Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
SO‘Z BIRIKMASI 2-VARIANT
1. O‘z Vatanini himoya qilish uchun mardona kurashgan bu jasur o‘g‘lonlar haqida faxrlanib gapiramiz. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri? A) Bitishuv usulida birikkan so‘z birikmalari soni 4 ta. B) 4 ta so‘z birikmasining tobe qismi aniqlovchi vazifasini bajargan. C) Boshqaruv usulida birikkan so‘z birikmalari soni 2 ta. D) 2 ta so‘z birikmasining hokim qismi hol vazifasini bajargan. 2. Tobe qismi sodda yasama fe’l bilan ifodalangan otli birikma qatnashgan gapni aniqlang. A) Sportchimiz og‘ir jarohatlangani tufayli keyingi musobaqalarga kela olmadi. B) Mashhur shoirlarimizning hayoti va ijodini o‘rganish asosiy vazifamizdir. C) Dalada rohatlanayotgan bolakaylarga havas bilan boqdi. D) Uning qo‘ng‘iroq sochlariga tegishib o‘tgan o‘ynoqi shabada husniga husn qo‘shar edi. 3. Ular xalqning va millatning birligi,yurtning istiqboli, farovonligi hamda tinchligini jo‘shib kuyladilar. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida qaysi javobda to‘g‘ri ma’lumot berilgan? A) Ham tobe, ham hokim qismi yasama so‘z bilan ifodalangan so‘z birikmalari soni 2 ta. B) Boshqaruvli so‘z birikmalari soni 4 ta. C)Moslashuvli so‘z birikmalari soni 4 ta. D)Bitishuvli so‘z birikmalari soni 2 ta. 4. O‘z muallimi va ustozini e’zozlash, ularni hurmat qilish har bir o‘quvchining burchidir. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Hokim qismi ot, fe’l va olmosh bilan ifodalangan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan. B) Tobe qismi ot va olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchili so‘z birikmalari qatnashgan. C) Boshqaruvli so‘z birikmalarining hokim qismi to‘ldiruvchi va ega vazifasini bajargan. D) Hokim qismlari to‘ldiruvchi va aniqlovchi bo‘lib kelgan bitishuvli so‘z birikmalari qatnashgan. 5. Birpasdan so‘ng yomg‘ir tindi, lekin hasadgo‘y bulutlar hamon quyoshni to‘sib turardi. Ushbu gapda qatnashgan so‘z birikmalari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas? A) Tobe qismi vositali to‘ldiruvchi vazifasida kelgan so‘z birikmasi qatnashgan. B) Tobe qismi vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida kelgan boshqaruvli birikma qatnashgan. C) Tobe qismi sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan bitishuvli birikma qatnashgan. D) Tobe qismi hol vazifasida kelgan so‘z birikmalari qatnashgan. 6. Navoiy, Bobur, Mashrab singari mashhur shoirlar ruhi hamisha bizni insoniy kamolot sari chorlaydi. Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi mavjud? A) 8 ta B) 7 ta C) 9 ta D) 10 ta 7.Choy ichib turgan piyolasini boshiga urib chakkasini yordi. Ushbu gapda nechta so‘z kesimga bilvosita tobelangan? A. 4 ta B. 5 ta C. 3 ta D. 2 ta 8. Qaysi javobda fe’lning vazifa shakllari faqat ohang jihatdan hokim so‘zga tobelanib bog‘langan so‘z birikmalari to‘g‘ri ko‘rsatilagan? 1)faxrlanib gapirish; 2)tez yugurish; 3)ibratli tashabbus; 4)haydalgan yer; 5)yeyishli olma; 6)oqar daryo; 7)o‘ylab gapirmoq A. 1,4,5,6,7 B. 1,4,5,7 C. 1,2,3,4,6,7 D. 1,4,6,7 9. Quyida berilgan misralardagi boshqaruvli bog‘lanishlar miqdorini aniqlang. Ko‘zlarim hali harf tanimas edi, Qalam ushlolmasdi hali qo‘llarim. Kapalak izidan quvib tinmasdim, Yulduzlarni sanar edim tunlari. A. 3 ta B. 5 ta C. 4 ta D. 6 ta 10. Sening tug‘ilgan shahringdan ayrilib yashashingga ko‘zim yetmasdi, buni hammadan ham men yaxshi bilardim. Ushbu gapda necha o‘rinda bitishuvli so‘z birikmasi mavjud? A. 3 ta B. 5 ta C. 4 ta D. 2 ta 11. Qaysi keltirilgan javobda so‘z birikmalarining soni oltita emas? A. Tarixni anglash orqali insonda o‘zining inson ekanligini anglash qobiliyati shakllanadi. B. Kechqurunlari buvimdan oy yorug‘ida turli rivoyatlar tinglardim. C. Ma’lumki, koinotdagi barcha narsa muayyan va ma’lum qonunga bo‘ysunadi. D. O‘z Vatanini sevgan kishi shu vatanning ravnaqi uchun kutashadi. 12. Och-yalang‘och yashayotganlarni men hech qachon unutolmayman. Gapda nechta bitishuv munosabatli fe’lli so‘z birikmasi bor? A. 1 ta B. 2 ta C. 3 ta D. Ishtirok etmagan 13. Otamday rozi bo‘l, onamday sevgin, Men ham senikiman, o‘ksik qizingman. Bag‘ringda ming yillik toshlar to‘sig‘in Yorib chiqayotgan bir ildizingman! Keltirilgan she’riy parchadagi so‘z birikmalarining bog‘lanish usuliga ko‘ra turlarini toping. A. Bitishuv, boshqaruv B. Boshqaruv moslashuv C. Bitishuv, moslashuv D. Bitishuv, boshqaruv, moslashuv 14. Masturaning sevgisi, chidami, hijron dog‘lari uning o‘ziday pok, chiroyli, samimiy, ehtimol, shuning uchundir, Mashrab vafosizlik haqida yozilgan kitoblarni o‘qisa yoki erkaklardan xotin-qizlar haqida yozilgan yomon gaplarni eshitsa, hamisha Masturani eslaydi-yu, butun vujudi isyon ko‘taradi, bunday gaplarga hech qachon ishonmaydi. Ushbu murakkab qo‘shma gapda nechta to‘ldiruvchili so‘z birikmasi bor? A. 6 ta B. 8 ta C. 7 ta D. 9 ta 15. Hozir shu zulm va avvalgi adovat tikanlari o‘zining ilk mevasini berdi. Ushbu gapda nechta bitishuvli so‘z birikmasi mavjud? A. 2 ta B. 4 ta C. 5 ta D. 3 ta 16. Jahonda nimaiki oq bo‘lsa, unga ona suti timsol; nimaiki jo‘shqin bo‘lsa, unga ham ona mehri timsol; nimaiki chidamli, sabr-toqatli bo‘lsa, ona irodasi timsol; kimki pok muhabbat da’vo qilsa, onaning pok qalbi timsol. Berilgan gapda nechta moslashuvli so‘z birikmasi mavjud? A. 2 ta B. 4 ta C. 5 ta D. 3 ta 17. Jahonda nimaiki oq bo‘lsa, unga ona suti timsol; nimaiki jo‘shqin bo‘lsa, unga ham ona mehri timsol; nimaiki chidamli, sabr-toqatli bo‘lsa, ona irodasi timsol; kimki pok muhabbat da’vo qilsa, onaning pok qalbi timsol. Berilgan gapda nechta bitishuvli so‘z birikmasi mavjud? A. 2 ta B. 4 ta C. 3 ta D. 1 ta 18. Gul bag‘rini nasim tildi – to‘kildi, Saboga hikoyat qildi –to‘kildi. Falak ishiga boq: bir haftada gul chiqdi, g‘unchaladi, kuldi to‘kildi… Ushbu she’riy parchada ot+ot ko‘rinishidagi so‘z birikmalari sonini toping. A. 1 ta B. 2 ta C. 4 ta D. 3 ta 19. Hokim so‘zning ham, tobe so‘zning ham asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan so‘z birikmasini toping. A. Tilagini bajo keltirmoq B. Vidolashish kuyi C. Yashirincha kutmoq D. Olmaning guli 20. Hozir ayni damda shu zulm va adovat tikanlari o‘zining ilk mevasini berdi. Ushbu gapda nechta tobe bog‘lanish mavjud? A. 8 ta B. 10 ta C. 7 ta D. 9 ta 21. Do‘stlikni e’zozlashning zarur shartlaridan biri do‘stlar bilan uchrashib turishdir. Turli katta-kichik marosimlar: bayramlar, tug‘ilgan kunlar, to‘ylar bilan bir qatorda, do‘stona yig‘inlar ham bu munosabatlarni mustahkamlaydigan vositadir. Berilgan parchada ham tobe, ham hokim qismi yasama so‘zdan iborat so‘z birikmalari qanday munosabatda birikkan? A. Bitishuv, moslashuv B. Boshqaruv, bitishuv C. Boshqaruv, moslashuv D. Moslashuv, boshqaruv, bitishuv 22. Faqat tobe so‘zning asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan otli birikmani toping. A. Turli so‘z B. Esga olmoq C. Olmaning guli D. Oshiqning sozi 23. Har bir inson o‘z muallimi va ustozini e’zozlashi, shogirdlik burchi va sadoqatini ado qilishi shartdir. Ushbu gapda aniqlovchili birikmalar soni nechta? A. 3ta B. 4ta C. 5ta D. 6ta 24. Bu bog‘lar Samarqanddagi boshqa bog‘lardan o‘zining tengsiz tarovati, ulug‘vorligi hamda go‘zal nafosati bilan ajralib turar edi. Ushbu gapda so‘zlar o‘zaro bog‘lanib necha o‘rinda moslashuvli tobe bog‘lanish hosil qilgan? A) 1 B) 2 C) 4 D) 3 25. Qaysi so‘z birikmasining ikkala qismi ham yasama otdan iborat? A. Hamshahar qadrdonlar B. Hamfikr odamlar C. Hamyurtlarimga tilagim D. Hamnafas do‘stim 26. Mashrab va bu shoirning asarlari bir-biriga hamohang edi. Berilgan gapda tobe bog‘lanishlar miqdori nechta? A) 6 ta B) 5 ta C) 7 ta D) 4 ta 27. Uyga kirishi bilan gapirayotganlar birdan to‘xtab qolishdi. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqidagi nechta hukm to‘g‘ri emas? 1) 4ta holli birikma bor; 2) 4ta fe’lli so‘z birikmasi bor; 3) 2ta so‘z birikmasining ham hokim, ham tobe qismlari fe’l bilan ifodalangan; 4)gapda otli so‘z birikmasi yo‘q. A. 2ta B. 1ta C. 3ta D. 4ta 28. Kumush qishdan, zumrad bahordan qolishmaydi kuzning ziynati. Ushbu gapda tobe bog‘lanishlar va bir so‘z turkumiga mansub so‘zlar soni teng kelgan javobni aniqlang. A. 4 B. 7 C. 5 D. 6 29.Uning ayollarga ehtiromi ular sharafiga barpo etilgan bog‘-rog‘lar va nodir me’moriy yodgorliklarda ham aks etadi. Ushbu gapda nechta so‘z faqat tobe bo‘lak vazifasini bajargan? A) 5 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 3 ta 30. Och-yalang‘och yashayotganlarni men hech qachon unutolmayman. Gap tarkibida nechta so‘z birikmasi mavjud? A) 4ta B) 5ta C) 2ta D) 3ta |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling