Kirish
Bugungi kunga kelib ona tilimizni o‘qitishga doir
turli yangicha yondashuvlar
o‘quv jarayoniga tatbiq etilmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida ona tili o‘qitish orqali
o‘quvchilarda nutqiy hamda lingvistik kompetensiyalarni, xususan, adabiy
talaffuz
ko‘nikmasini to‘la shakllantirish, imloviy savodxonlikni rivojlantirish, so‘z
boyligining
oshishiga zamin yaratish va mustaqil fikrlashga o‘rgatish uchun ona tilimizga doir
o‘quv materiallarining metodik ta’minotini takomillashtirish zarurati mavjud.
Ona tilimizning barcha bo‘lim va mavzularini o‘rganishda esa
mavzulashgan testlar ham katta ahamiyatga ega. Ushbu o‘quv qo‘llanmadan
o‘quvchi va abituriyentlar o‘rgangan
bilimlarini mustahkamlash, shuningdek,
o‘qituvchilar esa ona tili to‘garagining mashg’ulotlarida o‘quvchilarning bilim,
ko‘nikma, malakalarini sinovdan o‘tkazish maqsadida foydalanishlari mumkin.
Repititorlik faoliyatini boshlayotgan o‘qituvchilar uchun ham bu qo‘llanma tayyor
manba hisoblanadi. Har bir mavzuni o‘rganib bo‘lgach
bilimlarni sinovdan
o‘tkazish jarayonida ham bu testlardan foydalanish mumkin.
Testlar bo‘limlar va mavzular ketma-ketligida tuzilgan. Qo’llanmada qariyb
1500 ga yaqin test jamlangan. Testlarning 30 tadan
qilib alohida variantga
ajratilganligi bilim sifatini aniqlashda yanada qulaylik yaratadi. O‘quv
qo‘llanmada ba’zi mavzular uchun ikki-uchtadan variant, qiyinroq
mavzular uchun
to‘rt- beshtadan ham variant tuzilgan. Barcha mavzulardan sodda, o‘rtacha
va qiyin
darajadagi testlar variantlarga jamlangan. Barcha testlarning javoblari ham
uslubiy qo‘llanmaning so‘ngida berilgan.