik nisbatdagi fe'llar yasama fe'llar sanaladi.
C) Qo‘shma fe'llar birgalik va aniq nisbat shaklida qo‘llangan.
D) Kesim vazifasini bajargan fe'llar orttirma nisbat shaklida qo‘llangan.
8.Qaysi gap tarkibida uch xil so‘z turkumidan hosil qilingan yasama fe'llar mavjud? 
A) Chollar kulgidan qotib qoldilar, ularning burushgan yuzlari ruhlanib, ko‘zlarini kulgu 
namladi. B) Odobli va adolatli inson qo‘lidagi qalam odamlarni zavqlantiradi, bir-biriga 
birlashtiradi, do‘stlikni mustahkamlaydi.
C) Mirtursun xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, qadamini sekinlatadi. 
D) Bir mahal bola yig‘ladimi yo tashqarida shamolning guvullashi qulog‘iga kirdimi, 
anglay olmay qoldi. 
9.Berilgan fe'llardan qaysilari fe'lning barcha nisbat shakllarida qo‘llana oladi? 
1) qichqirmoq, 2) ko‘rmoq, 3) bormoq, 4) otmoq, 5) burmoq, 6) o‘ynamoq, 7) kiymoq 
A) 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 2, 4, 5, 7 D) 4, 5, 6, 7 
10.Qaysi gapda yetakchi qismi qo‘shma fe'l bo‘lgan ko‘makchi fe'lli so‘z qo‘shilmasi 
qatnashgan? 
A) Keyin ularning ham chandilgan iplarini yechib, ayira boshladik.
B) Hayotdan saboq olib, yaxshilardan ibrat olib yasha, qizim. 
C) Birpasgina bo‘lsa ham gaplashib, meni tinchitib qo‘ysang bo‘lgani.
D) Bizni ham taklif qilib qo‘yishni unutmang. 
11.Qaysi javobda quyida keltirilgan parchadagi orttirma nisbat qo‘shimchasi olgan so‘z 
haqida noto‘g‘ri hukm berilgan?
Mirzo Ulug‘bek belidagi serbar kamariga osilgan kalitni olib eshikning qulfini jaranglatib 
ochdi. 
A) Orttirma nisbat qo‘shimchasini olgan so‘z tarkibida unlilar va faqat portlovchi til oldi 
undoshlari bor . 
B) Orttirma nisbat qo‘shimchasi sodda yasama so‘zga qo‘shilgan. 
C) Orttirma nisbat qo‘shimchasini olgan so‘zning yasalish asosi taqlid so‘zdir . 
D) Orttirma nisbat qo‘shimchasi olgan so‘z gapda hol bo‘lib kelgan. 
12. Qaysi gapda o‘tgan zamon sifatdoshi qatnashmagan? 
A) Salima yaxshi dars tayyorlagani uchun maqtovga sazovor bo‘ldi.
B) Bolalar o‘ynab kelgani ko‘chaga chiqdi.
C) Shuncha o‘qisa ham, uning bilganidan bilmagani ko‘p ekan.
D) Yaxshi o‘qigani uchun u mukofotlandi. 
13.Qaysi gap tarkibida fe'lning buyruq-istak mayliga oid munosabat shaklining badiiy 
uslubga xos ko‘rinishi qo‘llangan?
A) Men aytmagan so‘zni aytajak kimdir.


B) Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim.
C) Men ikki o‘t orasida jizg‘anak bo‘lgan, Ikkisin ham ayaydurgan Uljoy Turkonman. 
D) Yaxshini maqtasang — yarashur, Yomonni maqtagan — adashur. 
14.Qaysi gapda fe’llarning munosabat shakli bilan omonim bo‘la oladigan nisbat
qo‘shimchasi qatnashgan? 
A ) “Daraxtni yer ko‘kartiradi. odamni — el”, — deydi dono xalqimiz. 
B)Kechikib ekilgan g ‘alla ham, chigit ham, keyin berilgan ishlovlarga qaramay,
yaxshi unmadi. 
C)Ko‘z ochgani qo‘ymaydi alam, Boshim qo‘ysam kuydirar bolish. 
D)Akalari bilan ariq qazib, suvsiz cho‘lga suv chiqaribdi. 
15.Qaysi gapda vazifa shakliga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub bo‘lgan fe’llar ikki 
o‘rinda qatnashgan? 
A )Qo‘ziboy ishga aralashuvini bam, chiqib ketishini bam bilmadi. 
B)Orqa tomonda o‘tirgan Dilbar o‘zini tutolmay qiqirladi. 
C)Kitobni o ‘qigach, anglagani sbu bo‘ldiki, hali juda ko‘p shug‘ullanishi kerak ekan. 
D)Mehmonlar Matqovulning qistashiga qaramasdan ichkariga kirishmadi. 
16.Jo‘shadi buloqning kumush yoshlari,
Ham mungli, ham shirin jildirashlari, 
Buralib ко‘katlar ustidan chopar,
Uzilgan marvarid yarqirashlari. 
Ushbu she’riy parchadagi fe’llarga oid to‘g‘ri fikrni aniqlang. 
A) Parchadagi fe’llar tarkibida nisbat qo‘shimchasi mavjud emas. 
B)Parchadagi fe’llarning barchasi kesim vazifasida kelgan. 
C)Parchadagi yasama fe’llar turli turkumga oid so‘zlardan hosil qilingan.
D)Parchada ikkita yasama fe’l ishtirok etgan. 
17.Qaysi javobdagi fe’llar gapning ikki xil bo‘lagi vazifasini bajargan? 
A) Chol aytibdi: “Qayg‘urmang, bu kunlar ham o ‘tadi ...”
B)Sen ko‘rmayapsan, yulduzlar birin-ketin so‘nib boryapti.
C)Biror yulduz uchsa, derlar: «Kimdir o‘tdi bu olamdan... ». 
D) Bahor keldi, endi ortiq qish emas, Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun. 
18. Qaysi qatordagi harakat nomlari tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘llangan? 
A) kechikish, bo‘zarish, o‘ynash B) kuzatish, kerilish, ko‘tarish 
C) ho‘plash, sanash, chaqish D) qidirish, yugurish, sindirish 
19.Qaysi gapda o‘zlik nisbatdagi fe’l qatnashgan?
A)Ilm fikrimizni , zehnimizni o‘tkir qiladi.
B)Nurga to‘ldi dara , toldi soy , Nur yog‘ildi qorong‘i jarga .
C)Shu boisdan u o‘ttizinchi yillarning boshida adabiyotdan chetlatilgan .
D)Belbog‘imga bitta kulcha tugilgan. 
20. Qaysi qatordagi fikr noto‘g‘ri? 
A) Buyruq-istak mayli shakllari shaxs-son ma’nosini ham ifodalaydi. 
B) Shart mayli shakli orzu-istak ma’nosini ham ifodalaydi. 


C) Fe’lning hech qanday qo‘shimchalarsiz qismi xabar mayli hisoblanadi. 
D) Shart mayli shakli kerak so‘zini olib kelganda, taxmin-gumon ma’nosini bildiradi 
21.Qaysi bandda berilgan fe’llardan ikkinchisi hurmat , kamtarlik ma’nolarini 
ifodalaydi? 
A. qildim – qilindi B. aytib-aytiboq
C. kelib ketdi- kelib-la ketdi D. yozdi- yozdirdi
22. Qizartib chehra maydin oshiqi zoringni kuydirma, Yuzingga bodadin o‘t solma, gul 
uzoringni kuydirma. ( Amiriy) Gapda fe’l turkumiga mansub so‘zlar qaysi nisbat 
shaklida qo‘llangan?
A. 1 ta aniq, 2 ta orttirma B. 2 ta aniq, 2 ta orttirma
C. 1 ta aniq, 3 ta orttirma D. 2 ta orttirma 
23.Qaysi gapdagi fe’llar bir vazifa turiga mansub?
A. Sen o‘qigan kitobni men yozganman.
B. O‘z ko‘zim bilan ko‘rganlarimni, kechirganlarimni, o‘tmish hayot lavhalaridan esimda 
qolganlarini qalamga olgim kelib qoldi.
C. “Ertaga ketyapman”,- dedi va onasiga zimdan qarab qo‘ydi. 
D. Chol aytibdi: “Qayg‘urmang, bu kunlar ham o ‘tadi ...”
24. Fe’lning vazifa shakllaridan qaysi biriga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush 
almashishi ro‘y beradi? 
A) harakat nomi B) ravishdosh C) sifatdosh D) ravishdosh, sifatdosh 
25.Qaysi qatorda harakatni bajaruvchi shaxs bilan harakat tushgan obyekt birlashgan fe'l 
shakli ishtirok etgan?
A) Mehmonlar kechroq taklif etilgan edi.
B) Qiz turtinib xonaga kirib keldi. 
C) Birdan havo bulut bo‘lib, momoqaldiroq gumburladi.
D) Ular uzoq suhbatlashgandan so‘ng o‘rinlaridan turdi. 
26."Husayin Voiz Koshifiy Sharqda ma'lum va mashhur shaxs,— deb yozadi Najmiddin 
Komilov "Tafakkur karvonlari"asarida. — U Navoiyga bag‘ishlab kitob yozgan, uning 
mehrini qozongan yaqin kishisi, muxlisi, do‘sti edi".
Berilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gapning muallif gapi qismida kesim qaysi zamon 
ma'nosini anglatgan?
A) kelasi zamon B) hozirgi zamon C) o‘tgan zamon D) hozirgi-kelasi zamon 
27.Binafsha senmisan, binafsha senmi,
Ko‘chada aqchaga sotilgan?
Binafsha menmanmi, binafsha menmi,
Sevgingga, qayg‘ungga tutilgan?
Binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay ,
Bir erkin kulmasdan uzilding? 
Binafsha, nimaga hidlaring sochilmay,
Yerlarga egilding, cho‘zilding?
She'riy parchada tarkibida nisbat qo‘shimchasi mavjud bo‘lgan fe'llar soni nechta?


A) 4 B) 6 C) 5 D) 7 
28.Fe'ldan anglashilgan harakatning nutq momentiga nisbatan bajarilish yoki 
bajarilmaslik paytini bildirishiga ko‘ra farqlanadigan fe'llar qatorini belgilang.
A) o‘qiyapman, o‘qibman, o‘qimoqchiman B) o‘qidim, o‘qiding, o‘qidi
C) o‘qiy , o‘qisa, o‘qisin D) o‘qidi, o‘qitdi, o‘qildi 
29.Qaysi javobda quyida keltirilgan parchadagi fe'llar nisbati to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 
Hasanali bekning yechinib yotishini kutib turardi, chunki uni yotqizib, yoqilgan shamni 
o‘zi bilan narigi xonaga olib chiqmoqchi edi.(A.Qodiriy)
1) aniq nisbat; 2) o‘zlik nisbat; 3) birgalik nisbat; 4) orttirma nisbat; 5) majhul nisbat 
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4 
30.Berilgan matnda kesimlar nechta o‘rinda o‘tgan zamon ma’nosini ifodalagan? 
Keyin u boshqa bir ta’birchini chaqiradi va ko‘rgan tushuning ma’nosini undan ham 
so‘raydi. U bunday javob beradi: “ Sening umring boshqa qarindoshlaring umridan uzun 
bo‘ladi”. Shunda Xorun ar-Rashid: “Ikkala ta’birning ma’nosi birdir , ammo bu ibora 
bilan u iboraning orasida farq bag‘oyat ko‘pdir”, - deydi va unga yuz tillo berishni 
buyuradi.
A) 5 B) 3 C) 6 D) 4 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling