Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

SO‘Z BIRIKMASI 4-VARIANT 
 
1. Qaysi gapda ham vositali to‘ldiruvchi, ham vositasiz to‘ldiruvchilarni bevosita 
tobelantirib kelgan kesim qatnashgan? 
A) Insonning haqiqiy qadr-qimmati shundaki, uni hatto hasadchilar ham maqtashga 
majbur bo‘ladilar.
B) Uquvsiz insonga qattiqqo‘llik bilan bilim yo hunar o‘rgatib bo‘lmaydi. 
C) Odamlarni bir-biridan ajratadigan so‘zni aytishdan saqlaning.
D) Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan mayin shamol darpardani xomushgina 
silkitardi. 
2. Tobe boglanishlarda ham tobe, ham hokim qism vazifasini bajargan vositasiz 
to‘ldiruvchi ishtirok etgan gapni aniqlang. 
A) Odamlarni bir-biridan ajratadigan so‘zni aytishdan saqlaning.
B) Tilda xalqning bor-yo‘g‘i, uning vatani butkul gavdalanadi.
C) So‘z - inson qudratining qo‘mondoni, u hayotning buyuk qurolidir.
D) Bema’ni fikrlar har kimda ham bo‘ladi, faqat aqlli kishigina uni aytmaydi. 


3. Qaysi gapda vositali to‘ldiruvchiga tobelanib kelgan vositasiz to‘ldiruvchi
qatnashgan? A) Yaxshi insonni hatto hasadchilar ham maqtashga majbur bo‘ladilar.
B) Ey farzand, hamisha fozillar bilan hamsuhbat bo‘lishni o‘zingga odat qil.
C) Bema’ni fikrlar har kimda ham bo‘ladi, faqat aqlli kishigina uni aytmaydi.
D) Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng muhim vositasidir. 
4. Tobe va hokim qismlari yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi 
qatnashgan gapni aniqlang. 
A) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap va qaysargina bir bola edi.
B) G‘ulomjon tabiatan quvnoq, sho‘x yigit edi.
C) Shoir do‘stlikni ulug‘lab ko‘plab she’rlar bitgan.
D) Qollarining keskin harakati bilan xalqqa tinchlanishni buyurdi. 
5. Qaysi gapda tobe va hokim qismlari yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z 
birikmasi uchraydi?
A) Tabobatda achchiqtoshdan juda unumli foydalaniladi.
B) Cho‘lning, yillar o‘tsa ham, eskirmagan tartib-qoidalari bor.
C) Darhaqiqat, shoirning yuragi sof tuyg‘ulardan oziqlanadi.
D) Insonlarga qilingan yaxshilik umrga sayqal beradi. 
6. Tobe va hokim qismlari yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi 
qatnashgan gapni aniqlang.
A) Kitob mutolaasi inson aqlini charxlaydi.
B) Ertalabki choy ustida biroz hangomalashgach, hammamiz yo‘lga otlandik.
C) Xalq achchiqtoshdan davo sifatida foydalanadi. 
D) G‘ulomjon ertalab atayin sizni izlab kelgan ekan. 
7. Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalari qatnashgan 
gapni aniqlang.
A) Har birimiz bilimlarimizni muntazam boyitishga intilishimiz kerak.
B) Keng moviy dengizlar va baland tog‘lar bag‘rida sayr etish inson aqlini charxlaydi.
C) Mutafakkirlarimiz ilmsiz insonlarni mevasiz daraxtga o‘xshatganlar.
D) U nimalar haqidadir tinimsiz gapirar, gapni gapga ulab yuborar edi. 
8. Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan 
gapni aniqlang. 
A) Sababsiz kulgi yomon tarbiya natijasidir.
B) U nimalar haqidadir tinimsiz gapirar, sira to‘xtamas edi.
C) Ezgulik yo‘lida qilingan yaxshilik umrga sayqal beradi.
D) Noo‘rin aytilgan so‘z boshga kulfat keltiradi. 
9. Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan 
gapni aniqlang.
A) Dilozordan Xudo bezor.
B) U kuyovining bachkana qiliqlariga ichida bir g‘ijinar edi.
C) Serdaraxt o‘rmonni suv olmas.
D) Lekin u bu haqda tirnoqcha ham qayg‘ urmayapti. 


10. Faqat hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi 
qatnashgan gapni aniqlang.
A)U kuyovining bu qiliqlariga ichida g‘ijinar edi.
B) Ko‘ksim tog‘ etgan - Vatan sevgisi.
C) Lekin u bu haqda tirnoqcha ham qayg‘urmayapti.
D) Mevasiz daraxt faqat o‘tinlikka yaraydi. 
11. Faqat hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi 
qatnashgan gapni aniqlang. 
A) Sezgir kitobxon kichik soxtalikni ham darrov fahmlaydi.
B) Mevali daraxtga tosh otadilar.
C) Darhaqiqat, shoirning yuragi sof tuyg‘ulardan oziqlanadi.
D) Kitob bilan do‘stlashgan insondan yomonlik chiqmaydi. 
12. Hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi 
qatnashgan gapni aniqlang. 
A) Noo‘rin aytilgan so‘z boshga kulfat keltirishi mumkin.
B) Kitob bilan do‘stlashgan insondan yomonlik chiqmaydi. 
C) U nimalar haqidadir tinimsiz gapirar, sira to‘xtamas edi.
D) Do‘stlari uning asl niyatini darrov fahmladilar. 
13. Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi 
qatnashgan gapni aniqlang. 
A) Sezgir kitobxon kichik soxtalikni ham darrov fahmlaydi.
B) Men o‘zimni kulgidan to‘xtata olmadim. 
C) Bemaza qovunning urug‘i ko‘p.
D) Kitob mutolaasi inson tafakkurini rivojlantiradi. 
14. Tobe qismi ham, hokim qismi ham yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z 
birikmalarini aniqlang.
1) yutuqdan ruhlanmoq; 2) bilimdon o‘quvchi;3) ta’sirli so‘zlamoq;4) tuyg‘ularni his 
qilish;5) yurtdoshlarga g‘amxo‘rlik.
A) 1, 4, 5 В) 1, 3, 5 С) 1, 2, 4 D) 2, 3, 4 
15. Faqat hokim qismi yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalarini
aniqlang. 1) qat’iy ishonch; 2) jadal rivojlanmoq; 3) o‘tkir o‘roq; 4) aniq fikrlash; 5)
gul taqdim etmoq.
A) 2, 3, 4 В) 1, 2, 5 C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 4 
16. Tobe qismi ham, hokim qismi ham yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z
birikmalarini aniqlang.
1) chiroyli gapirmoq; 2) tez harakatlanmoq;3) bilimdon o‘quvchi; 4) ta’sirli 
so‘zlamoq; 5) kitobxonlar ishtiroki.
A) 1, 2, 4 B) 2, 3, 5 С) 1, 3, 4 D) 3, 4, 5 
17. Haqiqat tikanli gulga o‘xshaydi, u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. 
Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) 4 ta boshqaruvli so‘z birikmasi qatnashgan.


B) Faqat bitta bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan.
C) Faqat bitta otli so‘z birikmasi mavjud.
D) 4 ta fe’lli so‘z birikmasi mavjud. 
18. Yulduzni benarvon uradigan bunday odamlardan hayiqish kerak.
Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi bor?
A) 3 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 5 ta 
19. Hayotjon G ‘ulomjonning mardligiga, chidamliligi, qanoatliligi va sadoqatiga
qoyil qoldi. 
Ushbu gapda gap bo‘laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan?
A) 7 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 5 ta 
20. Hayotjon yosh G ‘ulomjonning mardligi,chidamliligi va sabriga qoyil qoldi.
Ushbu gap haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Boshqaruv usulida birikkan so‘z birikmalari soni 3 ta.
B) Qaratqich aniqlovchiga tobelangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan.
C) Moslashuv usulida birikkan so‘z birikmalari soni 2 ta.
D) Uyushiq bo‘laklarga tobelangan qaratqich aniqlovchi qatnashgan. 
21. Bizning o ‘qituvchimiz o ‘quvchilarni ham, nevaralarini ham, o ‘g ‘il-qizlarini 
ham - barchani sizlab gapirar edilar. 
Ushbu gapda gap bo‘laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan?
A) 6 ta B) 5 ta C) 8 ta D) 7 ta 
22. Shuni bilginki, uztozingdan eshitmagan o ‘gitlarni kitobdan bilib olishing
mumkin. Ushbu qo‘shma gapda nechta so‘z birikmasi qatnashgan?
A) 4 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 5 ta 
23. Tobe qismi ko‘chma ma’noda qo‘llangan otli birikmalarni aniqlang.
A) qarzini uzmoq, diqqatini bo‘lmoq
B) qattiq ranjimoq, kitob o‘qimoq
C) daraxtning ko‘zi, bolaning tishi
D) shirali ovoz, po‘lat iroda 
24. Tobe qismi ko‘chma ma’noda qo‘llangan otli birikmalarni aniqlang.
A) siquv ostida yashamoq, uyga bormoq
B) yengil kuy, achchiq so‘z
C) samolyotning dumi, rubobning qorni
D) og‘ ir xo‘rsinmoq, sayoz fikrlamoq 
25. Tobe qismi ko‘chma ma’noda qo‘llangan bitishuvli birikmalarni aniqlang.
A) yengil jarohat, siquv ostida
B) og‘ir xo‘rsinmoq, o‘ynoqi shabada
C) uyg‘ongan_ mehr, issiq suv
D) masala yechmoq, gap sotmoq 
26. Qaysi javobda ham tobe qismi, ham hokim qismi yasama so‘z bilan ifodalangan 
moslashuvli so‘z birikmalari berilgan? 
A) qizaloqlarning aqllisi, xonalarning kattarog‘i


B) o‘quvchilarning bilimdoni, qo‘shiqchining kuylashi 
C) serg‘ayrat ishchi, rasmlarning chiroylisi
D) do‘stlikni qadrlamoq, ishlashni boshlamoq 
27. Qaysi javobda ham tobe qismi, ham hokim qismi yasama so‘z bilan ifodalangan 
bitishuvli so‘z birikmalari berilgan?
A) umidsizlik tuyg‘usi, kasbdoshingiz yutug‘i
B) halol yashamoq, zavqli mehnat
C) chiroyli gapirmoq, ishchan o‘qituvchi
D)do‘stlikni qadrlamoq, ishlashni boshlamoq 
28. Tobe qismi ko‘chma ma’noda qo‘llangan fe’lli so‘z birikmalarini aniqlang.
A) sovuq xabar, achchiq haqiqat
B) qarzini uzmoq, diqqatinr bo‘lmoq
C) mayin kuylamoq, she’r o‘qimoq
D) qattiq ranjimoq, shirin gapirmoq 
29. Otaxon yuz-qo‘llarini yuvdi va uni havas bilan kuzatayotgan yosh yigitga 
yuzlandi. 
Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi bor?
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 4 ta 
30. Qaysi javobda ham tobe qismi, ham hokim qismi yasama so‘z bilan ifodalangan 
moslashuvli so‘z birikmalari berilgan?
A) ishchilarning uquvlisi, ishtirokchilar bilimdoni
B) qizaloqlarning aqllisi, xonalarning kattarog‘i
C) rasmlarning chiroylisi, serg‘ayrat o‘qituvchi
D) do‘stlikni qadrlamoq, ishlashni boshlamoq 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling