Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
OLMOSH SO‘Z TURKUMI 1-VARIANT
1.Olmoshlarning qaysi turi egalik shakllarisiz kelishik shakllarini qabul qila olmaydi? A) kishilik B) o‘zlik C) ko‘rsatish D) bo‘lishsizlik 2. Olmoshlarining qaysi turi egalik qo‘shimchalarini qabul qilmaydi ? A) o‘zlik B) kishilik C) so‘roq D) belgilash 3. Tinglovchiga ishora qiluvchi shaxs olmoshlari qaysilar ? A)men , biz B) u , ular C) sen , siz , u , ular D) sen , siz 4. Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar qaysi ? A) kishilik B) belgilash C) ko‘rsatish D) gumon 5. Qanday olmoshlar ishtirok etgan gaplarning kesimi inkor shaklida bo‘ladi ? A) ko‘rsatish B) belgilash C) bo‘lishsizlik D) gumon 6.Qaysi gaplarda kishilik olmoshi qo‘llangan ? 1) U bola juda ayyor ko‘rinadi 2) U maktabni a’lo baholar bilan yakunlagan edi 3) U tekis va asfalt yo‘ldan besh-olti kilometr yurib qaytmoqchi edi. 4) U davlatda o‘quvchilar ham o‘ng , ham so‘l qo‘l bilan yozishga o‘rgatilar ekan A) 1,3 B) 2,4 C) 1,4 D) 2,3 7. Qaysi gaplarda bo‘lishsizlik olmoshi qo‘llangan ? 1) Bolani bir nima chaqdi, shekilli , g‘ingshib qo‘ydi 2) Hammaga sovg‘a olibsan-u, menga hech narsa olib kelmabsan-da , jo‘ra ?! 3) Ko‘chada bir kishi siz bilan uchrashmoqchi ekanligini aytdi . 4) Shunday yangilik bo‘libdi-yu , hech kim meni ogohlantirmabdi-da ! A) 2,3,4 B) 1,2,4 C) 2,4 D) 1,3 8 . Hamid Olimjon o‘z she’riyatida shunday kamolot darajasiga erishdiki , u so‘zdan tanbur torlaridek turli pardalarda foydalanar , uni o‘ynata , jaranglata bilardi . Gapda tushum kelishigidagi olmosh qaysi so‘zga ishora qilgan ? A) she’riyat B) tanbur C) so‘z D) H. Olimjon 9. Har uchala shaxsdagi kishilik olmoshlari o‘rnida qo‘llanib , ko‘pincha shaxsni , ba’zan predmetni ko‘rsatuvchi olmosh turi qaysi ? A) gumon B) belgilash C) o‘zlik D) ko‘rsatish 10. Quyidagi gapda qo‘llangan olmoshlar nechta ? Barcha shodlik senga bo‘lsin, bari sitam, zorlik menga, Barcha dildorlik senga-yu , barcha xushtorlik menga . A) 6 B) 8 C) 4 D) 7 11. Qaysi gapda gumon olmoshi qo‘llanmagan ? A) Aniq yili esimda yo‘q , Allaqaysi zamonda Bir qishloqda ota-o‘g‘il Yashar ekan omonda B) Kimdir ot yetaklab o‘tar azonda , Uzilar ko‘chaning sahargi tushi. C) Hazil-huzul bilan birpasda allaqancha piyozni qanorlarga joyladik . D) Bu uyga ko‘pdan beri hech kim kirmagan ekan, hamma yoqda o‘rgimchak to‘r yoyib tashlagan. 12. Qaysi gapda belgi-xususiyat so‘rog‘i o‘rnida narsa-hodisa so‘rog‘ini ifodalovchi olmosh qo‘llangan ? 1) “Nima ishlari bor ekan ?”,—so‘radi Zulayho xola . 2) Bu nima sharmandalik, bu nima behayolik! 3) Nima masalada bo‘lsa ham , tortinmasdan , bemalol murojaat qilishingiz mumkin. 4) Nima sog‘likka foydali va nima zararli ekanini yaxshi bilasan , bolam . A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,2,3 D) 1,2 13.Qaysi gapda bo‘lishsizlik olmoshi qo‘llanmagan? A) Hunarli odam hech qachon kam bo‘lmaydi B) Hech kimning boshiga farzand dog‘ini solmasin C) Hech bir masala barcha davrlarda ham ta’lim va tarbiyachalik muhim bo‘lmagan. D) Nega buncha g‘amgin nayning navosi , Nega qalbim to‘la o‘kinch va malol ? 14. Kishilik olmoshlari kelishik qo‘shimchalari bilan turlanganda qanday fonetik hodisalar kuzatiladi ? 1) tovush tushishi 2) tovush almashishi 3) tovush orttirilishi A) 1,2,3 B) 1,2 C) 2,3 D) 1,3 15. Nechanchi shaxsdagi kishilik olmoshlari nutq ishtirokchilarini ifodalaydi ? A) I shaxs B) II shaxs C) III shaxs D) I va II shaxs 16. Miqdor o‘rnida qo‘llangan belgilash olmoshi qo‘llangan javobni tanlang A) Har kim ekkanini o‘radi. B) Hozir har qancha mahsulot bo‘lsa ham , sotib olishga tayyormiz. C) Har qayerda har qanaqa rasm-rusumlar odat tusiga aylangan . D) Biznikiga mehmon keldi , Hammasining qoshi qora . 17. To‘pdan ajratilgan shaxsni ifodalovchi olmosh qo‘llangan gapni toping . A) Har bir inson o‘z baxti uchun kurashadi. B)Butun xalq yopirilib Katta Farg‘ona kanalini qazidik. C) Sinfimizdagi barcha o‘quvchilar sport to‘garaklariga qatnashadilar D) Hamma nopok , hamma egri , yolg‘iz siz to‘g‘ri 18. Qaysi javobda takroriy olmosh qo‘llangan ? A) uncha-muncha B) siz-u biz C) ana-mana D) u-bu 19. Hammasi joyida , do‘stlar , men hech kimdan , hech narsadan xafa emasman . Gapda qo‘llangan olmoshlar miqdori nechta ? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta 20. Hamma jim qoldi . Har kim o‘z oldida bir narsa topib , shunga ko‘z tikkan va u narsada Zebi o‘z otasini , Qurvonbibi o‘z erini , Salti qovog‘idan qor yog‘ib turgan qanaqadir so‘fini ko‘rardi . Gapda qo‘llangan olmoshlar miqdori nechta ? A) 6ta B) 7 ta C) 9 ta D) 10 ta 21. Qaysi gapda bo‘lishsizlik olmoshi qo‘llanmagan ? A) Uyda hech kim yo‘q ekan. B) Sizni kimdir chaqiryapti. C) Hech qachon yurmasdan turib yugurishga shoshilmang. D) Men ko‘chadan hech narsa topolmadim. 22. Qaysi gapda gumon olmoshi qo‘llanmagan ? A) Orqasiga qarasa, birov uni tinimsiz chaqirib kelayotganmish. B) Anvarga bir narsa bo‘lgan—bir haftadan beri mehmonxonadan chiqmaydi C) Majlisda bu masala haqida hech kimsa og‘iz ochmadi. D) Kimdir qarshi so‘z aytgan edi , muallim jerkib berdi 23. Qaysi gapda qo‘shma olmosh qo‘llangan ? A) Hamma unga o‘girilib qarar , ammo Sattor Roziyadan boshqa hech kimni ko‘rmas edi B) Shu-shu bo‘ldi-yu , Tursunboyning qulog‘idan Zebixonning ovozi nari ketmay qoldi C) Bizning futbol jamoamizga bir kishi yetishmayapti, hozircha o‘n kishimiz. D) Pochchamdan dasturxonni olib qoqish uchun gilosning yonidan o‘tarmanmi , allanimaga turtinib ketdim 24. Qaysi gapda olmosh qo‘llanmagan ? A) Bunda bor harorat , muhabbat , shafqat B) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. C) “Undoq qiling , bundoq qiling , deguncha qilib ko‘rsating”,—dedi onasi D) Unga bergan va’damning ustidan chiqdim 25. Qiziq voqea ekan . Shunaqa voqeani oldin ham bir marta eshitganman . Mazkur gapda olmosh nimaga ishora qilgan ? A) sifatga B) fe’lga C) otga D) ravishga 26. Qaysi gapda belgilash olmoshi qo‘llanmagan ? A)Har tuning qadr o‘libon, har kuning o‘lsin Navro‘z. B) Har bahorda shu bo‘lar takror. C) Har ikki o‘quvchiga bittadan topshiriq berildi. D) Avaz har gal tog‘dan mamnun qaytardi 27. Qaysi gapda gumon olmoshi qo‘llanmagan ? A) Hech kima ma’lum emas ohi afg‘onim mening… B) Bolalarning hammasi band : biri kitob o‘qiyapti, biri rasm chizyapti, yana kimdir xayolga berilib ijod qilyapti. C) Qishloqdan bir kishi kelib ketdi. D) Bir nimalarni chizib o‘tirardi. 28. Qaysi gap tarkibida olmosh qo‘llangan ? A) O‘zboshimcha unmas , o‘zbilarmon yolchimas. B) Ko‘p manmanlik qilma . Bu yomon odat. C) O‘zbek xalqida yoshi kattani sizlash odati bor. D) barcha gaplarda olmosh qo‘llangan 29. Shaxs , narsa , belgi-xususiyat va harakat-holat kabilarni to‘pdan ajratib yoki jamlab- umumlashtirib ifodalovchi olmosh turi qaysi ? A) bo‘lishsizlik B) belgilash C) gumon D) kishilik 30. Qaysi gaplarda bo‘lishsizlik olmoshi qo‘llangan ? 1) Birov undoq deydi , birov bundoq deydi 2) Bu gapni birovga ayta ko‘rma , bola! 3) Kechasi ariqqa bir kimsa tushib ketibdi. 4) Kasalxonaga uning holidan xabar olgani hech kim kelmadi 5) Ikki soat tergov qildim— hech narsani aniqlay olmadim. A) 1,2,3,4,5 B) 2,4 C) 2,3,4,5 D)2,4,5 Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling