Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
LEKSIKOLOGIYA. SO‘ZNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
LEKSIKOLOGIYA. SO‘ZNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA
KO‘RA TURLARI 2-VARIANT 1.Qaysi javobda sifat turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A) tantiq – saxiy B) ozodlik – mustaqillik C) husn - go‘zal D) chiroyli - suluv 2.Qaysi javobda ot turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A)tantiqlik – saxiylik B) husn - go‘zal C) sovg‘a – tuhfa D) tabassum - yig‘i 3.Qaysi javobda berilgan so‘zlar juftligi o‘zaro ma’nodosh emas? A) chopmoq – yelmoq B) husn - go‘zal C) ayyor – makkor D) epchil – abjir 4.Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladi? A) chiroy, suluv B) abzal, ortiq C) rostgo‘y, mehnatsevar D) ko‘nmoq, unamoq 5.Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladi? A) ganch, xazina B) dangasa, mehnatkash C) husn, chiroyli D) suluv, ko‘rkam 6.Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydi? A) obro‘, nufuz B) belgi, nishon C) beadad, behisob D) ganch, xazina 7.Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydi? A) chiroy, suluv B) subutsiz, betayin C) ganj, xazina D) bezak, ziynat 8.Qaysi javobdagi so‘z birikmasida fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan so‘z qatnashgan? A) katta bog‘ B) ko‘m-ko‘k o‘t C) yaxshi so‘z D) bo‘sh joy 9.Qaysi javobdagi so‘z birikmasida fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan so‘z qatnashgan? A) shirin o‘y B) yomon so‘z C) bugungi yumush D) uzun bo‘y 10.Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan yasama so‘z berilgan? A) bo‘ydor B) tomizmoq C) oqimtir D) yashirin 11.Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan yasama so‘z berilgan? A) ko‘zlamoq B) otilmoq C) bo‘g‘ma D) chopiq 12. Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan tub so‘z berilgan? A) oqizmoq B) tuzlamoq C) changimoq D) kechikmoq 13.Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodosh bo‘la olmaydi? A) ayon, aniq B) ko‘rk, chiroy C) gavdali, norg‘ul D) mazali, lazzat 14.Qaysi javobda ot turkumiga oid so‘z bilan paronim bo‘la oladigan birlik berilgan? A) yod В) xam C) bob D) ahil 15.Qaysi javobda fe’l turkumiga oid so‘z bilan paronim bo‘la oladigan birlik berilgan? A) urush B) azim C) yoqilg‘i D) undash 16. Qaysi javobda olmosh turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar qatori berilgan? A) beg‘ubor, sof, musaffo B) hech kim, har bir, ana shu C) kimdir, birov, allakim D) picha, sal, ozgina 17. Qaysi javobda fe’l turkumiga oid ma’nodosh so‘zlar qatori berilgan? A) chopmoq, yugurmoq, yelmoq B) kelmoq, ketmoq C) istak, xohish, orzu D) bormoq, yurmoq, yozmoq 18. Qaysi javobda ot turkumiga oid ma’nodosh so‘zlar qatori berilgan? A) yer, osmon B) inoq, ahil C) ma’no, mazmun D) chopish, yugurish 19. Qaysi javobda sifat turkumiga oid so‘z bilan paronim bo‘la oladigan birlik berilgan? A) azm B) xam C) ahil D) xiyla 20.Qaysi qatordagi juftlik antonim emas? A)uzun-qisqa B)erta-kech C)oldi-olmadi D)do‘st-dushman 21. Qaysi qatorda so‘zlar juftligi paronim so‘z sanalmaydi? A) bob-bop B) abzal-afzal C) da’vo-davo D) sabir-sabr 22. O‘zaro sinonim bo‘lgan ko‘makchilar qatorini ko‘rsating. A) boshqa, tashqari, bo‘lak B) faqat, o‘zga, boshqa C) buyon, beri, burun D) so‘ng, keyin,nari 23.Sinonimlar qatori berilgan javobni ko‘rsating. A)afsus – afsuslanmoq – attang. B) belgi – nishon – alomat – ajoyib C)yaxshi – durust – tuzuk – ma’qul D) yuz – aft – bashara – chehra – husn 24.Qaysi qatordagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik (sinonimik) qatorini tashkil qilmagan? A) go‘zal,chiroy,suluv B) rost, chin, haqqoniy C)bahs, tortishuv, munozara D) obro‘, e’tibor, hurmat 25.Quyidagi so‘zlarning qaysi birida shakldoshlik (omonimlik) ot va fe’l turkumi o‘rtasida vujudga kelmaydi? A) tush B) bog‘ C) tut D) toy 26. Quyidagi hodisalardan qaysi biri ikki va undan ortiq so‘z turkumlariga oid bo‘lgan so‘zlar doirasida kuzatilishi mumkin? A) ma’nodoshlik (sinonimiya). B) shakldoshlik (omonimiya). C) zid ma’nolilik (antonimiya). D) ko‘pma’nolilik (polisemiya). 27. O‘zaro bir so‘z turkumi doirasidagina shakldoshlik hosil qiluvchi so‘zlarni belgilang. A) ot B) yoz C) bog‘ D) tosh 28. Qaysi gapda paronimlar noto‘g‘ri qo‘llangan? A. Ularning hayoti shunchaki bir ro‘zg‘or tebratish taxlitida o‘tdi. B. Yoriq joyni yamash uchun rosa harakat qildi. C. Qadr bilmas qarindoshdan qadr qilgan yod yaxshi. D. Bir asrga tatigulik yillarni bosib o‘tdik. 29. Qaysi qatorda paronimlar bilan bog‘liq xato bor? A) Kitob o‘qishning ko‘p afzallik tomonlari bor. B) Amir qilamanki, butun xalqqa don ulashilsin. C) Aniq faktlar ustida qayta ko‘rib chiqildi. D) O‘tganlarni yod etish bizning burchimiz. 30. Shakldosh so‘zlar qaysi javobda berilgan? A) palata, oqibat, rasta B) ravon, ko‘z, dunyo C) soch, palla, otash D) oq, savdo, ravish Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling