Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

FONETIKA 3-VARIANT 
1. Mehmonlarning quvnoq qahqahasidan Mahmudning mudroq ko‘zlari katta ochildi. 
Ushbu gapda birgina nutq tovushidan iborat qo‘shimchalar miqdorini aniqlang.
A) 3 B) 4 C) 2 D) 1 
2. Berilgan qaysi gap tarkibidagi so‘zda fonetik jihatdan til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli 
birgina tovushdan tashkil topgan qo‘shimcha mavjud? 
A) Ishlar shuncha ko‘payib ketdiki, bosh qashishga vaqt yo‘q. 
B) Birdan osmon guldurab, sharros yomg‘ir quydi-yu, tindi. 
C) Mehmonlarning quvnoq qahqahasidan Mahmudning mudroq ko‘zlari katta ochildi. 
D) Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz - do‘stini. 
3. Vatanning baxti, porloq istiqboli, yorqin kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak 
bo‘lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham 
qarzdir. 
Berilgan gap tarkibida so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish natijasida qanday fonetik 
o‘zgarishlar ro‘y bergan?
A) tovush almashishi va tovush orttirilishi B) tovush orttirilishi
C) tovush tushishi D) tovush almashishi 
4. Vatanning baxti, porloq istiqloli, yorqin kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak 
bo‘lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham 
qarzdir. 
Ushbu gapdagi nechta so‘z tarkibida qo‘shimchalar qo‘shilishi natijasida tovush 
o‘zgarishi vujudga kelgan? A) 3 B) 4 C) 2 D) 5 
5. l, n tovushlari qaysi jihatdan bir guruhga mansub emas?
A) sirg‘aluvchi undoshlar B) til oldi undoshlari
C) jarangli va til oldi undoshlari D) jarangli undoshlar 
6. So‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘z tarkibida qanday fonetik 
o‘zgarish yuz berishi mumkin?
A) tovush almashishi B) tovush almashishi va tovush tushishi
C) tovush tushishi D) tovush orttirilishi va almashishi 
7. Qush edim, qanotim qayrildi; gul edim, bulbulimdan ayrildim; ko‘nglim sindi chil-
chil; mening ozurda yuragimni bu kun so‘roqlamas hech kim.
Ushbu gapda fonetik qoida asosida yozilgan nechta so‘z bor ?
A) 5 ta so‘z B) 4 ta so‘z C) 6 ta so‘z D)3 ta so‘z
8. Yashil bo‘yoq bilan bo‘yalgan, ust tomoni qayrilgan o‘ymakor panjarali, katta va og‘ir 
darvozaga yetganda yigitning yuragi biroz o‘ynab ketdi.
Fonetik yozuv asosida yozilgan so‘zlar soni nechta? A) 3 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 4ta 
9. Qaysi so‘zda hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan? 
A) qarg‘a B) ko‘rmana C) mabodo D) norasida
10. Nuqtalar o‘rnida bo‘g‘iz tovushi yoziladigan so‘zlarni toping.
1) xayr…ohlik; 2) xayr-e…son; 3) hoyu… avas; 4) mav…um; 5) ma…fiy
A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 4 


11. Quyidagi so‘zlardan qaysi biri bo‘g‘iz undoshi bilan boshlanishi kerak?
1) xurkak; 2) xarir; 3) xushhol; 4) xo‘ppak; 5) xalqob;
A) 1, 2, 5 B) 1,2, 4 C) 1, 3, 4 D) 1,2, 4, 5 
12. 1) taroqqa 2) buloqqa 3) so‘roqqa 4) ilikka 5) kurakka 6) terakka
Jo‘nalish kelishigidagi ushbu so‘zlarning qaysi birida so‘zning ham o‘zak, ham 
qo‘shimcha qismida tovush o‘zgarishi yuz bergan?
A) 1,2,3 B)1,3,5 C) 3,4,5 D)1,3 
13. Qaysi so‘zda hosil bo‘lish usuliga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan? 
A) romanlar B) xushbichim C)yozuv D) kitobxon 
14. Yoshligidan tabiiy fanlarga shunday mehr qo‘ydiki, bu fanlarning sirli olami uning 
butun borlig‘ini qamrab oldi.
Ushbu gapda nechta so‘z fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 
15. kitob haqida qo‘shilmasida urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushadi? 
A) haqida so‘zining birinchi bo‘g‘iniga
B) kitob so‘zining oxirgi bo‘g‘iniga
C) kitob va haqida so‘zlarining oxirgi bo‘g‘iniga
D) haqida so‘zining oxirgi bo‘g‘iniga
16. Imlo qoidasiga ko‘ra qaysi so‘z to‘g‘ri yozilgan?
A)uzur B)mumiyo C)makir D) mayil 
17. k undoshiga to‘g‘ri tavsif berilgan javobni toping 
A) til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush
B) til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovush
C) chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovush
D) til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh tovush 
18. Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insonlikning birinchi 
shartidir.
Berilgan gapdagi qo‘shimcha qo‘shish natijasida tovush o‘zgarishi vujudga kelgan 
so‘zlar miqdorini aniqlang. A) 4 B) 1 C) 2 D) 3 
19. Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insonlikning birinchi 
shartidir. Berilgan gap tarkibida so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida qanday 
fonetik o‘zgarishlar ro‘y bergan?
A) tovush almashishi B) tovush orttirilishi
C) tovush orttirilishi va almashishi D) tovush tushishi 
20. Qaysi gaplarda urg‘u ko‘zlar, atlas so‘zlarining birinchi bo‘g‘iniga tushadi?
1. Ko‘zlar inson qalbining oynasidir.
2. Chin inson birovga yaxshilik ko‘zlar.
3. Tikuvchi atlas ko‘ylak tikdi.
4. Geografiya o‘qituvchimiz darsga atlas olib kirdi.
5. O‘zbek qizlariga atlas juda yarashadi. 
A) 2, 4 B) 1, 4 C) 1, 2, 5 D) 2, 3, 5 


21. Juft so‘z imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan qatorni toping. 
A) sayi-harakat B) saiy-harakat
C) sa’yi-harakat D) sa’y-harakat 
22. Sanab sanog‘iga yetolmadi. 
Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida jami necha marta tovush almashinish hodisasi yuz 
bergan? A) 3 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 2 ta 
23. Sanab sanog‘iga yetolmadi.
Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida jami nechta tovush o‘zgarishi yuz bergan? 
A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 2 ta 
24. Qaysi so‘zda til undoshi lab undoshi sifatida talaffuz qilinadi? 
A) tartib B) qamchin C) ingichka D) manmanlik 
25. eg(qayir), ek( ko‘chat ek) so‘zlariga -gan qo‘shimchasi qay tarzda qo‘shiladi? 
A) ekkan, ekkan shaklida qo‘shilib, shakldosh so‘zlar hosil bo‘ladi.
B) egkan, ekkan, C) eggan, ekgan D) eggan, ekkan 
26. Qaysi so‘zda hosil bo‘lish usuliga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan? 
A) bedarak B) dabdabali C) havoyi D) suzuvchi 
27. Qaysi qatordagi so‘zlarda qo‘sh undosh qo‘llanishi kerak? 
A) has…os, qo‘sh…a B) mut…asil, jiz…illamoq
C) hij…alamoq, uv…at D) ud…aburon, tasad…uq 
28. 1) barcha 2)kelma 3)oppoq 4) kimdir 5) kitob
Berilgan so‘zlarning qaysi birida urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi? 
A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 4 C) 1,2, 3, 4 D) 1, 2, 3 
29. 1) yonbosh 2) ko‘nmaslik 3) tutunsimoq 4) bo‘yincha 5) o‘n besh 
Berilgan qaysi so‘zlarda n harfi m tarzda talaffuz qilinadi? 
A) 1, 2, 4,5 B) 1, 2, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 2 
30. Undosh tovishlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 
A) lab undoshlari yoki til undoshlari. B) jarangli undoshlar, jarangsiz undoshlar 
C) sof undoshlar, bo‘g‘iz undoshlari D) portlovchi va qorishiqlar 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling