Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

RAVISH YASALISHI
1.Qaysi gapda yasama ravish qo‘llangan ?
A) Bu gap otamning nomiga isnod-ku .
B) Bunaqa erkakda gʽurur bo‘lmaydi .
C) Nima qilib turibsiz , yigitcha ?
D) Havo sovuq bo‘lsa ham, mardlarcha kurashishdi.
2. Qaysi gaplarda ravish qo‘llanmagan ?
1) Hozir ham hech kim ismimni aytib chaqirmaydi .
2) Yigitlarimiz har qanday topshiriqni bajarishga hozir . 
3) Toza qalbda dogʽ bo‘lmas . 
4) Meni rosa ahmoq qilding , bola . 
5) Ularni ko‘chada yangi ko‘rdim .
6) Sen yangi darsliklarni ham o‘qib chiq.
A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 2,3,6 D) 1,4,5 
3. Qaysi gapda ravish qo‘llanmagan ?
A) Choyni nari - beri ichib , otxonaga yugurdim
B) Men xuddi shuni kutib turgandek darhol javob bera qoldim
C) Salmon ota gapni uzoqdan boshladi
D) Men yolgʽondan hazar qilaman 
4. Qaysi gapda ravish qo‘llangan ?
A) Qishning kechasi uzun bo‘ladi
B) Men kunduzi uyda bo‘lmayman.
C) Yigitlarimiz har qanday topshiriqni bajarishga hozir 
D) Yozning kechalari iliq va quruq bo‘ladi 
5. Qaysi javobda qo‘shma ravishlar berilmagan ?
A) shu payt , shu kuni B) har doim , har dam
C) biroz , birato‘la D) har qanday , hech qachon 
6. Hech qanday so‘z yasovchi qo‘shimchalarsiz qo‘llaniladigan ravishlar qanday 
ataladi?
A) sodda ravishlar B) tub ravishlar C) juft ravishlar D) yasama ravishlar
7. Qaysi gapda yasama ravish qo‘llangan ?
A) Reaktiv samolyotlar juda tez uchadi.
B) Vaziyatni xolisona baholash - vijdon amri.
C) Dorini ichgach xiyol yengil tortdi
D) Shunday vaziyatda xato qilishga ham haqimiz yo‘q. 
8. Qaysi gapda ravish qo‘llangan ?
A) Ikkining ildizi birdan katta bo‘ladi
B) Normurod aka halol inson , yolgʽondan hazar qiladi
C) Shu gapga rostdan ishondingizmi?
D) Qutbning kechasi olti oy davom etadi 


9. Qaysi javobda ham ot , ham sifat , ham ravish yasovchi qo‘shimcha ko‘rsatilgan ?
A) –an B) –in C) bar– D) –lab
10. Qaysi gapda ravish qo‘llangan ?
A) Majlis tugagach uyga qaytdik
B) Yigʽim- terim tugamaguncha hech qayoqqa keta olmayman.
C) Hamshira ishga kechikib keldi .
D) Shanba kuni ishdan ertaroq qaytdim 
11. Qaysi gapda yasama sifatdan yasalgan yasama ravish qo‘llangan ?
A) Jinoyatchilarni tiriklay qo‘lga olishdi
B) Ko‘chada oliftanamo kiyingan bir kishi kimnidir kutib turardi .
C) Biroz kuch to‘plash uchun chalqanchasiga yotdi .
D) Lola aybdorlarcha yerga qaradi 
12. Tinib-tinchimas bu chol butun umr o‘z loyihalarini, chizmalarini Ma’suma 
bekaga gapirib keldi, u uning loyiha-yu chizmalariga umuman tushunmasdi.
Mazkur gapdagi ravishni aniqlang. 
A)umuman B)butun C) gapirib D)A,B,C 
13.Vladimir janoblari Namoz Pirimqul o‘gʽlining ishini qabul qilib olgan bo‘lsa 
ham, uni darrov tergovga chaqirmadi. 
Mazkur gapda ravishni aniqlang. 
A) qabul qilib B) olgan bo‘lsa C) darrov 
D) tergovga 
14.Berilgan so‘zlarning qaysi birini tarkibiy qismlarga bo‘lish mumkin? 
A)zo‘rg‘a B) yigitchasiga C)birdan D)A,B,C 
15.Berilgan ravishlardan qaysi biri yasama? 
A)dastlab B)o‘zicha C )bexosdan D)A,B,C 
16.Quyidagi gaplarning qaysi birida sodda yasama ravish mavjud? 
A) Bu voqea xuddi kechagina bo‘lgandek, ammo darrov uch yil o‘tibdi.
B) Vodiylarni yayov kezganda Bir ajib his bor edi menda. 
C)Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib, yo‘rtib ketishlbdi. 
D) Barno ertalab tursa, hamma yoq oppoq qor. 
17.Quyidagi gaplarning qaysi birida faqat ikkita sodda tub ravish mavjud? 
A) Keyin sal hushimni yigib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘zidan o‘zi yurib ketyapti.
B) Choyni nari- beri ichib, otxonaga yugurdim.
C) Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib, yo‘rtib ketishibdi
D) Tongda ketib, yarim kecha qaytasan. 
18.Yasama ravishlarni aniqlang. 
1) ertalab; 2) yillab; 3) do‘stlarcha; 4) qahramonona; 5) fidokorona; 6) taxminan; 
7)majburan. 
A) 1,4,5,6 B) 1,4,5,6,7 C) 1,3,6, 7 D) 1,2,3,4, 5,6, 7 
19.Tub ravishlarni aniqlang. 
1) hamisha; 2) doim; 3)qasddan ; 4) bafurja; 5)galma-gal; 6) oldin-ketin; 7) birma-bir;
8) ustma-ust; 9) do‘stona; 10) sekin-sekin; 11) oz-oz; 12)yoppasiga; 13) yuzma-yuz 


 A) 5,6,7,8,9,12,13 B) 1,2,3,4,10,11 
C) 1,3, 8, 9,10,12 D) barchasi tub ravish 
20.Yasama ravishlar qanday yo‘l bilan hosil qilinadi? 
A) qo‘shimchalar qo‘shish B) asos qismini juft qo‘llash
C) asos qismini takrorlash D)A,B,C 
21.Sodda ravish mavjud gapni aniqlang. 
A) Bu voqea xuddi kechagina bo‘lgandek, ammo darrov uch yil o‘tibdi. 
B) Vodiylarni yayov kezganda Bir ajib his bor edi menda.
C)A,B,D 
D) Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga yo‘rtib ketishdi.
22.Qaysi gapda uchta ravish mavjud? 
A) Ertalab chiqib ketasan, yarim kechasi qaytasan. 
B) Ulardan biri akamning qayerdaligmi so‘ragan edi, men ertalab uloqqa ketganligini 
aytdim. 
C)Choyni naridan beri ichib, otxonaga yugurdim. 
D)Keyin sal hushimni yigib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘zidan o‘zi yurib ketyapti. 
23. Qaysi gapda ikkita ravish mavjud? 
A) Ertalab chiqib ketasan, yarim kechasi qaytasan.
B) Ulardan biri akamning qayerdaligini so‘ragan edi, men ertalab uloqqa ketganligini 
aytdim.
C) Choyni naridan beri ichib, otxonaga yugurdim.
D) Keyin sal hushimni yigʽib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘zidan o‘zi yurib ketyapti. 
24.Tub ravishlarni aniqlang. 
I) mardlarcha; 2) noiloj; 3) qishin-yozin; 4) asta-asta; 5) majburan; 6) jo‘rttaga.
A) 4, 6 B) 1,2, 5,6 C)3,6 D)2 
25.Juft ravishlarni aniqlang. 
1) mardlarcha; 2) noiloj; 3) qishin-yozin; 4) asta-asta; 5) majburan; 6) jo‘rttaga. 
A) 1,2,5 B)4,5,6 C) 3 D)3,4 
26.Sodda yasama ravishlarni aniqlang. 
1) mardlarcha; 2) noiloj; 3) qishin-yozin; 4) asta-asta; 5) majburan; 6) jo‘rttaga. 
A) 1,2,5 B) 2,3,6 О 2,4,5 D)4 
27.Qaysi so‘zlarda kelishik qo‘shimchasi asos qism bilan mustahkam birikib, hozirgi 
kunda ajralmas holga kelgan? 
1) kuzdan; 2) tubdan; 3) to‘satdan; 4) eshikdan;5)gʽordan; 6)rostdan; 7)birdan. 
A) 1,4 
B) 2,3,5,6,7 C) 1,2,3,4,5,6,7 D)2,3,6,7 
28.Qaysi gapda ikkita ravish mavjud? 
A) Uzoqdan, kun botish tomondan, uchqun ko‘rinib qoldi.
B) Yolgʽon gapga ishonmang, ataylab shunday deyishgan.
C) Ko‘p o‘tmay hamma ichkariga taklif etildi.
D) Terak bilan yong‘oq yonma-yon о’sibdi 


29.Ravish ishtirok etgan gapni belgilang. 
A) Men o‘zimni o‘zim tergayman, mastahatlarim samimiymikan? Do‘stlarimga 
sadoqatlimanmi?
B) Ho‘kiz qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog‘ quruq poyani tashlab 
qo‘yar ekan.
C) Xafa bo‘lma, o‘g‘lim, - dedi Davronov asta boshini ko‘tarib.
D) Bayramga taraddud qizib ketdi. 
30. Ba’zan Hasanni ham shaharga aylantirish uchun olib ketardi. 
Mazkur gapdagi ravishni aniqlang.
A) shaharga B) aylantirish uchun C) ba’zan D)A,B,C 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling