Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

FE’L SO‘Z TURKUMI 2-VARIANT
 
1. Turli gap bo‘laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe’l shakllari … deyiladi. 
A. fe’l mayllari
B. fe’lning zamonlari
C. fe’lning vazifa shakllari D. fe’l nisbatlari
2. Sifatdoshning sifat so‘z turkumidan farqi nimada?
A. sifatdosh barqaror belgini ifodalaydi,sifat harakat belgisini ifodalaydi
B. sifatdosh o‘zgarish, harakat belgisini ifodalaydi, sifat barqaror turg‘un belgini 
ifodalaydi
C. sifat o‘zgarish ,harakat belgisini ifodalaydi
D. sifatdosh turg‘un belgini ifodalaydi, sifat o‘zgaruvchan belgini ifodalaydi 
3. Fe’lga xos zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini ifodalay olmaydigan fe’lning vazifa 
shaklini aniqlang. 
A. sof fe’l B. bunday shakl yo‘q C. sifatdosh
D. harakat nomi 
4. Hozirgi zamon sifatdoshining qo‘shimchasini aniqlang. 
A. –ydigan B. –(a)yotgan C. –(a)r, -mas D. -gan 
5. Kelasi zamon sifatdoshi qo‘shimchasini aniqlang. 
A. –ydigan, -adigan B. -(a)yotgan C. –(a)r, -mas D. A,C 
6. O‘tgan zamon sifatdoshining qo‘shimchasini aniqlang. 
A. –gan 
B. –(a)yotgan C. –(a)r, -mas 
D. –ydigan, -adigan 
7. Ichimda qiziq gaplarim bor.Ko‘p,juda ko‘p odamlar yig‘ilsa, shu gaplarimni aytsam. 
Mazkur gapda fe’lning vazifa shakllarining turi va miqdorini aniqlang. 
A. 2 ta sof fe’l , 1 ta harakat nomi B. 3 ta sof fe’l
C. 2 ta sof fe’l D. 3 ta sof fe’l, 1 ta sifatdosh 
8. Rubob chalish, ashula aytishga qattiq havas qo‘ygan kunlarim edi. 
Mazkur gapdagi fe’lning vazifa shakllari turi va miqdorini aniqlang. 
A. 2 ta harakat nomi, 1 ta sifatdosh, 1 ta sof fe’l 
B. 2 ta harakat nomi, 1 ta sifatdosh 
C. 1 ta harakat nomi, 1 ta sifatdosh
D. 1 ta sifatdosh, 1 sof fe’l 
9. Fe’lning noaniq shakli qo‘shimchasi qaysi?
A. –(i)b B. –gan C. –(a)r D. –moq 
10. Qaysi birikmadagi belgi o‘zgarish , harakat belgisini ifodalagan? 
A. oqar daryo 
B. oq gul C. e’tiborli ona D. chiroyli ko‘ylak 
11. Fe’lning vazifa shakllaridan qaysi biriga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush 
almashishi ro‘y beradi.
A) ravishdosh
B) sifatdosh C) harakat nomi D) ravishdosh, sifatdosh 


12. -(a)r qo‘shimchasi bilan fe’lning vazifa shakllaridan qaysi biri hosil qilinadi? 
A) sifatdosh B) sof fe’l C) ravishdosh D) harakat nomi 
13.Qaysi gap tarkibida fe’lning harakat nomi shakli qo‘llangan? 
A.Haydar hammasiga tayyor edi.
B.Suv shovullab oqmoqda.
C.Bilim olish va yuksalish sharafli burchingizdir. 
D.Eshonxon mehmonxona eshigini sekin ochdi.
14. Otlashgan sifatdosh qo‘llangan gapni toping. 
A) Chaqirilganlar ro‘yxatga tirkalgandir.
B) U bugungi pochtani indamay ko‘ra boshladi. 
C) Men she’rga soldim aytar so‘zimni , baxtiyor sezaman g‘oyat o‘zimni. 
D) To‘tixon xatni ko‘zlariga surtar, o‘par, hidlar edi. 
15. Qaysi qatorda takroriy ravishdosh shakli berilgan? 
A) O‘ktam keng maydonga chiqib qoldi
B) Shuncha urinib unutolmagan edi , endi birdaniga o‘zidan o‘zi ko‘nglidan chiqdi-
ketdi.
C),,Hozirgi yoshlar qariyalarni kuydirgani-kuydirgan”,- deb oh chekdi
D) Temirchi degan kuyib-kuyib temirchi bo‘ladi-da. 
16. Zebi shoshib qoldi, tez borib choynakdagi tabarruk suvni qo‘liga oldi va hech narsani 
o‘ylashga fursat yo‘q, darhol mingboshiga uzatdi…(”Kecha va kunduz ” romanidan ) 
Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini olgan so‘z fe’lning qaysi vazifa shakliga 
mansubligini aniqlang. 
A) sof fe’l shakli B) harakat nomi shakli C) ravishdosh shakli D) sifatdosh shakli 
17. -a(r) sifatdoshi qaysi zamonni ifodalaydi? 
A) hozirgi zamonni B) zamonni bildirmaydi C) o‘tgan zamonni D) kelasi 
zamonni 
18. -masdan qaysi fe’l shaklining bo‘lishsizlik shakli hisoblanadi? 
A. ravishdosh B. sifatdosh C. harakat nomi D. sof fe’l
19. Ravishdosh eshtirok etgan gap qaysi qatorda ko‘rsatilgan? 
A) Ko‘rganni eshitgan yengdi.
B) Men gulxan atrofida o‘tirganlarni uzoq kuzatdim. 
C) Yaxshi ko‘rishimni bilasiz-a? 
D) Bola yig‘lay- yig‘lay uxlab qoldi. 
20. Yetakchi fe’l bilan ko‘makchi fe’llar, asosan, qanday shakl yordamida bog‘lanadi? 
A) ravishdosh qo‘shimchasi yordamida B) turlovchi qo‘shimchalar yordamida 
C) sifatdosh qo‘shimchasi yordamida D) ohang yordamida 
21.Qaysi gapda fe’lning otga xoslangan shakli qo‘llangan?
A) Chiroyli yozishni o‘rgan. B) Bolalar qorbo‘ron o‘ynashmoqda.
C) Shu payt boshimiz ustida chaqmoq chaqdi.
D) Singilcham quymoqni juda yaxshi ko‘radi. 


22.Qaysi javobda ravishdosh shakllari berilmagan?
A) –ib(-b), -a(-y) B) –gach, -guncha C) –gan, -ar D) –gani, -gancha 
23. Sifatdosh ishtirok etgan gapni toping. 
A) Boshida tashvishi bo‘lishiga qaramay bolani erkalashga, tarbiyalashga vaqt topdi. 
B) Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik - ayb. 
C) Keng fe’l, ketmas davlat bersin. 
D) Musiqa tingach qattiq uyquga ketdi 
24. Chuqur ariqdan toyimni sug‘orib chiqayotganimda bir to‘da uloqchi-chavandozlar 
uchrab qoldilar. Ushbu gapda qaysi zamondagi sifatdosh shakli qatnashgan? 
A) hozirgi zamon sifatdoshi B) kelasi zamon sifatdoshi 
C) o‘tgan zamon sifatdoshi D) sifatdosh ishtirok etmagan 
25. O‘z ko‘zim bilan ko‘rganlarimni, kechirganlarimni, o‘tmish hayot lavhalaridan 
esimda qolganlarini qalamga olgim kelib qoldi. Ushbu gapda qaysi zamondagi sifatdosh 
shakli qatnashgan? 
A) hozirgi zamon sifatdoshi B) kelasi zamon sifatdoshi 
C) o‘tgan zamon sifatdoshi D) sifatdosh ishtirok etmagan 
26. Eshon otasining vasiyatiga amal qilib to‘rdan joy tegmaydigan, poygakda choy 
tegmaydigan bir odam bo‘lib yetishdi. Ushbu gapda qaysi zamondagi sifatdosh shakli 
qatnashgan? 
A) hozirgi zamon sifatdoshi B) kelasi zamon sifatdoshi 
C) o‘tgan zamon sifatdoshi D) sifatdosh ishtirok etmagan 
27. Alisher uуgа kirishi bilan qolganlar jim bo‘lishdi.
Ushbu gapda fe’lning nechta vazifa shakli qatnashgan? 
A) 1 ta 
B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 
28. Siddiqjon borishini ham, qaytishini ham bilmay qoldi.
Ushbu gapda fe’lning nechta vazifa shakli qatnashgan? 
A) 1 ta 
B) 2 ta C) 3 ta 
D) 4 ta 
29. Bilmaslik ayb emas, bilmaganini bo‘yniga olmaslik ayb.
Ushbu gapda fe’lning nechta vazifa shakli qatnashgan?
A) 1 ta 
B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 
30. Endigina ko‘tarilib kelayotgan oy sarg‘ish nur sochib, tun qo‘ynida mudrayotgan 
pastqam uyning tomlarini, daraxtlarning yalang‘och novdalarini yoritib turardi.
Ushbu gapda sifatdoshning qaysi zamondagi shakli qo‘llangan?
A) o‘tgan zamon shakli B) hozirgi zamon shakli 
C) kelasi zamon shakli D) sifatdosh qatnashmagan 



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling