Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

ORFOGRAFIYA 2-VARIANT 
 
1. Imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping. 
A. hazil-mutoiba, udaburo B. hazil-huzil, uzliksiz 
C. kaftafaxm, unittirmoq D. hiqildoq, unumdor 
2. Qaysi qatordagi so‘zlar xato yozilgan? 
A. dudmol, shuursiz B.dukurlamoq, shug‘ullanmoq 
C. duddudlamoq, yassilik D. dupillamoq, shovillamoq 
3. Imlo qoidasiga ko‘ra qaysi qatordagi so‘zlarning ikkinchisi xato yozilgan? 
A. ahl-ahil B. qism-qisim C. aks-akis D. adl-adil
4. Qaysi so‘zlarda qo‘sh undosh xato qo‘llangan? 
A. uvvos, uddaburon B. yallig‘lanish, horittirmoq 
C. tirqirramoq, ushshatmoq D. himmatli, haqqoniyat 
5. Qaysi so‘zlarda qo‘sh unli xato qo‘llanilgan? 
A. shuursiz, taajjub B. taassuf, inshoot 
C. taalluqli, vakuum D. taaqib, tajoovuz 
6. Imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan so‘zni belgilang. 
A. hazil-mutoiba B. tavoze C. tayziq D. tasaduq
7. Quyidagi so‘zlarning qaysi birida nuqtalar o‘rnida bo‘g‘iz tovushi ishlatiladi?
1.xo ... lovchi, 2.sa ... ifa, 3.mi ... lamoq, 4.xush ... ol 
A. 1, 2, 3, 4 
B. 1, 2, 4 
C. 2, 4 
D. 3, 4 
8. Qaysi qatordagi so‘zning ikkinchi bo‘g‘inida u unlisi yoziladi? 
A. muq ... m B. mur ... d C. mur…vvat D. mujr ... m 


9. Qaysi qatordagi so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? 
A. muqarrar, hamsuhan, elektravoz B. istehzomuz, diqinafas, doktarant 
C. islohat, behuzir, teleminatyura D. taraddud, masalliq, federativ 
10. Imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping. 
A. injiner, hayifsan B. indiks, hayxot C. integral, hoshiya D. demokratik, fahimli 
11. Imlo qoidasiga ko‘ra berilgan so‘zlarning qaysi birida ikki undosh orasidagi i
tovushi ortiqcha qo‘llangan? 1.matin, 2.xiroj, 3.faqir, 4.jazim, 5.zig‘ir, 6.muhir 
A. 1, 2, 3, 4, 5, 6 
B. 2, 4, 5 
C. 1, 5, 6 
D. 1, 4, 6 
12. Qaysi so‘z tarkibidagi qo‘sh udoshlardan birini tushirib qoldirish mumkin? 1.tilli; 
2.nonning; 3.ellar; 4. hamma; 5.yo‘lladi; 6.ushshoq; 7.karra 
A. 1, 2, 3, 5, 6 
B. 2, 3, 5, 6 
C. 1, 3, 6 
D. 3, 5, 6, 7 
13. Yangi imlo qoidasiga ko‘ra qaysi qatordagi so‘zlarga I, II shaxs egalik qo‘shimchasi 
qo‘shilganda o‘zakdan so‘ng tovush qo‘shib aytiladi va yoziladi? 
A. parvo, obro‘, mavqe 
B. tilak, bek, tayoq 
C. qorin, o‘g’il, singil 
D. orzu, parvo, obro‘ 
14. "O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari" ga asosan har bir so‘zi bosh harf bilan 
yoziluvchi birlik berilgan qatorni belgilang. 
A. Mustaqillik kuni B. Xotira va qadrlash kuni 
C. O‘zbekiston qahramoni D. Xalq ta’limi vazirligi 
15. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping. 
A. abstrakt, aksioner, arbitr B. valyuta, industriyal, byudjet 
C. litsenziya, shosse, kompensatsiya D. byurokrat, broker, biznes 
16. Qaysi juftlikdagi so‘zlar xato yozilgan? 
A. tana, ta’na B. nasha, nash’a C. surat, sur’at D. ma’sul, ma’sud 
17. Qaysi qatorda chiziqcha bilan yozish qoidasi buzilgan? 
A. kecha-yu kunduz B. qiy-chuvlashmoq C. 1991-yil 
D. Berilgan barcha birliklarda chiziqcha to‘g’ri qo‘yilgan. 
18. Berilgan qaysi so‘zlarda qo‘sh undosh bir undosh sifatida talaffuz qilinadi?
1. chaqqon; 2. million; 3. metall 
A. 1, 2, 3 B. 2, 3 C. 3 D. 2 
19. Qaysi qatordagi so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? 
A. oybaldoq, surinkali B. tajavuzkor, xushsuhan 
C. hovirlanmoq, xoynahoy D. hoyhoylamoq, xushmuomala 


20. Qaysi qatordagi so‘z to‘g‘ri yozilgan? 
A. ma’sul B. ma’sud C. ta’lat D. ma’yus 
21. Qaysi qatordagi nuqtalar o‘rnida i unlisi yoziladi? 
A. xushmuom ... la B. xushn ... d C. fus ... n D. tug‘ …lmoq 
22. Tarkibida ng tovushi bo‘lgan so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish haqidagi qaysi fikr 
to‘g‘ri? 
A. ng tovushidan oldin unli, undan keyin undosh kelsa, ng ikkinchi bo‘g‘inda 
qoladi. 
B. ng tovushi har doim oldingi bo‘g‘inda qolib , keyingi bo‘g‘inga qo‘shilmaydi. 
C. ng ikki unli o‘rtasida kelgan bo‘lsa, u birinchi yoki ikkinchi unli bilan bo‘g‘in hosil 
qilishi mumkin. 
D. ng ikki unli o‘rtasida kelgan bo‘lsa, ng ikkinchi unli bilan birga bo‘g‘inga
ko‘chiriladi. 
23.Yangi imlo qoidasiga ko‘ra jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilganda fonetik 
o‘zgarish kuzatiladigan so‘zlar qatorini toping. 
A. tok, qishloq B. bug’, sog’ C. barg, pedagog D. tog’, bog‘ 
24. 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko‘ra qaysi so‘zlarga jo‘nalish kelishigi 
qo‘shimchasi qo‘shilsa, u fonetik qoida asosida yoziladi? 
A. faqat g undoshi bilan tugagan so‘zlarga 
B. faqat g’ undoshi bilan tugagan so‘zlarga 
C. g va g’ undoshlari bilan tugagan so‘zlarga 
D. k va q undoshlari bilan tugagan so‘zlarga 
25.Imloviy jihatdan nechta so‘z xato yozilgan? 1)shafqat; 2) tagcharm; 3) tussiz; 
4 ) aftomat; 5) tavsif; 6) afzal; 7) avg’on. 
A) ikkitasi B) to‘rttasi C) uchtasi D) bittasi 
26.Quyidagi so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan noto‘g’ri yozilgan? yangidan- yangi
osma ko‘prik , xayr- xo‘shlashmoq, orzuyim, naqorat, andaza,ohanrabo, avtomat, kulgu, 
nufus, intelektual 
A) beshtasi B) oltitasi C) uchtasi D) to‘rttasi 
27.Quyidagi so‘zlardan nechtasi to‘g‘ri yozilgan? mas’ul, exson, koreys, xohlamoq, 
tatqiqot, hasad, ruhsat 
A) to‘rttasi B) beshtasi C) oltitasi D) yettitasi 
28. 1) yonbosh; 2) ko‘nmaslik; 3) tutunsimon; 4) bo‘yinturuq; 5 )o‘n besh 
Berilgan qaysi so‘zlarda n harfi m tarzida talaffuz qilinadi? 
A)1,2,5 B) 1,2,4,5 C) 2,3,4 D) 1,2 
29. Yangi imlo qoidasiga ko‘ra quyidagi so‘zlarning qaysi biri qo‘shib yoziladi? 
A) yarim avtomat B) liq to‘la C) och sariq D) lang ochiq
30. Imlo qoidasiga ko‘ra qaysi so‘z to‘g‘ri yozilgan?
A) uzur B) mumiyo C) makir D) mayil 



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling