Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

 
 
SON SO‘Z TURKUMI 2-VARIANT
 
1.Son turkumiga oid qanday so‘zlarni hosil qilishda ba’zi sanoq sonlar tarkibida tovush 
tushishi kuzatiladi? 
A) chama sonlarda B) tartib sonlarda C) jamlovchi sonlarda D) taqsim sonlarda 
2.Hisob so‘zi bilan birga qo‘llangan gapni toping. 
A) Poyezddan tushgan uch-to‘rt yo‘lovchi tarqalib, bekatda Yigitalining yolg‘iz o‘zi
qoldi. 
B) Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi.
C) Ikki hafta davomida erta tongdan qorong‘i tushguncha loy tashishdi.
D) Cho‘ponlar har kuni tunda bittadan qo‘y g‘oyib bo‘layotganini sezib qolishdi 
3.Donalab sanaladigan narsalarning turini ta’kidlash uchun qo‘llanuvchi nafar so‘zi 
asosan qanday holatda ishlatiladi? 
A) har qanday donalab sanaladigan narsalarning miqdorini ko‘rsatishda
B) jonli narsalarni donalab sanashda 
C) shaxslarga nisbatan miqdorni ko‘rsatishda
D) nima? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi barcha otlardan oldin kelib, uning miqdorini
ko‘rsatadi 
4.Berilgan o‘lchov so‘zlarining qaysilari faqat o‘lchov-hisob ma’nosini bildiradi, 
qaysilari alohida olinganda predmet nomini bildirib, matn ichidagina o‘lchov birligi 
ma’nosini bildiradi? 
1) qarich 2) qadam 3) quchoq 4) bochka 5) paqir 6) shisha 
A) 1, 4-faqat o‘lchov hisob;2, 3, 5, 6-ham o‘lchov-hisob, ham predmet ma’nosini
bildiradi 
B) 1, 2, 4-faqat o‘lchov-hisob, 3, 5, 6-ham o‘lchov-hisob, ham predmet ma’nosini
bildiradi 
C) berilganlarning barchasi faqat o‘lchov-hisob ma’nosini bildiradi 
D) berilganlarning barchasi ham o‘lchov-hisob, ham predmet ma’nosini bildiradi 
5. –lar qo‘shimchasi sonlarga qo‘shilganda sonlarning qaysi turi hosil bo‘ladi. ? 
A. kasr son B. Chama son C. tartib son D. dona son 
6. To‘dalab, guruhlab ko‘rsatuvchi omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan o‘lchov 
so‘zlarni aniqlang. 
A. to‘p, bog‘, tilim B. og‘iz, tilim, chaqmoq
C. qisim, bo‘lak, chimdim D. to‘p, bog‘, dasta 


7. Gap tarkibida qo‘llangan juft sonlar asosan sonning ma’no jihatidan qaysi turiga 
mansub bo‘ladi? 
A.tartib sonlarga B. jamlovchi sonlarga
C. chama sonlarga D. qo‘shma sonlarga
8. Qaysi sonlar juftlashib kela olmaydi? 
A. miqdor sonlar B. chama sonlar C. taqsim sonlar D. tartib sonlar
9. Otlashgan sonlar qatnashgan gapni toping.
A. Beshta qiz salqin hovlida chir- chir aylanib koptok o‘ynar edi. 
B. Alisher Navoiy XV asrda yashab, ijod etgan
C. Bir kilogram paxta tolasidan o‘n ikki metr chit yoki yigirma metr batist tayyorlash 
mumkin.
D. Ular ancha gaplashgandan so‘ng biri qishloq tomonga ketdi, ikkinchisi orqaga 
qaytdi.
10. 5 tup, 2 nafar kabilar sonning qaysi turiga mansub? 
A. sanoq sonlar B. chama sonlar C. jamlovchi sonlar D. dona sonlar
11. Qaysi javobda keltirilgan tarixiy o‘lchov birliklari og‘irlik o‘lchovini bildiradi? 
A. misqol, dahsar, botmon, paysa B. paysa, tanob, qadoq, dahsar 
C. chaqirim, qarich, gaz, yog‘och D. misqol, dahsar , yog‘och 
12. Qaysi javobda uzunlik o‘chovini bilsiruvchi hisob so‘zlar keltirilgan? 
A. qadam, chaqirim, quloch B. gektar, tanob, sentner
C.dasta, qarich, botmon D. juft, chelak, metr 
13. Son so‘z turkumi qatnashgan gapni toping. 
A. Qonun oldida hamma bir . B. Bir kishi keldi.
C. Tanlovga bir o‘quvchi qatnashmadi. D. Hamma keldi, bir Ahmad kelmadi. 
14. Son aniqlovchi vazifasida qo‘llangan gapni toping.
A. O‘ttizni qirqdan olib tashla. B.Ikkinchi talabaning navbati keldi.
C. Darslar soat to‘qqizda boshlanadi. D. Birinchidan, siz haqsiz. 
15. –lab, -larcha qo‘shimchalari sondan tashqari yana qaysi so‘z turkumida uchraydi? 
A. otlarda B. sifatlarda C. ravishlarda D. fe’llarda
16. Songa xos bo‘lmagan xususiyatni toping 
A. otlashadi B. egalik qo‘shimchasini oladi C. yasaladi D. turlanadi 
17. “Birniki mingga , mingniki tumanga” maqolidagi tuman so‘zning ma’nosi… 
A. o‘n ming B. yuz ming C. ellik ming D. bir million 
18. Yuzgacha bo‘lgan sonlarda katta va kichik sonlarning joylashish tartibi qanday 
bo‘ladi? 
A. oldin katta son, keyin kichik son B. oldin kichik son, keyin katta son
C. A va B
D. aralash holda 
19. Butunning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zlar berilgan qatorni 
toping.
A. nafar, bosh, nusxa B. siqim, to‘da, botmon


C. chaqmoq, luqma, shingil D. dasta, shoda, bog‘ 
20. Birlik sonlardan nechtasi sodda tub sonlar ? A. 8 B. 9 C. 10 D 5
21. Qaysi javobda chama son hosil qiluvchi qo‘shimchalar berilgan ?
1) -larcha 2) -ala 3) –tacha 4) –lab A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 2,3,4 D) 1,3,4 
22. Bu voqeadan bitta-yarimta odam xabar topgan, shekilli.
Mazkur gapda sonning qaysi ma’no turi qo‘llangan?
A) dona son B) chama son C) kasr son D) juft son 
23. Ahmadjon chaqiriq qog‘ozini yana bir marta o‘qib chiqdi , so‘ng uni ikki buklab , 
ko‘krak cho‘ntagiga solib qo‘ydi .
Mazkur gapda qo‘llangan sonlarning sintaktik vazifasini aniqlang .
A) aniqlovchi , aniqlovchi B) hol , hol
C) aniqlovchi , hol D) hol , aniqlovchi 
24. Qaysi gapda o‘lchov so‘z vazifasida qo‘llangan narsa oti qo‘llangan ?
A) Bayroq dastasida , stanokda , g‘ishtda ming-minglab qo‘llar taftini sezaman.
B) Ikki-uch pud g‘alla ketsa ketar . Bir qop g‘alla deb hammasidan ayrilib qolmaylik 
tag‘in.
C) Shoikrom o‘n kuncha ilgari ishga ketayotib , birrov kirib ukasidan hol so‘ragan edi.
D) Sizlar mana shu to‘qqizta xivichni birga qo‘shib sindirib ko‘ringlar-chi.
25.Qaysi gapda tarkibida fonetik o‘zgarish sodir bo‘lgan otlashgan son qo‘llangan ?
A) Ikkala jamoa ham musobaqalarda faol ishtirok etyapti.
B) Beshovining ham fikri bir yerdan chiqdi.
C) Oltovlon ola bo‘lsa , og‘zidagin oldirar .
D) Bayramda Abdulla Oripovning to‘rtligidan aytdim. 
26. Hozirgi o‘zbek tilida predmetning miqdorini , son-sanog‘ini ifodalash uchun 
qo‘llaniladigan sonlarning nechtasi o‘nlik son sanaladi ?
A) o‘ntasi B) to‘qqiztasi C) bittasi D) sakkiztasi 
27. Qaysi javobda otlashgan chama son qo‘llangan ?
A) Mashina qirq-ellik qadam narida to‘xtadi.
B) Bittasini sen ol , ikkinchisini akangga ber.
C) Boyagina o‘ntachasi choyxonaga kirib ketishdi.
D) Bir shoir bilan bir rejissor kelib , bir oymi , ikki oymi turishdi 
28.Qaysi javobda sonning boshqa ma’no turini hosil qiluvchi qo‘shimcha berilgan?
A) –ov B) –ala C) –ovlon D) -lab 
29. Qaysi gaplarda otlashgan son qo‘llangan ?
1) Tayog‘i yo‘g‘on birni urar , so‘zi yo‘g‘on mingni urar.
2) To‘qqizda bo‘lmagan aql to‘qsonda ham bo‘lmas.
3) Mingta shirin nasihatdan bitta o‘rnak yaxshi.
4) Ikki yomon qo‘shilsa , keng dunyoga sig‘maydi.
5) Birni bersang otangga , mingni olasan bolangdan
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,5 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4,5 


30.Qaysi gapda dona son qo‘llangan ?
A) Faqat bir-ikki kishi keldi. 
B) Olti sotix maydonda 2500 tup pomidor bo‘ladi.
C) Rasul samolyot derazasidan kaftdek ko‘rinib turgan bu dashtni birinchi marta 
ko‘rayotgani yo‘q. 
D) Yetti o‘lchab , bir kes. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling