Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

ORFOGRAFIYA 1-VARIANT 
 
1.Xalq og’zaki ijodida mard yigitlar bo‘ynidagi mas’uliyat ular ulg’aygan sari ortib 
borishi haqida ham to‘xtab o‘tilgan.
Ushbu gapdagi nechta so‘zda tovush tushishi hodisasi ro‘y bergan?
A) 5ta B) 4ta C) 3 ta D) 2 ta
2. Muloqat, hatto, jaholat, tamosha, tadbiq, mabodo, afsuzlanmoq , tag’dir. Ushbu 
so‘zlardan nechtasi to‘g’ri yozilgan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 5ta D) hammasi to‘g’ri yozilgan
3. Imloviy jihatdan to‘g’ri yozilgan so‘zlar qatorini toping.
A) sazavor, mulaqot B) sozovor, muloqot
C) sazovar, muloqat D) sazovor, muloqot
4. Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida portlovchi tovush tushishi kuzatilgan?
A) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi.
B) Mennat qilsang, ko‘nglingga yorug’lik tushadi.
C) Odamlar chiroyingga , kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab 
baho beradilar.
D) Sovuqning shashti pasayib, quyosh yana nur sochdi.
5.Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan noto‘g’ri yozilgan so‘z mavjud?
A) Yigitlarimiz o‘z baynalmilal burchini bajarish uchun harbiy xizmatga olindi.
B) Bu asarni keng ommaga tatbiq etish uchun juda ko‘p yelib- yugurdi.
C) Anvar bu yerga xalloslab kirib keldi.
D) Bunday yangicha fikrlashni hozirda hayotning o‘zi taqozo etmoqda
6. Qaysi maqolda ikkita so‘z fonetik o‘zgarish asosida yozilgan?
A) Ko‘ngli qoraning yuzi qora
B) Burgaga achchiq qilib ko‘rpangni kuydirma
C) Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas
D)Yeridan ayrilgan yetti yil yig’lar. 


7. Seni menga bergan ,mening xalqimga , bandalari yo‘qotolmas, tortib ololmas.
Tovush o‘zgarishlari sonini aniqlang. 
A) 2 ta tovush tushishi B) 3 ta tovush tushishi
C) 4 ta tovush tushishi D) 1 ta tovush tushishi
8. Qaysi gapdagi so‘zlar imlosida bitta o‘rinda fonetik o‘zgarish yuz bergan?
A) Bolalik inson hayotining shunday poydevoridirki, umr binosining bo‘y- basti, 
salobati unga bog’liq bo‘ladi
B) Tabiatga bunday mehrni mening qalbimga onam solib qo‘ydi va qalbimda go‘zallikni 
sevish , xushfe’l bo‘lish kabi xislatlar uyg’ondi.
C) To‘polonda oyog’im lat yeganga o‘xshaydi, shuning uchun darrov chiqolmadim.
D) Barchasida ikkitadan tovush o‘zgarishi bor.
9. Imloviy jihatdan noto‘g’ri yozilgan so‘zlarni aniqlang.
1) sozovor 2) talofat 3) rahmat 4)xoxlamoq 5) taqdim 6) tag’dir
A) 1,2,4,6 B) 1,2,3,6 C) 1,2 D) 3,4
10. Qaysi so‘zda imloviy xatolik mavjud?
A) boobro‘ B) tadqiqot C) notarius D) xabash
11. Notovon ,novvos, tushkinlik, navvot, daromat ,dasyor, ma’suliyat .
Ushbu so‘zlardan nechtasi noto‘g’ri yozilgan? A) 7ta B) 2 ta C) 4 ta D) 6 ta
12. Quyidagi so‘zlardan qaysi biri imloviy jihatdan to‘gʽri yozilgan?
1) jaholat 2) hokisor 3) mutaxasis 4) hoxish 5) zahmat 6) aynala 7) taxsimot
8) asil 9) bepayon
A) 1,4,5,8,9 B) 1,2,3,8 C) 1,5,8 D) 1,2,3,6,7,8,9
13. Qaysi so‘zlarda undoshlarni yanglish qo‘llash bilan bog’liq imloviy xatolik mavjud?
1) ma’suliyat ; 2) qo‘qqistan; 3)avg’on ; 4) tatbiq ; 5) sharh ; 6) naqorat
A) 1,2,3,6 B) 2,3,4,5 C) 2,3 D) 5,6
14. Qaysi so‘zlar egalik shakllari bilan turlanishi natijasida tovush tushishi sodir bo‘ladi?
A) shahar, bag‘ir, burun B) qishloq, bilak, yutuq
C) mavzu, mavqe, obro‘ D) idrok, huquq, ocherk 
15.O‘rnimdan turib, uy eshigini ochsam o‘g‘lim bilan o‘rtog‘i sovuqdan qulog‘i va burni 
qizarib ketgan holda yig‘lab turardi.
Berilgan gapning necha o‘rnida fonetik hodisa sodir bo‘lgan?
A) 12 ta B) 10 ta C) 8 ta D) 6 ta 
16. Yashil bo‘yoq bilan bo‘yalgan, ust tomoni qayrilgan o‘ymakor panjarali, katta va 
og‘ir darvozaga yetganda, yigitning yuragi biroz o‘ynab ketdi.
Fonetik yozuv asosida yozilgan so‘zlar soni nechta? 
A) 3 ta B) 1 ta C) 2 ta D) 4ta 
17.Qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rnida bo‘g‘iz undoshi qo‘llanishi lozim?
A) mu…lis, ma…sus B) so…ta, sar…il
C) ba…il, mu…bir D) mav…um, mo…ir 
18. Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insonlikning birinchi 
shartidir.


Berilgan gapdagi qo‘shimcha qo‘shish natijasida tovush o‘zgarishi vujudga kelgan 
so‘zlar miqdorini aniqlang. A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 
19.Berilgan so‘zlarning nechtasi tarkibida fonetik o‘zgarish ro‘y bergan?
yig‘lamoq, o‘ynamoq, anglamoq, sanamoq, qiynamoq, chaqnamoq, saylamoq, ayblamoq
A) 7 tasi B) 6 tasi C) 5 tasi D) 4 tasi 
20. Kecha kerak bo‘lding, bolalik chog‘im!
Senga qo‘l uzatdim, yo‘q, yetolmadim.
Oshkora g‘irromlik qildi o‘rtog‘im,
Men: bor, o‘ynamayman, deb ketolmadim… (Erkin Vohidov)
Berilgan to‘rtlikda yuz bergan fonetik o‘zgarishlar miqdorini aniqlang.
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 
21.Singlimning ancha ulg‘ayib qolgan o‘g‘li yig‘lab o‘rnidan turdi-da, yana onasining 
bag‘rida uxlab qoldi. Ushbu gapdagi nechta so‘z tarkibida tovush tushishi kuzatiladi?
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta
22. Qoyalar bag‘ridan o‘ynab oqib tushayotgan shalola unga zavq bag‘ishlardi. Ushbu 
gapdagi fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so‘zlar miqdorini aniqlang. 
A) 2 ta B) l ta C) 4 ta D) 3 ta 
23. Unga uchragani yuragi dov bermadi, yig‘lab uyga keldi.
Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida qanday fonetik o‘zgarishlar mavjud? 
A) tovush tushishi va almashuvi B) tovush tushishi
C) tovush almashuvi, tovush tushishi va tovush orttirilishi
D) tovush almashuvi va tovush orttirilishi 
24. Unga uchragani yuragi dov bermadi, yig‘lab uyga keldi.
Berilgan gapda necha so‘z fonetik qoida asosida yozilgan?
A) 2 ta B) l ta C) 4 ta D) 3 ta 
25. Bag‘rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik, sening ziyoratingga 
keldim sultonim. 
Gapda fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so‘zlar soni nechta? 
A) 2 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta 
26. 1) idrok; 2) terak; 3) ishtirok; 4) chok; 5) bolalik
Berilgan ushbu so‘zlarning qaysi biriga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, asos qismda 
fonetik o‘zgarish bo‘ladi? A) 2, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 5 D) 1, 3, 4 
27. Ayrim paytlarda ko‘nglim onamni qo‘msaydi-da, qanotim qayrilganini sezib, nafasim 
bo‘g‘zimga tiqiladi. 
Ushbu gapda fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so‘zlar soni nechta? 
A) 2 ta B) l ta C) 4 ta D) 3 ta 
28. Vatanning baxti, porloq istiqloli, yorqin kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak 
bo‘lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham 
qarzdir. 
Ushbu gapdagi nechta so‘z tarkibida qo‘shimchalar qo‘shilishi natijasida tovush 
o‘zgarishi vujudga kelgan? 


A) 3 B) 4 C) 2 D) 5 
29. So‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘z tarkibida qanday fonetik 
o‘zgarish yuz berishi mumkin? 
A) tovush almashishi B) tovush almashishi va tovush tushishi C) tovush tushishi
D) tovush orttirilishi va almashishi 
30. Qush edim, qanotim qayrildi; gul edim, bulbulimdan ayrildim; ko‘nglim sindi chil-
chil; mening ozurda yuragimni bu kun so‘roqlamas hech kim.
Ushbu gapda fonetik qoida asosida yozilgan nechta so‘z bor ? 
A) 5 ta so‘z B) 4 ta so‘z C) 6 ta so‘z D)3 ta so‘z

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling