Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
MORFEMIKA 3-VARIANT
1. Bilim bilan kishining martabasi oshadi, ilmsizlik kishini tubanlashtiradi. Ushbu gapda nechta soʻz yasovchi qoʻshimcha ishtirok etgan? A) 5 B) 2 C) 3 D) 4 2. Qaysi gapda soʻz yasovchi qoʻshimchani qoʻshish bilan bogʻliq xatoga yoʻl qoʻyilgan? 1. Buqrotdan soʻradilar: “Baodob bilan noodobning oʻrtasidagi farq nimada ?” 2. Bir hakimdan: “Koʻrkam, yaxshi xulqdor kishi kim?” - deb soʻradilar. 3. Vatanning meni jon-u tanim, sajdagohimdir. A) 1, 2, 3 B) 1, 2 C) 2, 3 D) 1, 3 3. Toʻqlikda ochlikni oʻyla, boyiganda muhtojlikni. Ushbu gapdagi yasama soʻzlar sonini aniqlang A) 3 B) 4 C) 2 D) 5 4. Hoʻkiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bogʻ quruq poyani tashlab qoʻyar ekan Ushbu gapda yasama soʻz qaysi soʻz turkumiga mansub? A) fe’l B) fe’l shakli C) ravish D) sifat 5. Odamlar baravariga qarsak chalishar, Alimardonning raqibini olqishlashardi. Ushbu gapda qaysi turkumga mansub yasama soʻzlar mavjud? A) ot, fe’l B) ravish, fe’l C) ot, ot, fe’l D) ravish, ot, fe’l 6. Qaysi qatorda ot va fe’l yasovchi omonim (shakldosh) qoʻshimchalar berilgan? A)yugurik, koʻzik B)barcha javoblar toʻgʻri C)koʻrik, birik D) tilak, kechik 7. Qaysi qatordagi gaplar tarkibida shakldosh qoʻshimchalar ishtirok etgan? A) Qiziga siyohdon sotib oldi.Bilimdon va tadbirkor yoshlar vatanimizning kelajagi sanaladi. B) Ilmsizlik-illatlarning uyasi. Barvaqt turishga odatlansangiz, baraka topasiz. C) Barcha javoblarda shakldosh qoʻshimchalar ishtirok etgan. D) Ilm kelinchakka oʻxshaydi: u xilvat va pinhoniylikni yoqtiradi. Dangasa, erinchak odamlar ilm yoʻlida hech vaqt muvaffaqiyat qozonolmaydi. 8. Qaysi javob tarkibida asos+soʻz yasovchi+soʻz yasovchi+lugʻaviy shakl yasovchi shakldagi soʻz berilgan? A) bilimdonlar B) koʻpchilikdan C) yigitcha D) kitoblarini 9. Berilgan gaplarning qaysi biri tarkibida uchta yasama soʻz mavjud? A) Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish uchun xalq mafkuraviy jihatdan qurollangan boʻlishi kerak. B) Osmon tiniq, oyning kumushsimon nuriga choʻmgan, yulduzlar siyrak edi. C) Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qoʻshilib turmasa, uning oqimi joʻshqin boʻla olmaydi. D) Barcha soʻzlar tarkibida ikkitadan yasama soʻz mavjud. 10. Omonim sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar qaysi gap tarkibida qo‘llangan? A) Befoyda so‘zni aytma, foydali so‘zdan qaytma. B) Ona sertilakdir, ona serduo. C) Opam bilan kutubxonaga bordim. D) To‘g‘ri aytasiz, so‘zsiz bo‘ysunish kerak. 11. Quyidagi gapda nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud? Yaponiyalik Komatsu tilshunos olim sanaladi. A) 4 B) 5 C) 3 D) 6 12. Qaysi qatorda so‘z yasovchi va sintaktik shakl hosil qiluvchi qoʻshimcha omonim boʻlib kelmagan? A) pasay-kuchay B) elak-bordik C) kitobim-bilim D) bosqin-boqqin 13. Uzoqlardan keng vodiy quchogʻida goh koʻm-koʻk oʻt bosib yotgan yaylovlar koʻrinadi, goh qop-qorongʻu daralar koʻzga tashlanadi. Gapda nechta yasama soʻz bor? A) 1 ta B) 4 ta C)2 D) 3 ta 14. Hozirgi tinchlik, osoyishtalik hukm surgan bir davrda iste’dodli, bilimdon yoshlar oʻqish uchun chet ellarga yuborilmoqda. Ushbu gapda nechta yasama soʻz ishtirok etgan? A) 3 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 5 ta 15. Soʻzning ma’noli qismlari ma’lum. Uning joylashgan tartibi toʻgʻri berilgan qatorni aniqlang. A) asos+soʻz yasovchi+lugʻaviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi B) asos+sintaktik shakl yasovchi +soʻz yasovchi+lugʻaviy shakl yasovchi C) asos+soʻz yasovchi +sintaktik shakl yasovchi+ lugʻaviy shakl yasovchi D) asos+soʻz yasovchi+ so‘z yasovchi +sintaktik shakl yasovchi+ lug‘aviy shakl yasovchi 16.Lugʻaviy shakl yasovchilar qaysi qatorda berilgan? A.-ta, -in, -ni, -man B.-la, -y, -ala, -gach C.-i, -sa, -tadan, -ing D.-k, -ar, -i(si), -da 17.Qaysi qatorda soʻz yasovchi qoʻshimchalar oʻzaro omonimlik hosil qilgan? A.Yashirin-otashin B.qishlik-yoshlik C.kelinchak-kuyunchak D.sayroqi-yigʻloqi 18.Quyidagi gapda nechta sintaktik shakl yasovchi qoʻshimcha mavjud? Ular oʻzlarining eng nodir asarlarida doʻstlikni, vatanparvarlikni, mehr-muhabbatni ulugʻlaganlar. A.7 B.5 C.8 D.6 19.Qaysi soʻzlarda shakldosh qoʻshimcha ishtirok etgan? A.Feruzaxon, kitobxon, dasturxon B.siyohdon, bilimdon, qadrdon C.yaxshilik,darslik, jarlik D.chiziq, siniq, yoʻliq 20. Siz tuzgan ul tuzuklarni oʻqib kun-tun, Tiklanarmiz, yechimlarni topgay tugun. Berilgan parchada nechta soʻz yasovchi qoʻshimchalar ishtirok etgan? A.2 B.3 C.1 D.4 21. Lugʻaviy shakl yasovchidan soʻng soʻz yasovchi qoʻshimcha qoʻshilgan yasama soʻzni belgilang. A. yoʻqlama B.ivitma C. agʻdarma D.qovurma 22. Morfologik usul bilan soʻz yasash qaysi turkum uchun xos emas? A. ot B. fe’l C. sifat D.son 23. Davr qiynoqlar oʻtkinchi – hali hamma narsa oldinda. Ushbu gapda birgina nutq tovushidan iborat soʻz yasovchi qoʻshimchalar miqdorini aniqlang. A.2 B.4 C. 3 D. 1 24. Qaysi qatorda sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar oʻzaro shakldoshlik hosil qilgan? A. kelinchak-kuyunchak B.Dildoraxon-Goʻzalxon C.bolang-koʻnding D. bogʻlam-onam 25. Yasama soʻz berilgan qatorni toping. A. kulib yurmoq B. aytib tashlamoq C. diqqat qilmoq D. jilmayib turmoq 26. Quyidagi berilgan qaysi so‘z tarkibida murakkab qo‘shimcha mavjud? A) so‘rash, kulish B) boshlash, so‘zlash C) o‘rtoqlash, suhbatlash D) ishlash, borish 27. Asosi shakldosh fe’llar boʻla oladigan yasama narsa otlarini toping. 1. yoqilgʻi. 2. oʻtloq 3. suzgich 4.quymoq 5. oshiq 6. tugma A. 1,3 B. 2,3, 4 C. 1,2,3,4,5,6 D. 1,5,6 28. Oramizda kasbdoshining yutugʻi, obroʻsini koʻrolmaydigan, tirnoq ostidan kir izlaydiganlar, oldingizda yasama kulib, quvnoq soʻzlashib, aslida poyingizni qirqishni oʻylaydiganlar ham bor. Ushbu gapda yasama soʻzlar miqdori nechta? A.6 ta B. 8 ta C. 5 ta D. 7 ta 29. Koʻrsatkich barmog‘i bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani 3-4 daqiqa nobaynida bosib turing, shunda tish og‘rig‘i taqqa to‘xtaydi. Ushbu gapda sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida fonetik o‘zgarishga uchragan nechta soʻz ishtirok etgan? A) 2 B) 4 C) 1 D) 3 30. Qaysi soʻzlarda –iy qoʻshimchasi orqali yangi soʻz yasalgan? 1.haqqoniy 2.musiqiy 3.xayoliy 4.haqiqiy 5.tibbiy 6.hissiy A.3,4,5,6 B.1,3,4,5,6 C.2,3,4,5,6 D.3,5,6 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling