Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

FE’L SO‘Z TURKUMI 1-VARIANT
1. Fe’llar qaysi xususiyatiga ko‘ra harakat va holat fe’llariga bo‘linadi? 
A) bajarilish-bajarilmasligiga ko‘ra B) nimani atab kelishiga ko‘ra 
C) bajaruvchining harakat va holat jarayonidagi ishtirokiga ko‘ra 
D) ish-harakatning vaqtga munosabatiga ko‘ra 
2. Shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida ro‘y bergan harakatni bildiruvchi 
fe’llar qanday ataladi? 
A) harakat fe’llari B) holat fe'llari C) o‘timli fe’llar D) o‘timsiz fe’llar 
3. Shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish 
jarayonini ifodalovchi fe’llar qanday ataladi? 
A) harakat fe'llari B) holat fe’llari C) o‘timsiz fe’llar D) o‘timli fe’llar 
4. Tushum kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lana oladigan fe'llar qanday ataladi? 
A) harakat fe’llari B) o‘timsiz fe’llar C) o‘timli fe’llar D) holat fe’llari 
5. O‘timli fe’llarni toping.
A) almashmoq, jilmaymoq B) kiymoq, quvonmoq 
C) so‘roqlamoq, so‘ramoq D) o‘xshamoq, so‘rattirmoq 
6. Bajaruvchining o‘zi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l 
shakli nima deb ataladi?
A) orttirma nisbat B) aniq nisbat C) o‘zlik nisbat D) majhul nisbat 
7. Bajaruvchisi noma’lum bo‘lgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe’l shakli qanday 
ataladi? 
A) majhul nisbat B) orttirma nisbat B) o‘zlik nisbati D) aniq nisbat 
8. Qaysi nisbat shakli bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan 
bajarilgan harakat yoki holatni ifodalaydi?
A) majhul nisbat B) aniq nisbat C) o‘ziik nisbati D) orttirma nisbat 
9. Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajarilgan harakat yoki holatni 
bildiruvchi fe’llar qanday ataladi?
A) birgalik nisbat B) aniq nisbat C) o‘zlik nisbati D) orttirma nisbat 
10. Aniq nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni toping. 
A) Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi
B) Qobil yugurib borib do‘konxona eshigidan ko‘chaga qaradi
C) Shamol yo‘q, tiq etgan tovush eshitilmaydi.


D) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirdi 
11.O‘zlik nisbatidagi fe’l ishtirok etgan gapni toping. 
A) Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi.
B) Qobil yugurib borib do‘konxona eshigidan ko‘chaga qaradi.
C) G‘oliblarga mukofot berildi.
D) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirdi. 
12. Majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni toping. 
A) Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi
B) Qobil yugurib borib do‘konxona eshigidan ko‘chaga qaradi
C) G‘oliblarga mukofot berildi
D) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi 
13. Orttirma nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni toping. 
A) Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi
B) Qobil yugurib borib do‘konxona eshigidan ko‘chaga qaradi
C) Shamol yo‘q, tiq etgan tovush eshitilmaydi 
D) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirdi 
14. O‘zlik nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni toping. 
A) Ra’no javob berish o‘rniga birdan yig‘ladi, ancha vaqt ko‘z yosh to‘kib turdi. 
B) Hozirgi kunda milliy xalq hunarmandchiligiga katta e’tibor berilmoqda 
C) Shoira darsga tayyorlandi.
D) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirdi. 
15. Majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni toping. 
A) Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, dunyoda hamma narsa yaratilgan ekan-u, ammo xushnavo 
bulbul yaratilmagan ekan.
B) Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy 1441-yilda tug‘ilgan. 
C) Qor siyrak yog‘ayotgani uchun uzoq-uzoqlar ko‘rinadi 
D) Yaltiraydi, doim tovlanar, oy nuriga cho‘miluvchi tosh. 
16.. Qaysi nisbat shaklining maxsus nisbat qo‘shimchasi yo‘q? 
A) birgalik nisbatning B) aniq nisbatning C) o‘zlik nisbatning D) orttirma nisbat
17. Shoshir, chiqar, oqiz fe’llari qaysi nisbatda? 
A) birgalik nisbatda B) aniq nisbatda C) o‘zlik nisbatda D) orttirma nisbatda 
18. Orttirma nisbatdagi fe’l qatnashmagan gapni toping. 
A) Gazeta chiqardi, darsliklar yozdi
B) Havaskorlarni yig‘ib tomoshalar ko‘rsatdi 
C) Shayxzoda jurnalistika sohasida qalam tebratdi 
D) Avloniy yangi zamonaviy ta’limni ilmiy-amaliy asoslab berdi 
19. Birgalik nisbatdagi fe’lni toping. 
A) bahslashmoq B) tayyorlashmoq C) janjallashmoq D) birlashmoq 
20. Qaysi qatorda o‘timli fe'llar qo‘llangan? 
A) almashmoq, joylashmoq, kuymoq B) o‘xshamoq, jiringlamoq, so‘ramoq 
C) o‘qimoq, jilmaymoq, kiyinmoq D) joylashtirmoq, almashmoq, yaxshi ko‘rmoq 


21. Bir kuni chol bechora qo‘li titrab, osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi. 
Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe’llar berilgan? 
A) o‘zlik, majhul, orttirma nisbatlar B) aniq, majhul, orttirma nisbatlar 
C) orttirma, birgalik, aniq nisbatlar D) majhul, birgalik, aniq nisbatlar 
22. Qaysi gapda o‘zlik nisbat shaklidagi gap berilgan? 
A)Navoiy xayollarga berildi. 
B) Belbog‘imga bitta kulcha tugilgan 
C) Shundan keyin yigit otasini hovlining bir chekkasidagi zax uyga ko‘chirdi 
D) Baxtni har kim o‘zicha tushunadi 
23.1. Gul ochildi. 2. Yig‘ilish ochildi. 
Ushbu gaplardagi fe’llarning nisbatini aniqlang. 
A) 1-gapda o‘zlik nisbat, 2-gapda majhul nisbat 
B) 1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o‘zlik nisbat 
C) 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat 
D) har ikkala gapda majhul nisbat 
24. Otasini hovlining chekkasidagi zax uуgа ko‘chirdi. Ushbu gapdagi fe’lning nisbatini 
aniqlang. 
A) aniq nisbat B) o‘zlik nisbat C) majhul nisbat D) orttirma nisbat 
25. U yuziga belbog‘ini tashlab ko‘rpachaga cho‘zildi. Lag‘mon ingichka qilib cho‘zildi. 
Ushbu gaplardagi cho‘zildi so‘zining nisbatini aniqlang. 
A) 1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o‘zlik nisbat B) 1-gapda o‘zlik nisbat, 2-gapda 
majhul nisbat 
C) 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat D) har ikkala gapda majhul nisbat 
26. O‘timsiz fe’llar qaysi vositalar yordamida o‘timli fe’lga aylanadi? 
A) tushum kelishigi shakli B) o‘zlik va majhul nisbat shakli 
C) chiqish kelishik shakli D) orttirma nisbat shakli 
27. Qaysi gapda o‘zlik nisbatidagi fe’l ishtirok etgan? 
A) Aminning og‘ilga kirib qilgan taftishi Qobil boboga bir umid bag‘ishlagan, illo, bu 
so‘zdan haddan ziyoda sevindi
B) Nurga to‘ldi dara, to‘ldi soy, Nur yog‘ildi qorong‘i jarga. 
C) Jadval turli ranglarga bo‘yaldi. 
D) Shu boisdan u o‘ttizinchi yillarning boshida adabiyotdan chetlatilgan, uning uchun 
nashriyot eshiklari yopib qo‘yilgan. 
28. Belbog‘imga bitta kulcha tugilgan. Ushbu gapdagi fe’lning nisbatini loping. 
A) o‘zlik nisbati B) majhul nisbat C) aniq nisbat D) orttirma nisbat 
29. Birgalik nisbatdagi fe'l ishtirok etgan gapni toping. 
A) Yaxshini badnom qilib bo‘lmaydi.
B) Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash. 
C) Allaqayda bulbul to‘lib-toshib kuylaydi. 
D) Mehmonlar qorovulning qistashiga qaramay ichkariga kirishmadi. 
30. Qaysi qatorda o‘timsiz fe’llar vosita yordamida o‘timli fe’lga aylangan? 


A) joylashtirmoq, terilmoq, kuzatmoq B) o‘qishmoq, yig‘latmoq, ko‘rsatmoq 
C) bajartirmoq, o‘qitmoq, berishmoq D) quvontirmoq, tarqatmoq, chiqarmoq 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling