Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

 
MORFEMIKA 1-VARIANT
 
1.Qarsak so‘zining asosini toping. 
A. qars B. qarsa C. qar D. qarsak 
2.Derazamning oldida bir tup O‘rik oppoq bo‘lib gulladi.
Ushbu misralarda nechta yasama so‘z bor? 
A. 2 ta B. 3 ta C. 1 ta D. 4 ta 
3.Qaysi qatordagi so‘zlar ma’noli qismlarga to‘g‘ri ajratilgan? 
A. supur-in-di, chay-in-di B. yuv-in-di, ekran-lash-tir 


C. supur-in-di, yuv-undi D. yuv-indi, chay-ildi 
4.Bolaginam so‘zida -gina qo‘shimchasi qanday qo‘shimcha hisoblanadi? 
A. lugʻaviy shakl yasovchi qo‘shimcha 
B. sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha 
C. so‘z yasovchi qo‘shimcha 
D. yuklama hisoblanadi 
5.Ma’noli qismlarga ajraladigan so‘zni toping. 
A. qo‘yin B. shovvoz C. unut D. unum 
6.Tarkibida ikkita qo‘shimcha mavjud bo‘lgan so‘zni toping. 
A. arralashmoq B. gaplashmoq C. so‘zlashmoq D. qiqirlashmoq 
7.Qaysi so‘z -oq qo‘shimchasi bilan yasalgan? 
A. suvoq B. shildiroq C. uzoq D. qoloq 
8. Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri? 
A. so‘z birikmalarida so‘zlarni bir-biriga bog‘lashga xizmat qiladi 
B. gap bo‘laklarini shakllantirishga xizmat qiladi 
C. lug‘aviy ma’noni qisman o‘zgartirishga xizmat qiladi 
D. sanalganlarning barchasi to‘g‘ri 
9.Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz do‘stini.
Ushbu gapdagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang.
A. 1ta B. 2ta C. 3ta D. 4ta 
10.Tuyalar suvsizlikka chidamliligi bilan boshqa cho‘l hayvonlaridan ajralib turadi.
Ushbu gapda qo‘llangan so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang. 
A. 4 ta B. 5 ta C. 3 ta D. 6 ta 
11.Qoramtir so‘zida nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha bor? 
A. 1 ta B. 2 ta C. 3 ta D. Bu tub so‘z. 
12.Tub so‘zni belgilang. 
A. qo‘nim B. chiziq C. kesma D. so‘lim 
13. –lan qo‘shimchasi yordamida yasalgan so‘zlar qatorini toping. 
A. tayyorlan, oziqlan B. uylan, o‘ylan C. faxrlan, ikkilan D. shaklan, xayolan 
14.Tarkibida birgina qo‘shimcha mavjud bo‘lgan so‘zni toping. 
A. ho‘plam B. isitma C. atamoq D. sig‘inmoq 
15.Qaysi sifat ma’noli qismlarga ajralmaydi? 
A. oshiq (yigit) B. yamoq (ko‘rpa). C. yetuk (olim) D. iliq (suv) 
16.So‘z yasalish hodisasi qaysi so‘z turkumlariga xos? 
A. barcha so‘z turkumlariga xos B. mustaqil so‘z turkumlariga 
C. faqat ot va fe’l turkumlariga D. ot, sifat, fe’l, ravish turkumlariga 
17.So‘z yasovchi qo‘shimcha shakl yasovchidan so‘ng qo‘shilgan yasama so‘zni 
belgilang. 
A. ivit/ma B. qovur/ma C. ag‘dar/ma D. yo‘qla/ma 
18. Qaysi qatorda tub so‘z bor? 
A) sharshara B)iliq C) porloq D)savala


19.Yig‘lamsira, kulimsira, oqarinqira so‘zlaridagi qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra qanday 
qo‘shimchalar hisoblanadi? 
A) shakl yasovchi B) so‘z yasovchi C) so‘z yasovchi va shakl yasovchi hisoblanadi 
D) fe’lning zamon qo‘shimchasi
20. Quyidagi gapdagi so‘z yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang. 
Gullayotgan o‘rikzor xira pardaga burkandi. 
A) –la, -zor, -da B) –n, -di, -ga C)-n, -gan, - zor D) –la, -zor
21.Mardikorchilik so‘zi to‘g‘ri ma’noli qismlarga ajratilgan qatorni toping. 
A) mard-ikor-chi-lik B)mardi-kor-chilik C) mardi-kor-chi-lik D) mardikor-chilik
22.Faqat shakl yasovchi qo‘shimcha olgan so‘zlar qatorini aniqlang. 
A) o‘qib chiqdi, og‘rindi, boshlandi B)kelmoqda, uyda , o‘nta
C) o‘qiyapman, qizga, sinfdosh D) kelgan, qo‘zichoq, o‘ynagin
23.Xunobgarchilik so‘zi to‘g‘ri ma’noli qismlarga ajratilgan qatorni toping. 
A) xunob-gar-chilik B)xunob-garchi-lik C) xunob-garchilik D) xun-ob-gar-chilik
24.Oqarinqiramoq, kulimsiramoq fe’llaridagi qo‘shimchalar qanday qo‘shimchalar 
turiga kiradi? 
A)so‘z yasovchi qo‘shimchalar B)sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar
C)lugʻaviy shakl yasovchi qo‘shimchalar D)so‘z yasovchi va shakl yasovchi 
qo‘shimchalar 
25.Qaysi so‘z tarkibida ikkita so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud? 
A) sersuvroq B) ho‘plam C) mehnatkashlardan D) boshlagandik
26.Dehqonchilikdan so‘zida nechta morfema(ma’noli qism) bor? 
A) 5 B) 4 C) 3 D) 2
27.Qaysi qatorda so‘z morfemalarga (ma’noli qismlarga) ajraladi? 
A) qahqaha B) qatiq C) dag‘al D) bekor
28.Qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra qaysi turi so‘zga qo‘shilib, uning turkumini 
o‘zgartira oladi?
A) so‘z yasovchi qo‘shimchalar B) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar
C)lugʻaviy shakl yasovchi qo‘shimchalar D) barchasi 
29.Murakkab qo‘shimchali soʻzlarni toping.
1)temirchilik 2)kosibchilik 3)so‘zlash 4)o‘zlash 5)terlama 6)koʻmaklash 
A) 1,3,5 B)2,4,6 C)1,2 D)5,6
30.Ko‘kimtirroq so‘zidagi qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra qanday qanday qo‘shimcha 
hisoblanadi? 
A) sintaktik shakl yasovchi B) so‘z yasovchi, shakl yasovchi C) lugʻaviy shakl 
yasovchi D)so‘z yasovchi va lugʻaviy shakl yasovchi

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling