Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
OLMOSH SO‘Z TURKUMI 2-VARIANT
1.Qaysi gaplarda olmosh turkumiga mansub so‘z(lar) qo‘llangan? 1) Bu gul o‘zidan nur taratish xususiyatiga ega ekan. 2) Odilning shu tobda ko‘chaga chiqqisi, toza havoda sayr qilgisi keldi. 3) Qachonlardir qarshimdan o‘tsang, seni derdim oddiy yo‘lovchi. 4) Mehnatsevarlik, rostgo‘ylik nima, bilasizmi? A) 1,2, 3, 4 B) 1, 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 3, 4 2. Keyin boshqa bir ta'birchini chaqiradi va ko‘rgan tushining ma'nosini undan ham so‘raydi. U: "Sening umring barcha qarindoshlaring umridan uzun bo‘ladi", — debdi. Xorun arRashid esa: "Barcha aqlning yo‘li bittadir va ikkala ta'birning negizi bitta yerga boradi, ammo bu ikki iboraning orasida farq bag‘oyat ko‘pdir", — deydi va unga yuz tillo beradi. Ushbu matnda olmoshning qaysi ma'no turlari qatnashgan? A) 4 o‘rinda kishilik, 2 o‘rinda belgilash, 1 o‘rinda ko‘r-tish B) 3 o‘rinda kishilik, 1 o‘rinda belgilash, 3 o‘rinda ko‘rsatish C) 2 o‘rinda kishilik, 2 o‘rinda belgilash, 3 o‘rinda ko‘rsatish D) 3 o‘rinda kishilik, 2 o‘rinda belgilash, 2 o‘rinda ko‘rsatish 3. Qaysi javobda quyidagi gapda qo‘llangan olmoshlar soni va turi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? — Noshukurlik, — debdi u, — noshukurlikning bexosiyat tomoni shundaki, bu illatga o‘ralgan kishi his etish, jamiyki narsadan lazzatlanish, bahramand bo‘lish qobiliyatini yo‘qotadi. A) 3 ta: 1 ta kishilik, 2 ta ko‘rsatish B) 4 ta: 3 ta ko‘rsatish, 1 ta belgilash C) 4 ta: 1 ta kishilik, 2 ta ko‘rsatish, 1 ta belgilash D) 3 ta: 1 ta kishilik, 1 ta ko‘rsatish, 1 ta belgilash 4. Olmoshning ma’noviy jihatdan 4 turi qatnashgan javobni toping. A) O‘zimniki emas bu umr , To‘la menikimas, sezib turibman, Bir vaqtlar meni deb halok bo‘lgan kimdir , Men uning uchun ham yashab yuribman. B) Nadir millat qudratning tamadduni? Amir T emur haykalidan so‘rang buni, Ot mindirib kim qaytradi yurtga uni? Jahongiri bexonumon yurt edi bu. C) Shunisi quvonarliki, dunyoda o‘z ezgu qadriyatlari bilan mashhur bo‘lgan xalqlar ichida biz vatan deb e’zozlayotgan shu qadim yurtning, ajdodlarimizning ham o‘z o‘rni bor . D) O‘zligini anglashga bel bog‘lagan har bir xalq va millat buyuk ajdodlari xizmatlarini e’zozlashni o‘rniga quyadi, boshqalarga ham uni e’tirof ettiradi. 5.Olmoshlar haqida bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri? A) bir so‘zi gumon olmoshi o‘rnida qo‘llanishi mumkin. B) olmoshlarni gap o‘rnida almashtirib qo‘llash mumkin. C) yasama sodda olmosh qismlari qo‘shib, qo‘shma olmosh qismlari esa ajratib yoziladi. D) barcha hukmlar to‘g‘ri. 6.To‘pdan ajratilgan narsa, shaxs, belgi, harakat-holatlarni ifodalaydigan olmoshlar turini belgilang. A) kishilik olmoshlari B) ko‘rsatish olmoshlari C) belgilash olmoshlari D) o‘zlik olmoshi 7.Qaysi gapda narsa-hodisa so‘rog‘i belgi-xususiyat so‘rog‘i o‘rnida qo‘llangan? A) Nega uni otdami, aravadami eltib qo‘ymadi? B) Kechagi gaplardan keyin qaysi yuzi bilan boradi? C) Nima ishlari bor ekan? - so‘radi Zulayho xola. D) Yo qudratingdan, bu qanday odam? 8.Qaysi gapda belgilash olmoshi ot o‘rnida qo‘llangan? A) Dildorning bari gaplari haqiqat edi. B) Har bir inson o‘z baxti uchun kurashadi. C) Ovozi har qachongidan ham ta’sirliroq edi. D) Hamma perronda, hamma o‘z jigarini qidiradi. 9.Qaysi gapda bo‘lishsizlik olmoshi ishtirok etgan? A) Majlisda bu masala haqida hech kim churq etmadi. B) Hech vaqt ayol qalbini og‘ritmang. C) Har doim farzand kamolin ko‘rsin. D) Berilgan gaplarning barchasida bo‘lishsizlik olmoshi ishtirok etgan. 10. Qaysi gapda to‘pdan ajratilgan shaxsni ifodalagan olmosh qo‘llangan? A) Rostini aytsam, o‘zim ham unchalik yomon bola emasman. B) Kim ko‘p o‘qisa, u ko‘p biladi. C) Men kelajagi buyuk Vatanning farzandiman. D) Vatan har bir inson uchun aziz va muqaddasdir 11. Qaysi qatordagi gapda to‘rtta o‘rinda olmosh qo‘llangan? A) Hozir ham hech kim o‘z ismini aytmaydi. B) Hammasi joyida, do‘stlar, men hech kimdan, hech narsadan xafa emasman. C) Sizga ne bo‘ldi, ikki haftadan buyon faqiringizni zoriqtirib qo‘ydingiz. D) Hamma unga o‘girilib qarar, ammo Sattor Roziyadan boshqa hech kimni ko‘rmas edi. 12.Qaysi qatorda ko‘rsatish olmoshi gap o‘rnida qo‘llanilgan? A) Kim ko‘p o‘qisa, u ko‘p biladi. B) U Saidiy bilan do‘st edi, bu do‘stlik otalarini ham munosabatdor qilgan edi. C) Istagim shuki, doimo tinchlik bo‘lsin. D) Kitobni ko‘p o‘qisangiz, undan ko‘p hikmat topasiz. 13. Qaysi qatordagi gapda o‘zlik olmoshi o‘rnida kishilik olmoshini qo‘llab bo‘lmaydi? A) Rostini aytsam, o‘zim ham unchalik yomon bola emasman. B) Qurvonbibi fotiha to‘yidan keyin biroz o‘ziga kelgan edi. C) Bu ishlarni qilgan o‘zi. D) Yutuqlar o‘zimizniki 14.Qaysi gapda qo‘shma olmosh mavjud? A) Siz o‘zingizni tuproq bilan tenglashtirmoqchi bo‘lgansiz, lekin men hozir Kumushga ham qanoatlanmay, Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim. B) Shu-shu bo‘ldi-yu, Tursunboyning qulog‘idan Zebixonning ovozi nari ketmay qoldi. C) Hamma unga o‘girilib qarar, ammo Sattor Roziyadan boshqa hech kimni ko‘rmas edi. D) O‘zboshimcha unmas, o‘zbilarmon yolchimas 15.Kishilik olmoshlariga quyidagi qo‘shimchalardan qaysi biri qo‘shilmaydi? A) so‘z yasovchi qo‘shimcha B) egalik qo‘shimchasi C) kelishik qo‘shimchasi D) Sanalgan qo‘shimchalar kishilik olmoshlariga qo‘shiladi 16. Berilgan gaplarning qaysi birida olmosh sifat o‘rnida qo‘llangan? A) Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat berdi. B) Gullarning ko‘pi pushtirang. Ana shu rang menga juda yoqadi. C) Karim gullarni uza boshladi. Bu esa bog‘bonning jahlini chiqardi. D) Barchasi to‘g‘ri 17.Berilgan gaplarning qaysi birida olmosh fe’l o‘rnida qo‘llangan? A) Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat berdi. B) Gullarning ko‘pi pushtirang. Ana shu rang menga juda yoqadi. C) Karim gullarni uza boshladi. Bu esa bog‘bonning jahlini chiqardi. D) Xolid toshni o‘n marta ko‘tardi. Men ham shuncha ko‘tarishni orzu qilaman. 18.Qaysi qatordagi gapda belgilash olmoshi ishtirok etmagan? A) Dildora hali yosh bo‘lsa ham, aqli butun. B) Dunyoning shodligi yig‘ilsa, butun Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun. C) Barcha shodlik senga bo‘lsin, Bor sitam, zorlik menga . . . D) Har kim o‘z quvonch ham orzularini bildirib turarkan 19.Ega belgilash-jamlash olmoshi bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Dildorning bari gaplari haqiqat edi. B) Kela berdilar bari kattakon chinor sari. C) Har bir inson o‘z baxti uchun kurashadi. D) Gilosning yonidan o‘tayotganimda allanima baloga turtinib ketdim. 20. Ayol qalbini og‘ritmang, o‘zi juda mehribon bo‘ladi. Ushbu gapda olmosh qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan? A) o‘rin holi B) to‘ldiruvchi C) ega D) aniqlovchi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling