Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

SO‘Z BIRIKMASI 3-VARIANT 
 
1. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa oʻzlikni anglash mumkin emas. Berilgan
gapdagi soʻz birikmalari soni va tobe bogʻlanishlarning turi qaysi qatorda toʻgʻri
koʻrsatilgan?
A) 3 ta: 2 ta boshqaruv va 1 ta bitishuv
B) 5 ta: 2 ta boshqaruv va 3 ta bitishuv
C) 4 ta: 2 ta boshqaruv, 1 ta bitishuv va 1 ta moslashuv
D) 4 ta: 2 ta boshqaruv, 2 ta bitishuv
2.Bu oʻlkada iqlim oʻrtacha, suv moʻl, yer unumli, quyosh nuri yetarli.
Gapda soʻz birikmasining soni nechta? A) 2 B) 4 C) 3 D) 5
3.Tobe bogʻlanish haqidagi toʻgʻri hukmlarni toping.1.Hokim boʻlak tobe boʻlakka
ma’lum bogʻlovchilar bilan bogʻlanadi. 2.Bogʻlovchi vositalar doim tobe va
hokim qismda boʻladi. 3.Egalik qoʻshimchalari hokim boʻlakka qoʻshiladi.
4. Kelishik , koʻmakchi va ohang tobe qism tarkibida, egalik va shaxs-son hokim
qism tarkibida keladi.
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3 D) 3,4
4. Kishi moliga oʻch podsholarni koʻp koʻrgan Binoiy yosh Boburning
halolligidan qattiq ta’sirlandi.
Ushbu gapda ot soʻz turkumi ot soʻz turkumiga bogʻlanib kelgan so‘z birikmasi
nechta?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
5. Ochsang davronlarning kitoblarini,
Qancha karvonlarning ertagi bordir.
Tingla donolarning xitoblarini:
Egasi bor yurtning ertasi bordir.
Ushbu gapda nechta soʻz birikmasi mavjud?
A) 9 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 8 ta
6. Uning ayollarga ehtiromi ular sharafiga barpo etilgan bogʻ-rogʻlar va nodir
me’moriy yodgorliklarda ham aks etadi.
Ushbu gapda ishtirok etgan aniqlovchilar nechta oʻrinda hokim boʻlak vazifasini
bajargan?
A)1 B) bunday boʻlak mavjud emas C) 4 D) 2
7. Bu bogʻda qushlarning chugʻur-chugʻuri eshitilmasdi.
Gapda nechta soʻz hokim boʻlak vazifasini bajargan?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
8. Uning ayollarga ehtiromi ular sharafiga barpo etilgan bogʻ-rogʻlar va nodir
me’moriy yodgorliklarda ham aks etadi.
Ushbu gapda nechta soʻz faqat tobe boʻlak vazifasini bajargan?
A) 3 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 5 ta


9. Kumush qishdan, zumrad bahordan qolishmaydi kuzning ziynati.
Gapdagi soʻz birikmalar soni nechta? A) 4 B)5 C) 6 D)7
10.Bilmaganni soʻrab oʻrgangan - olim.
Gapdagi soʻz birikmalari sonini toping.
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 
11.Bu oʻlkada iqlim oʻrtacha, suv moʻl, yer unumli, quyosh nuri yetarli.
Ushbu gapda soʻz birikmalaridagi tobe qism qaysi soʻz turkumi bilan ifodalangan?
A) ot B) ot, sifat, ot C) ot, ravish, ot D) ot, olmosh
12.Qaysi gapda kompozitsion usul bilan yasalgan soʻz kompozitsion usul bilan
yasalgan boshqa bir soʻzga tobelangan?
A) Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammaning koʻnglidagi gina-
adovatlarga barham berdi.
B) Majnuntolning barglari sargʻayib toʻkilmoqda .
C) Koʻz oldidan ichakuzdi tomoshalar qilayotgan qiziqchilar , toshlarni osmonga
irgʻitib oʻynayotgan polvonlar ketmasdi
D) Balanparvoz , quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga oʻxshaydi.
13.U yozuvchining soʻnggi izlarini doʻstlari bilan boshqa shaharlardan ham 
qidirgandi. 
Ushbu gapda tobe boglanishlar soni nechta va turi haqida toʻgʻri tahlil qilingan
javobni toping.
A) 7 ta tobe bogʻlanish; 2 ta bitishuv, 3 ta boshqaruv, 2 ta moslashuv
B) 6 ta tobe bogʻlanish; 2 ta bitishuv, 2 ta boshqaruv, 1 ta moslashuv
C) 6 ta tobe bogʻlanish; 3 ta bitishuv, 2 ta boshqaruv, 1 ta moslashuv
D) 7 ta tobe bogʻlanish; 3 ta bitishuv, 3 ta boshqaruv, 1 ta moslashuv
14.Se’riy parchadagi fe’lli soʻz birikmalari miqdorini toping.
Koʻzlarim hali harf tanimas edi, 
Qalam ushlolmasdi hali qoʻllarim.
Kapalak izidan quvib tinmasdim, 
Yulduzlarni sanar edim tunlari.
A) 4 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta
15. 1.U etagini silkitsa, kulgi toʻkiladi. 2. U kirgan xonadonda kulgi qolardi.
3.U har bir xonadonning aziz mehmoni edi. 4. Qayerda boʻlsa, oʻsha yerda atrofini
yosh- qari oʻrab olardi. 5. Donolar davrasida dono edi . 6. Bedilni, Hofizni,
Luyfiyni qiziqib oʻqirdi. 7. Ozarbayjon, tojik,turkman,uygʻur,tatar tillarida bemalol
gaplasha olardi. 8. U hozirjavob odam edi
Berilgan qaysi gaplarda bitishuvli soʻz birikmasi bor?
A) 2,3,6,7,8 B) 2,4,5,7 C) 1,4,5,8 D) 1,2,6,7
16. Qaysi gapda barcha mustaqil soʻzlar bir hokim soʻzga bevosita tobelangan?
A) Magʻrur, mutakabbur, yolgʻonchi boʻlmaylik. va shunday illatlardan pok boʻlaylik.
B) Men sizga xushxabar olib keldim.
C) Yellar hech kimga aytmay uzoq-uzoqlarga olib ketsinlar.


D) Zoʻrni koʻrib tan berishni oʻrgan.
17. Quyidagilardan teng munosabatli bogʻlanishda bogʻlovchi vosita sifatida ishtirok
eta oladigan vositalarni toping.
1) bilan; 2) –u,(-yu); 3) balki 4) -in; 5) –di; 6) –imiz
A) 1,2 B) 2,4,5,6 C) 1,2,3 D) 2,3,4
18. Bolalar quvonchli xabarni mahalladoshlariga yetkazish uchun yugurishib
Usmonlarning uyi tomon joʻnashdi.
Ushbu gapda holli soʻz birikmasining tobe so‘zi tarkibida omonimlik xususiyatiga
ega boʻlgan nechta ko‘makchi morfema qatnashgan?
A)1 B)2 C)3 D) 4
19.Qaysi gapda jami beshta soʻz birikmasi uchraydi?
A) Havo ochiq, quyoshning nuri tushib qirov bosgan maysalardan yengil bugʻ
koʻtariladi.
B) Navoiy koʻhna Sharqning ulugʻ mutafakkiri sifatida oʻz asarlari bilan oʻsha 
davr ijtimoiy masalalarini ham koʻtarib chiqdi.
C) Elning bir soʻzi bor: oʻzingga ehtiyot boʻl, qoʻshningni oʻgʻri tutma.
D) Yuragida qanday dard bor - mana bu menga sir.
20.Uni qanday taqsimlash faqat sizning didingizga, aqlingizga bogʻliq.
Ushbu gapda neshta teng va tobe bogʻlanish bor?
A) 1ta teng , 7 ta tobe bogʻlanish B) 2 ta teng, 6 ta tobe bogʻlanish
C) 1 ta teng, 5 ta tobe bogʻlanish D) 2 ta teng, 5 ta tobe bogʻlanish
21. Vatan - ona allasi taralgan, beshiging izlari chizilgan zamin.
Gapdagi tobe bogʻlanishlar sonini aniqlang.
A) 4 B) 5 C) 6 D) 7
22. Bitishuvli so‘z birikmasini toping.
A) sinf oynasi B) gul chiroyli C)birdan kelib qoldi D) choy quti 
23. Soʻz ichra mudom aql yashirindur,
Soʻz chimildugʻ-u, aql kelindur.
Soʻz birikmalari sonini aniqlang.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
24. Gilamchani hamishagi joyiga – mehrobning oldiga toʻshamoqchi edim. 
Gapdagi soʻz birikmalar sonini aniqlang.
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
25. Har bir avlod yangi tarixni yaratib, takomillashtirib kelajakka yetadi.
Gapdagi teng va tobe bogʻlanishlarni toping
A) 1 ta teng, 7 ta tobe bogʻlanish B) 2 ta teng, 5ta tobe bogʻlanish
C) 1 ta teng, 6 ta tobe bogʻlanish D) 1 ta teng, 5 ta tobe bogʻlanish
26.Bir kun koʻzlarimdan qochdi uyqular,
Bir kun yuragini ochdi tuygʻular…
Men seni esladim entikib, yonib,
Men seni izladim baridan tonib.


She’rning uchinchi misrasida jami nechta tobe bogʻlanish kuzatiladi?
A)2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
27. Oqshomdan boshlangay, odatda, tonglar,
Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar,
Boshing bukma sira, xokisor banda,
Erta ruhing topgay oliy ohanglar.(A.Oripov)
She’riy matndagi soʻz birikmalar sonini aniqlang.
A) 8 B) 7 C) 6 D) 9
28.Kelajakning nurli choʻqqisiga boq,
Ezgulik ishini tark etma sira.
Gapdagi soʻz birikmalari sonini aniqlang.
A) 8 B) 5 C) 7 D) 6
29.Bu sozda hayotbaxsh ohang yarata olish har kimga ham nasib qilmasa kerak.
Ushbu gapdagi tobe bogʻlanishlar sonini aniqlang.
A) 7 ta tobe bogʻlanish B) 5 ta tobe bogʻlanish
C) 6 ta tobe bogʻlanish D) 5 ta tobe bogʻlanish
30.Oʻzidan keyin kelayotgan avlod zakovati va shijoatiga ishonmagan jamiyatning
ichi moʻrt boʻladi.
Berilgan gapda nechta soʻz birikmasi bor?
A) 5 ta B) 8 ta C) 7 ta D) 6 ta

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling