Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

SO‘Z YASALISHI 1-VARIANT 
1. Unli va lab-lab undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘zni toping.
A) ommabop B) vafoli C) basavlat D) pishiq
2. Zaynab o‘zining xatosini angladi va gapirolmay g‘uldurab javob berdi. 
Ushbu gapdagi yasama so‘zlar miqdorini aniqlang. A) 3 ta B) 5 ta C) 1 ta D) 4 ta
3.Terimchilarga so‘zining yasalish asosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 
A. ter B. terim C. terimchi D. terimchilar 
4.Salim aka bu yerlarga ekin ekib, uni unumdor yerga aylantirish istagida.
Ushbu gapda qo‘llangan so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini toping.
A. 1 ta B. 2 ta C. 3 ta D. 4 ta 
5.Qaysi so‘zlar tarkibida bir tovushdan iborat so‘z yasovchilar mavjud?
1.kurak; 2.sanoqsiz; 3.sabotli; 4.achchiq; 5.badavlat; 6.unumli 7.bo‘yoqsiz 8.qoraymoq. 
A. 1, 3, 4, 5, 7 B. 2, 3, 4, 7, 8 C. 3, 4, 5, 6, 8 D. 1, 2, 4, 7, 8 
6.Men uning bu uyda qiynalib yashaganligini angladim.
Ushbu gapdagi yasama so‘zlar miqdorini aniqlang. 
A. 1 ta B. 2 ta C. 3 ta D. 4 ta 
7.Yasama so‘zni belgilang. A. o‘chirmoq B. pishirmoq C. ichirmoq D.gapirmoq 
8.Qaysi qatordagi so‘zlar tarkibida faqat shakl yasovchi qo‘shimchalar qo‘llangan?
A)ochiq, tomoq, yoyish B)qo‘zichoq, bolalar, kelinchak
C)toshqin, bog‘da, gullar D) o‘tni, o‘roq, ishga 
9.Birdan ortiq mustaqil ma’noli so‘zlarning birikuvidan hosil bo‘lgan so‘zlar qatorini 
aniqlang. 
A) g‘uborsiz, sharsimon, ishchan B)do‘stlik, gulzor, qalamdon
C)sadarayhon, sotib olmoq, tuyaqush D) ishla, ko‘kar, bo‘sha
10. Qaysi qatorda yasama so‘z bor?
A) dasturxonimizda B)o‘ynatmoq C) tushuntirmoq D) maqtanmoq
11.Tub so‘z berilgan qatorni ko‘rsating. A)tiniq B) og‘riq C) yamoq D) loyiq 
12.To‘y sizsiz o‘tmaydi. Bu to‘yning rahbari sizsiz . Ostiga chizilgan –siz 
qo‘shimchasini ta’riflang.
A) 1- so‘zda so‘z yasovchi, 2-so‘zda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha
B)1-so‘zda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha , 2-so‘zda so‘z yasovchi
C) har ikkalasida ham so‘z yasovchi
D) 1- so‘zda so‘z yasovchi, 2-so‘zda sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha
13. So‘z yasalishi haqida bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) so‘z yasovchi qo‘shimchalar ba’zan shakl yasovchi qo‘shimchalardan keyin 
qo‘shilishi mumkin
B)qo‘shma so‘zlardan yasovchi qo‘shimcha yordamida yangi so‘z yasash mumkin
C) juft va takroriy so‘zlardan yasovchi qo‘shimcha yordamida yangi so‘z yasash mumkin
D) barcha hukmlar to‘g‘ri


14.O‘zak ma’nosiga ta’sir etmaydigan qo‘shimchali so‘zlarni toping.
A)qalamim, onamiz, hovlida, o‘qiding B)kitob, suv, xonadon, etikdo‘z 
C) ko‘chatlar, kitobxon, havo, qizil D) kuchli, chiroyli, mevali, gulli 
15. Namgarchiliklarda so‘zi nechta ma’noli qismga ajraladi?
A)2 B)3 C)4 D)5
16. Uning ilmoqdor, sho‘x so ‘zlari dillarni to‘lqinlantirar, gur-gur kulgiga sabab 
bo‘lardi.
Ushbu gap tarkibida nechta sodda yasama so‘z qatnashgan?
A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 1 ta 
17. Tarkibida sifat, ot va fe’l turkumiga oid yasama so‘zlar ishtirok etgan gapni 
aniqlang. 
A) Shoirning qalbi samimiy va beg‘ubor tuyg‘ulardan oziqlansa, uning ijod daraxti 
gurkirab bo‘y cho‘zadi. 
B) Endi uni harbiy mashq va ta’limning mashaqqatli sinovlari, yangi kasb, yangi 
do‘stlar kutmoqda edi. 
C) Tal’at shimining cho‘ntagidan taroq olib, sochini tekislarkan, tag‘in jilmaydi. 
D) Ertalabki choy ustida picha hangomalashgach hammamiz yo‘lga otlandik. 
18. Qaysi gapda sifat va fe’l turkumiga oid yasama so‘zlar qatnashgan? 
A) Darhaqiqat, shoirning yuragi pok tuyg‘ulardan oziqlanadi.
B) Qizni bu qo‘rqinchli shubhalar qiynardi. 
C) Qo‘lining harakatlari bilan xalqqa tinchlanishni buyurdi.
D)Shoir bilimsiz tabiblarni jallod shogirdiga o‘xshatadi. 
19. Qaysi gapda yasama otdan yasalgan sifat qatnashgan? 
A) Bir vaqtlar sen turtkilagan yigit bugun senga rahbar bo‘lib kelmoqda.
B) Alisher Navoiy bilimsiz tabiblarni jallodga o‘xshatardi.
C) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap va qaysargina bir bola ekan.
D) Maqtanchoqliging tufayli sen do‘stlaringning e’tiboridan qolding. 
20. Qadimda bir badavlat kishining yolg‘iz o‘g‘li bo‘lib, u uquvsiz va mol-
davlatni foydasiz ishlarga sarflaydigan bola edi.
Ushbu gapda nechta sodda yasama so‘z bor?
A) 3 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 4 ta 
21. Sen zanjirlarning ichidagi eng uqubatlisi,eng og‘riqlisi , ya’ni tobelik va
mutelik zanjiridan xalos bo‘lding.
Ushbu gapda nechta sodda yasama so‘z qatnashgan?
A) 5 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta 
22. O‘rik - ra’noguldoshlar oilasiga mansub mevali daraxt. Mevasi etli, yumaloq, 
tuxumsimon, oq, sariq, qizg‘ish.
Ushbu parchada necha o‘rinda yasama so‘z qatnashgan?
A) 4 B) 6 C) 7 D) 5 
23. Dunyoviy bilim va hunarlarga ega bo‘lgan yoshlarimizning fazilatlari haqida
soatlab gapirishimiz mumkin.


Ushbu gapda qatnashgan sodda yasama so‘zlar haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas? 
A) Gapda sifatdan yasalgan ravish qatnashgan. B) Gapda otdan yasalgan sifat 
qatnashgan. 
C) Gapda otdan yasalgan fe’l qatnashgan. D) Gapda fe’ldan yasalgan ot qatnashgan. 
24. Halollikni va pok yashashni o ‘zi uchun hayotiy e ’tiqod, oliy maqsad deb
biladigan odamlardan yomonlik kutmaymiz.
Ushbu gapda nechta sodda yasama so‘z qatnashgan?
A) 2 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta 
25.Onaxon bir zum to‘xtab, chorasizlikdan qiynalayotgan nabirasiga mehribonlik
bilan dalda berdi. 
Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang.
A) Gapda otdan yasalgan sodda yasama sifat qatnashgan.
B) Gapda ravishdan yasalgan sodda yasama fe’l qatnashgan.
C) Gapda sifatdan yasalgan sodda yasama fe’l qatnashgan.
D) Gapda fe’ldan yasalgan sodda yasama ot qatnashgan. 
26. Hukmdor tortinchoq qora ko‘zlari hamisha mungli boqadigan qizini juda e 
’zozlar, doim holidan xabar olardi.
Ushbu gapda sodda yasama so‘zlar soni nechta?
A)6 ta B) 5 ta C) 4 ta D)3 ta 
27. Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir. 
Ushbu gapda so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni nechta?
A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 6 ta 
28. Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir. 
Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.
A) Sodda yasama sifat fe’ldan yasalgan.
B) Fe’ldan yasalgan ot qatnashgan.
C) Sodda yasama fe’llar otdan yasalgan.
D) Sondan yasalgan sifat qatnashgan. 
29.Zamonamiz yoshlari, siz shavkatli tariximizni qadrlashingiz, uni o‘z hissangiz
bilan boyitishingiz kerak. 
Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping. 
A) Fe’ldan yasalgan ot qatnashgan. B) Sifatdan yasalgan ot qatnashgan. 
C) Otdan yasalgan sifat qatnashgan. D) Fe’ldan yasalgan sifat qatnashgan. 
30. Qaysi javobda ma’noli qismlari asos + so‘z yasovchi + lug‘aviy shakl yasovchi + 
sintaktik shakl yasovchi tartibida joylashgan sifat turkumiga oid so‘z qatnashgan? 
A) Shuni bilingki, ilmlilarni butun dunyo olqishlaydi.
B) Stol ustidagi guldonlarga pushti atirgullar solingan edi.
C) Balki, oila baxtsizligidan shunday holat yuz bergandir. 
D) Boshqaruvchi, xonalarning kattarog‘ini ularning jamoasiga bering. 



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling