Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

ALOHIDA OLINGAN SO‘Z TURKUMLARI
 
1. Qaysi gapdagi modal so‘z fikrning xulosalanishini bildiradi? 
A) Xayriyat, bu kishi ham ko‘rindi. 
B) Balki, xaloyiq va har tarafdan kelgan kishilar to‘da bo‘lib maslahat qilishayotgandir.
C) Darhaqiqat, chang-to‘zon ancha narilab Karki tomonga ketardi.
D) Xullas, kayfim chog‘ edi. 
2. Qaysi qatorda vazifadosh modal so‘zlar berilgan? 
A) balki, ehtimol, chamasi, aftidan 
B) afsuski, haqiqatan, avvalo, xullas 
C) albatta, shekilli, tabiiy, to‘g‘ri 
D) attang, umuman, taxminan, darhaqiqat 
3. Modal so‘zlarni toping. 1) attang; 2) faqat; 3) birdan; 4) aftidan; 5) masalan;
6) nihoyat; 7) nahotki; 8) xayriyat; 9) biroq; 10) ehtimol 
A) 4, 5, 7, 8 B) 1, 3, 6, 8, 10 C) l, 4, 5, 6, 8, 10 D) 1, 4, 7, 8, 9, 10 
4. Qaysi qatorda sof modal so‘zlar berilgan? 
A) avvalo, xullas, shubhasiz, baxtimga 
B) haqiqatan, afsuski, xullas,albatta
C) avvalambor, balki, jumladan, shaksiz 
D) masalan, umuman, aftidan, chamasi 
5. Taqlid so‘zlardan ko‘proq qaysi turkumdagi so‘zlar yasaladi? 
A) sifat B) ot C) ravish D) fe’l 
6. 1) Endi nima qilsam ekan? - deya Otabek o‘z-o‘zidan so‘radi.
2) Qizcha o‘z-o‘zidan raqsga tushib ketdi.
3) O‘z-o‘zidan, mamlakat taqdiri hammani qiziqtiradi.
Berilgan gaplardagi o‘z-o‘zidan so‘zining qaysi turkumga mansubligini izohlang. 
A) 1-2-gaplarda olmosh, 3-gapda kirish so‘z 
B) 1-gapda olmosh, 2-gapda ravish, 3-gapda modal so‘z 
C) 1-gapda olmosh, 2-gapda ravish, 3-gapda kirish so‘z
D) har uchta gapda ham olmosh 
7. Binobarin so‘zi qaysi so‘z turkumiga oid so‘z hisoblanadi? 


A) ko‘makchi B) ravish C) modal so‘z D) undov so‘z
8. Quyidagi qaysi so‘z ham bog‘lovchi, ham modal so‘z vazifasini bajaradi? 
A) shekilli B) ehtimol C) so‘zsiz
D) balki 
9. Qaysi qatorda gumon ma’nosini bildirgan vazifadosh modal so‘z berilgan? 
A) Chamasi, hammaning og‘zi tekkan ekan o‘sha go‘shtga.
B) U nafaqat kattalarga, balki kishiklarga ham shunday munosabatda bo‘ladi.
C) Aftidan, G‘ulomjon bu g‘alvalarni ataylab boshlagan.
D) A va C
10. Qaysi qatordagi modal so‘z fikrni xulosalash ma’nosini bildirmaydi? 
A) umuman B) xullas C)jumladan D) demak 
11. Issiq havo damini g‘ir-g‘ir esgan shamol kesar edi.
Ushbu gapdagi “g‘ir-g‘ir” so‘zi qanday so‘z? 
A) Taqlid so‘z B) Undov so‘z C) Modal so‘z D) Yuklama 
12. Chamasi so‘zi qaysi gapda modal so‘z vazifasini bajarmagan? 
A) Kechasi ,chamasi, bir oz yomg‘ir yog‘di. B) Chamasi, Nodir bu gapni eshitgan.
C) Uning chamasi to‘g‘ri chiqdi. D) Ertaga havo ochiladi, chamasi. 
13. Qaysi qatorda ham sifat , ham modal so‘z bo‘la oladigan so‘z berilgan? 
A) chamasi B) ehtimol C) balki D) shubhasiz 
14. U nafaqat kattalarga, balki kichiklarga ham shunday muomalada bo‘lardi.
Ushbu gapdagi balki so‘z qaysi so‘z turkumining vazifasini bajaryapti? 
A) ot B) ravish C) bog‘lovchi 
D) modal so‘z
15. Sof modal so‘z qatnashgan gapni aniqlang 
A) Aftidan, G‘ulomjon bu g‘alvalarni ataylab boshlagan. 
B) Onajonim, balki, bir kun, Men ham shoir bo‘larman.
C) Bo‘ron bo‘lishi ehtimol, qizim. 
D) Darhaqiqat, chang-to‘zon ancha narilab, Karki tomonga ketardi. 
16. Vazifadosh modal so‘z qatnashmagan gapni toping. 
A) Shubhasiz , biz g‘olib bo‘lamiz.
B) Balki, shu aytganlaring rostdir . 
C) Ehtimol, bu unga onasidan yagona esdalik.
D) Raisning bu ishlari, albatta, qishloqning nufuzini ko‘tarish uchun qilinmoqda. 
17. Quyidagi modal so‘zlardan qaysi biri mustaqil so‘z vazifasida qo‘llana olmaydi? 
A) shubhasiz B) aftidan C) balki D) taxminan 
18. Kishilarning quvonch, erkalanish, rohatlanish, hayron qolish, g‘azab, nafrat kabi 
hissiyotlarini ifodalovchi so‘zlar qanday so‘zlar sanaladi? 
A) yuklamalar B) modal so‘zlar
C) his-hayajon undovlari D) buyruq- xitob undovlari 
19. Bir to‘da qushlar taq-tuq ovozdan pirillab uchib ketdi.
Ushbu gapdagi taqlid so‘zlar miqdorini aniqlang
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 


20. Qaysi modal so‘zlar fikrning dalillanishini bildiradi? 
A) masalan, jumladan,xususan B) hatto, nahotki, xayriyat 
C) hoynahoy, nachora, koshki
D)koshki ,shekilli , binobarin
21.Undov so‘zlar undalmalardan oldin kelganda undov so‘zlardan keyin qanday tinish 
belgisi qo‘yiladi? 
A) undov B) vergul C) ko‘p nuqta D) tinish belgisi qo‘yilmaydi 
22. Qaysi gapda undov so‘zlar fikrdan qaytarish ma’nosini ifodalab kelgan? 
A.Hay-hay, yigitlar bu yoqqa.
B.Hay-hay, shakkoklik qilmang.
C.Hay-hay, bu tomonga bir qarang.
D.Hay-hay, qanday mazali.
23. Quyidagi berilgan modal so‘zlarning qaysi biri asosan gap oxirida keladi?
A) shekilli B) haqiqatan C) demak D) to‘g‘ri. 
24. Qaysi gap tarkibida modal so‘z ishtirok etgan?
A.Bu yil hamma fanlarni a’lo bilan yakunlashim shubhasiz.
B.Ehtimol, avtobus bu yerda to‘xtamas.
C. Yana ish pachava deng, birodar.
D. Ofarin, azamatlar, ishni do‘ndiribsiz. 
25. Fikrni xulosalash ma’nosini bildiruvchi modal so‘zlar qatorini belgilang.
A. xullas, demak, masalan, jumladan B. xullas, demak, umuman
C. xullas, demak, darhaqiqat D. xullas, umuman, haqiqatan 
26. Quyida so‘zlardan nechtasi modal so‘z hisoblanadi? Attang, faqat, birdan, aftidan, 
qo‘qqisdan, haqiqatan, esiz, nihoyat, xayriyat, hatto, umuman, masalan 
A.8 ta B. 12 ta C. 10 ta D. 11 ta
27. Qaysi javobda holatga taqlid so‘z otlashgan?
A. Namoz g‘azabi oshib, dag‘-dag‘ qaltiray boshladi.
B. Rustam samolyotini ko‘tarib hovlining u boshidan bu boshiga g‘uv-g‘uvlab yugura 
boshladi.
C.Saxiy quyosh behisob nur taratar, tip-tiniq soy suvining jimir-jimiri ko‘zni qamashtirar 
edi.
D. Uzoqdan bolalarning qiy-chuvi eshitildi.
28. Holatga taqlid so‘zlar qaysi qatorda berilgan?
A. tap-tap, g‘iz-g‘iz, hang-mang B. yilt-yilt,jimir- jimir , yarq
C. lik-lik, qult, piq-piq D. gurs-gurs, taq-tuq, lip 
29. Gap bo‘laklari bilan grammatik jihatdan bog‘lanmaydigan so‘zlar berilgan qatorni 
toping. 
A) yuklamalar B) bog‘lovchilar C) ko‘makchilar D) modal so‘zlar 
30. Davradagilar shivir-shivir gap boshlashdi. 
Yuqoridagi gapda shivir-shivir so‘zi qaysi so‘z turkumiga mansub? 
A) sifat B) modal so‘z C) taqlid so‘z D) ravish 



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling