Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

FE’LNING YASALISHI
1.Quyidagi gaplarning qay birida sodda yasama fe’l mavjud ? 
A. Ichkaridan allaqanday qo‘lyozmalar olib chiqdi. 
B.U o‘z fikrini bildirib qo‘ydi, xolos. 
C. Sizdan nima ketdi, kelasiz-ketasiz. 
D. Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash. 
2. U bilimi va iste’dodi tufayli fan-texnika yutuqlari ko‘rgazmasida oltin medalni 
qo‘lga kiritdi. 
Ushbu gapdagi sodda yasama so‘zlar haqida berilgan to‘gʽri ma’lumotni aniqlang. 
A) Yasama so‘zlarning barchasi fe’ldan yasalgan. 
B) Ushbu gapda ot va sifat turkumiga oid yasama so‘zlar qatnashgan. 
C) Yasama so‘zlar ega va aniqlovchi vazifasini bajargan. 
D) Ushbu gapdagi yasama otlarning barchasi o‘rin-joy otlariga mansub 
3. Insofli va adolatli inson qo‘lidagi baxt-saodat uchun xizmat qilib odamlarni 
zavqlantiradi, bir-biri bilan yaqinlashtirib, do‘stlikni mustahkamlaydi
 Ushbu gapda nechta yasama fe’l mavjud? 
A) 1ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 
4. U Margʽilonga yaqinlashib qolganda kun ogʽib qolgan edi.
Ushbu gapdagi yasama fe’l qaysi turkumdagi so‘zdan yasalgan?
A) otdan B) sifatdan C) ravishdan D) olmoshdan 


 5. Fe’llarning yasalishi haqidagi qaysi hukm noto‘gʽri? 
A) otdan fe’l yasaladi B) sifatdan fe’l yasaladi 
C) sondan fe’l yasaladi D) fe’ldan fe’l yasaladi 
6. Voyvoylamoq fe’lining yasalishiga qaysi so‘z turkumi asos bo‘lgan? 
A) modal so‘z B) undov so‘z C) taqlid so‘z D) ravish 
7. Shundan so‘ng To‘maris qo‘shinini to‘plab, jangga otlandi.
Ushbu gapda nechta fe’l yasovchi qo‘shimcha bor?
 A) 1 ta 
B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 
8. Qaysi gapdagi yasama fe’l fonetik yozuv asosida yozilgan? 
A) Hovlining yarmigacha ariq tortib ekilgan qulupnay pushtalari orasida suv yaltiraydi 
B) Ichkarida chaqaloq yigʽladi 
C) Mahallamizdagi o‘rtoqlarim ham otlarini olib kelib qoldilar 
D) Qizlar o‘zaro sekin suhbatlashib turishardi 
9. Komila bir chekkada gʽuj-gʽuj ochilgan atirgulni hidlab, oshxonaga qaytdi, chaqqonlik 
bilan sabzi to‘gʽrayotgan Sharofatbibi yonida u-bu to‘gʽrisida gaplashdi.
Ushbu gapda nechta yasama fe’l qatnashgan? 
A) 1 ta 
B) 2 ta C) 3 ta 
D) 4 ta 
10. Dalada mashinalar ko‘paymoqda.
Ushbu gapdagi yasama fe’l qaysi turkumdagi so‘zdan yasalgan? 
A) otdan 
B) sifatdan C) ravishdan D) olmoshdan 
11. Devor bo‘ylab yuksalgan tomlarning tepasidagi uzumlar quyoshning so‘nggi 
shu’lalarida oltinlanardi. Ushbu gapda nechta yasama fe’l qatnashgan?
A) 1 ta 
B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 
12. Durroj yolgʽon so‘zlagani va to‘gʽri gapirmagani uchun tuzoqqa tushdi.
Ushbu gapda nechta yasama fe’l qatnashgan?
A) 1 ta 
B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 
13.Chol unga yaqinlashib, salom berdi, qiz loqaydgina alik oldi.
Ushbugapdagi fe’llarga to‘gʽri izoh berilgan qatorni toping. 
A) 1 ta ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi, 1 ta sodda yasama fe’l ,1 ta tub fe'l 
B) 1 ta qo‘shma fe’l, 2 ta sodda yasama fe’l 
C) 1 ta ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi, 1 ta sodda yasama fe’l ,1 ta qo‘shma fe’l 
D) 2 ta qo‘shma fe’l, 1 ta sodda yasama fe’l 
14. Haydar ota yo‘lakda kimga yo‘liqdi. Ushbu gapdagi fe’l haqidagi to‘gʽri hukmni toping. 
A) sodda yasama fe’l B) qo‘shma fe’l
C) tub fe’l D) ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi 
15.Yasama fe’l ishtirok etgan gapni aniqlang. 
A) Shabada endigina ekilgan yosh nihollarni tebratar edi. 
B) Xolida gulzorga chiqmoqchi edi, oyisi to‘xtatdi. 
C) Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, - dedi Kamol. 
D) U bizga buni ko‘rsatgan edi. 


16.Oygul turishi bilan, 
Saroy charaqlab ketdi. 
Hamma yoq bo‘lib ravshan, 
Uylar yaraqlab ketdi.
Ushbu she’riy parchadagi qo‘shma fe’llar nechta?
A)2 ta В) 3 ta С)1 ta D ) qo‘shma fe’llar yo‘q 
17. Tarkibidagi yasama fe’l to‘rtta ma’noli qismga bo‘linadigan gapni toping. 
A) Yuzimga qarab turib: “Sensiramang” deydi – ya?! 
B) Butun mavjudod qaytadan yasharmoqda 
C) U otasi bilan salomlashib, ko‘rpachaga o‘tirdi. 
D) Maktabimiz muzeyi yangi eksponatlar bilan boyitildi. 
18. Qaysi javobda faqat qo‘shma fe’llar keltirilgan? 
A) hormay – tolmay, olib keldi B) olib turdi, ishlab chiqarmoq 
C) bordi-keldi, sotib oldi D) bayon qilmoq, kirib chiqmoq 
19.O‘z tilingizda fikrlashga, ravon gapirishga, nutqingizni har xil yot unsurlardan 
saqlashga harakat qiling. Til mavsumiy libos emaski, ob-havoning o‘zgarishiga qarab 
almashtirilsa. 
Ushbu gapdagi yasama fe’llar sonini toping. A) 3 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta 
20.Qaysi so‘zda –la fe'l yasovchi qo‘shimchasi asosdan anglashilgan narsani yuzaga 
keltirish ma’nosini bildirgan? A) bolala B) moyla C) qaychila D) qashila 
21.She’r izlayman bu kun Toshkent ko‘chalarida,
Sekingina zirqiraydi beorom qalbim. 
Men umrimning bu suronli kechalarida
Na bir taskin topa oldim, na she’r topoldim. 
Berilgan she’riy parchada nechta yasama fe’l ishtirok etgan?
A) to‘rtta B) ikkita C) uchta D) bitta 
22.Ikromning dumaloq, sargʽish yuzi qizardi.
Ushbu gapdagi yasama fe’l qaysi so‘z turkumdan hosil qilingan? 
A) Yasama fe’l yo‘q B) Sifatdan C) Ravishdan D) Otdan 
23.Qaysi gap tarkibida uch xil so‘z turkumidan hosil qilingan yasama fe'llar mavjud? 
A) Chollar kulgidan qotib qoldilar, ularning burushgan yuzlari ruhlanib, ko‘zlarini kulgi 
namladi.
B) Odobli va adolatli inson qo‘lidagi qalam odamlarni zavqlantiradi, bir-biriga 
birlashtiradi, do‘stlikni mustahkamlaydi.
C) Mirtursun xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, qadamini sekinlatdi. 
D) Bir mahal bola yigʽladimi yo tashqarida shamolning guvullashi qulogʽiga kirdimi, 
anglay olmay qoldi. 
24.Sharros yomgʽirlar havoni tozalaydi, larzakor chaqmoqlar dilga jo‘shqinlik, quvvat 
ato etadi. 
Berilgan gap tarkibidagi yasama fe’l sonini aniqlang. 
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 


25.Onaxon bir zum to‘xtab, chorasizlikdan qiynalayotgan nabirasiga mehribonlik
bilan dalda berdi. 
Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi to‘gʽri fikrni aniqlang. 
A) Gapda otdan yasalgan sodda yasama sifat qatnashgan. 
B) Gapda ravishdan yasalgan sodda yasama fe’l qatnashgan. 
C) Gapda sifatdan yasalgan sodda yasama fe’l qatnashgan. 
D) Gapda fe’ldan yasalgan sodda yasama ot qatnashgan. 
26. Hukmdor tortinchoq qora ko‘zlari hamisha mungli boqadigan qizini juda e’zozlar, 
doim holidan xabar olardi. Ushbu gapda sodda yasama fe’llar soni nechta? 
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 
27.Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir. 
Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi to‘gʽri ma’lumotni toping. 
A) Sodda yasama sifat fe’ldan yasalgan. 
B) Fe’ldan yasalgan ot qatnashgan. 
C) Sodda yasama fe’llar otdan yasalgan. 
D) Sondan yasalgan sifat qatnashgan. 
28.Zamonamiz yoshlari, siz shavkatli tariximizni qadrlashingiz, uni o ‘z hissangiz
bilan boyitishingiz kerak. 
Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi to‘gʽri ma’lumotni toping. 
A) Fe’ldan yasalgan ot qatnashgan. B) Sifatdan yasalgan fe’l qatnashgan. 
C) Otdan yasalgan ravish qatnashgan. D) Fe’ldan yasalgan sifat qatnashgan. 
29.Qaysi javobda shakldoshiga ega bo‘lgan asosdan yasalgan yasama so‘z berilgan? 
A) tushirtirmoq B) changimoq C) oqimtir D) davolamoq 
30.Qaysi gapda fe’l + fe’l tipidagi qo‘shma fe’l qatnashgan? 
A) Majnuntol suvga egilib, salom berayotir.
B) Oygul turishi bilan saroy charaqlab ketdi. 
C) Xushxabar olib kelgan yigitga hamma quvonch bilan tikildi. 
D) Kech kuz kelib barglar sargʽayib to‘kilmoqda. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling