Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

FE’L SO‘Z TURKUMI 3-VARIANT
1. Qaysi ko‘makshi fe’llar harakatning to‘la yakunlanganini bildiradi? 
A. tashlamoq,yubormoq B. yotmoq, yurmoq 
C. chiqmoq,bo‘lmoq D. chiqmoq,ko‘rmoq 
2. Qaysi ko‘makchi fe’llar ravishdoshning –ib shakliga qo‘shilib harakatning 
davomiyligini bildiradi? 
A. olmoq, bermoq, chiqmoq B. yotmoq,yurmoq,turmoq 
C. turmoq,ta’timoq, ko‘rmoq D. o‘tirmoq,qolmoq,bermoq 
3.Qaysi ko‘makchi fe’l harakatning ma’lum muddatgacha davom ettirilishini bildiradi? 
A. bermoq B. yotmoq C. boshlamoq 
D. chiqmoq 
4. Ko‘makchi fe’lning qay biri ravishdoshning –a(y) shakliga qo‘shilib harakatning 
boshlanishini bildiradi? 
A. ketmoq
B. boshlamoq C. yurmoq
D. yubormoq
5. Fe’lning qaysi shakllari yetakchi fe’l tarkibida ham, ko‘makchi fe’l tarkibida ham 
kelishi mumkin? 
A. nisbat, bo‘lishsizlik B. zamon, mayl C. shaxs-son D. bolishsizlik, zamon 
6. Fe’l shakllaridan qay biri yetakchi fe’lga qo‘shilishi mumkin? 1) zamon shakli;
2) shaxs-son shakli; 3) nisbat shakli; 4) bo‘lishsizlik; 5) mayl shakli; 6) vazifa shakllari;
A. 1,2,3,5,6
B. 2,3,4 C. 3,4,6 
D. 3,5,6 
7. Fe’l shakllaridan qay biri faqat ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi? 
1) zamon shakli; 2) shaxs-son shakli; 3) nisbat shakli; 4) bo‘lishsizlik shakli; 5) mayl 
shakli; 6) vazifa shaklari;
A. 1,2,3,5,6
B. 1,2 C. 3,4 D. 1,2,3,4,5,6 
8. Quyidagi fe’llardan qaysi birining tarkibidagi so‘zning bittasi lug‘aviy ma’nosini 
saqlamagan? 1) bir bo‘ldi; 2) sayr etdi; 3) taq etdi; 4) kirib chiqdi; 5) olib chiqdi;
6) o‘qib chiqdi; 7) olib keldi
A. 1,2,3,4,5,7
B. 6 C. 1,2,3
D. barchasi 
9. Har ikki qismi lug‘aviy ma’nosini saqlagan fe’lni aniqlang. 1) borib keldi; 2) o‘qiy 
oldi; 3) yig‘lab yubordi; 4) yozib ko‘rdi; 5) saqlab qo‘ydi; 6) sotib oldi. 
A. 2,3,4,5 B. 1,2,3,4 C. 1,6 
D. 1,2,4,6 
10. Quyidagi fe’llardan ikki qismdan biri lug‘aviy ma’nosi saqlamaganini aniqlang. 
1) borib keldi; 2) o‘qiy oldi; 3) yig‘lab yubordi; 4) sinab ko‘rdi; 5) aytib ko‘rdi;
6) sotib oldi. 
A. 2,3,4,5
B. 1,2,3,4 C. 1,6 
D. 1,4,6 
11. Quyidagi fe’llarning qay biri aqliy faoliyat fe’llar guruhiga mansub? 
A. gapirdi B. ijod qildi C. uxladi
D. terdi 
12. Jismoniy faoliyat fe’llar guruhiga mansub so‘zni aniqlang. 
A. o‘qidi 
B. o‘yladi C. qizardi 
D. kesdi 
13. Nutqiy - faoliyat fe’llarini aniqlang. 1) pichirladi; 2) ming‘ir-ming‘ir; 3) tozaladi;
4) aytdi; 5) kuyladi; 6) gapirdi; 7) imladi 


A. 1,2,4,5,6
B. 1,2,4,5,7 C. 1,4,5,6 
D. 1,4,7 
14. Bo‘lishsizlik ma’nosi ifodalangan qatorni toping. 
A. Avval o‘yla keyin so‘yla.
B. Ko‘rasan, Sattorjon endi senga gapirib bo‘pti. 
C. Yomg‘ir to‘xtasin, yo‘lga chiqamiz 
D. Barcha gaplarda bo‘lishsizlik ma’nosi ifodalangan. 
15. Jismoniy faoliyat fe’lini aniqlang. 
A. gapirmoq,pichirlamoq B. yozmoq, o‘ylamoq C. kesmoq, ekmoq D. B,C 
16. Nutqiy faoliyat fe’lini aniqlang. 
A. gapirmoq,pichirlamoq B. yozmoq, o‘qimoq C. kesmoq, ekmoq D. B,C 
17. Aqliy faoliyat fe’lini aniqlang. 
A. gapirmoq,pichirlamoq B. yozmoq, so‘ramoq 
C. kesmoq, ekmoq D. ijod qilmoq,o‘ylamoq
18. Holat fe’llarini aniqlang. 
A. qaramoq,nazar tashlamoq B.ijod qilmoq,o‘ylamoq
C. boqmoq, ishlamoq 
D. muzladi, chopdi 
19. Aqliy faoliyat fe’lini aniqlang. 
A. qimirlamoq B. qimirlatmoq C. chaqirmoq D. fahmlamoq 
20. Jismoniy faoliyat fe’lini aniqlang. 
A. qimirlamoq B. isimoq C. his qilmoq D. fahmlamoq 
21. Nutqiy faoliyat fe’lini aniqlang. 
A. qimirlamoq B. qurmoq C.do‘ng‘illamoq D. fahmlamoq 
22.Yosh Hakima boshqa o‘rtoqlaridan qolmaslik uchun qizarib-bo‘zarib ishlaydi. 
Yuzidan quyilgan terni artishga qizg‘anadi. 
Ushbu gapdagi fe’llar sonini aniqlang. 
A. 7ta B. 4ta C. 5ta D. 6ta 
23. U soy yoqalab yotiqizilgan omonat toshlardan sakrab-hakkalab, ohista yurib ketardi. 
Ushbu gapdagi juft fe’l qaysi gap bo‘lagi bo‘lib kelgan? 
A.hol B.kesim C.aniqlovchi D. to‘ldiruvchi 
24.Ravishdoshning -a, -y, -(i)b shakillariga qo‘shilib, o‘z mustaqil ma’nolarini 
yo‘qotgan, asodan anglashilgan harakatning bosqichlari va tarzini bildiruvchi fe’llar …
deyiladi.
A. yetakchi fe’l
B. to‘liqsiz fe’l C. ko‘makchi fe’l
D. sof fe’l 
25.Qaysi ko‘makchi fe’l harakat bajaruvchining harakat bajarishiga imkoniyati,qobiliyati 
borligini bildiradi? 
A. yotmoq B. chizmoq C. olmoq D. turmoq 
26. Quyidagi gaplarning qay birida ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi mavjud? 
A. O‘qituvchilarimning oldiga kiraman, javobini daftaridan ko‘chiraman-qo‘yaman. 
B. barcha gapda mavjud.
C. Oyim to‘yxonaga chiqdi-yu, yelib-yugurib xizmat qilib ketaverdi.
D. U topshiriqni o‘z vaqtida bajarib qo‘yishga odatlangan 


27. Qaysi gap tarkibida “o‘tirmoq” fe’li mustaqil fe’l hisoblanadi? 
A. Men sodda uning gapiga ishonib o‘tiribman.
B. Aqlli bo‘lsang, shunaqa gaplarni gapirib o‘tirarmiding? 
C. Bu holdan achchiqlangan Ra’no yonimga kelib o‘tirdi. 
D. Yigit bosh ko‘tarmay ishlab o‘tirardi. 
28. Ko‘makchi fe’lni qabul qiluvchi ravishdosh … deyiladi. 
A. to‘liqsiz fe’l B. mustaqil fe’l C. yetakchi fe’l D. sof fe’l 
29.Qaysi gapda yetakchi qismi qo‘shma fe’l bo‘lgan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi 
qatnashgan? 
A) Keyin ularning ham chandilgan iplarini yechib ayira boshladik.
B) Hayotdan saboq olib, yaxshilardan ibrat olib yasha, qizim. 
C) Birpasgina bo‘lsa ham gaplashib, meni tinchitib qo‘ysang bo‘lgani.
D) Bizni ham taklif qilib qo‘yishni unutmang. 
30.Harakatni bajarilmaslikni qat’iy ta’kidlash uchun qo‘llaniladigan ko‘makchi fe’lni
aniqlang. 
A. ko‘rma B. olma C. so‘rama D.borma

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling