Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

OT SO‘Z TURKUMI 2-VARIANT
1. Mavhum otlar berilmagan qatorni toping.
A) yomonlik, ahillik B) jarlik, tepalik
C) xurramlik, yaxshilik D) do‘stlik, shodlik 
2. Predmetlik belgisini bildiruvchi so‘zlar qanday so‘roqlarga javob bo‘lishiga ko‘ra...... 
ga bo‘linadi. 
A) atoqli otlar, turdosh otlar B) shaxs otlari, narsa-buyum otlari, orin-joy otlari 
C) aniq otlar, mavhum otlar D) sodda otlar, murakkab otlar 
3. Quyidagilarning qaysi biri qo‘shma ot emas? 
A) ko‘ksulton, kungaboqar B) O‘rta Chirchiq, Kichik Osiyo
C) erksevar, mehmondo‘st D) asalari, qo‘larra 
4. Otga oid so‘zlar gapda qanday sintaktik vazifalarda kela oladi? 
1. Ega 2. Kesim 3. Hol 4. Sifatlovchi aniqlovchi, 5. To‘ldiruvchi 6. Qaratqich 
aniqlovchi 7. Undalma 
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 5 C) 1, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 
5. To‘g‘ri hukmni belgilang. 
A) Xalqaro tashkilotlar, davlatimizning oliy darajadagi mukofotlari nomining faqat
birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi 
B) Vazirliklar, turli korxonalar va tashkilotlar nomlarining birinchi so‘zi bosh harf bilan 
yoziladi 
C) Suv havzalari va inshootlari tarkibidagi barcha so‘z bosh harf bilan yoziladi. 
D) Tarixiy sanalar va bayramlarning nomlari tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan 
yoziladi. 
6. Qaysi qatordagi atoqli otlar qoshtirnoqqa olib yoziladi? 
A) Samarqand, Buxoro
B) Orol dengizi, Kaspiy dengizi 
C) Nurafshon xayriya jamg‘armasi, Mushtum jurnali 
D) G‘afur G‘ulom nomli istirohat bog‘i, Navoiy romani 
7. Egalik qo‘shimchalari qo‘shilsa, o‘zakda o‘zgarish bo‘ladigan so‘zlar qatorini toping. 
A) chelak, huquq, barmoq B) buloq, zavq, istak
C) ertak, quloq, qaymoq D) koptok, o‘q, park 
8. Bir-biriga sinonim bo‘la oladigan ot yasovchi qo‘shimchalar qaysi? 
A) –chi = -shunos B) –li = ba- C) –siz = be- D) ser- = -li 
9. Narsaning biror maqsad, ish uchun mo‘ljallanganligini bildiruvchi qo‘shma otlarni 
toping. 
A) oshrayhon, nosqovoq, ko‘zoynak B) mingoyoq, qizilishton, achchiqtosh 
C) cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul D) karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq 
10. Narsani joyga nisbat berish asosida hosil qilingan qo‘shma otlar qaysi qatorda 
berilgan? 
A) oshrayhon, nosqovoq, ko‘zoynak B) mingoyoq, qizilishton, achchiqtosh 


C) cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul D) karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq 
11. Narsaning rangi, mazasi, o‘zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida hosil
qilingan qo‘shma otlar berilgan qatorni toping. 
A) oshrayhon, nosqovoq, ko‘zoynak B) mingoyoq, qizilishton, achchiqtosh 
C) cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul D) karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq 
12. Narsaning boshqa biror narsaga nisbatlash, o‘xshatish yo‘li bilan bildiruvchi qo‘shma 
otlar qaysi qatorda berilgan? 
A) oshrayhon, nosqovoq, ko‘zoynak B) mingoyoq, qizilishton, achchiqtosh 
C) cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul D) karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq 
13. To‘g‘ri yozilgan qatorni toping. 
A) To‘rt Ko‘l, Qorovul Bozor, Janubiy Koreya, Yevropa
B) Buloqboshi, Markaziy Osiyo, Jar Qo‘rg‘on, Shirmonbuloq
C) Zirabuloq, G‘arbiy Yevropa, O‘rtasaroy, O‘rta Osiyo
D) A, B, C 
14. To‘g‘ri yozilgan qatorni ko‘rsating. 
A) “Quvasoy” sement zavodi, “Sharq gullari” firmasi
B) “Temuriylar tarixi” davlat muzeyi, “Damas” avtomashinasi
C) “Bahor” konsert zali, “O‘qituvchi” nashriyoti 
D) “Umid” jamg‘armasi, “Samarqand” chinni zavodi 
15. Atoqli otlarga qo‘shilgan quyidagi qaysi qo‘shimcha biror hududga tegishlilik
ma’nosini ifodalaydi? 
A) –dosh B) –lar C) –lik D) –gina 
16. Qaysi gap tarkibida jamlovchi ot ishtirok etmagan? 
A) Guruhimizda o‘n kishimiz.
B) Maktab bilim dargohidir. 
C) Bu voqea xalq ommasini to‘lqinlantirib yubordi.
D) Shaharda aholi soni ko‘payib bormoqda. 
17. Mavhum otlar haqida berligan qaysi hukm noto‘g‘ri? 
A)–lar qo‘simchasini olsa, ta’kidlash, kuchaytirish ma’nolarini ifodalaydi.
B) asosan –ch, -inch, -lik qo‘shimchasi bilan yasaladi.
C) tafakkur va tasavvur orqali idrok etamiz
D) Sezgi organlarimiz orqali sezamiz. 
18. Qaysi qatorda kishilarni mansabiga ko‘ra atovchi shaxs otlari berilgan? 
A) amir, xon,dorboz B) rais, direktor, hokim
C) zargar, hoji, shahzoda D) hokim, suvchi, professor 
19. Qaysi qatorda faoliyat-jarayon oti ishtirok etgan gap mavjud? 
A) Mehribon ayol unga tikilib turardi.
B) Kuni kecha xayrlashish marosimi bo‘ldi. 
C) Yalqovlik barcha yo‘qotishlarning sababchisi.
D) Hayo qalbning haqiqiy ko‘zgusidir. 
20. Qaysi qatorda payt oti ishtirok etmagan gap mavjud? 


A) Kuzda Malikaning tug‘ilgan kuni bo‘ladi.
B) O‘lkamizga fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor tashrif buyurdi.
C) Men bugun bir dam olay.
D) Bugun tongda turib hovlini supurdim. 
21. Qaysi qatorda otlarning lug‘aviy shakllarini hosil qiluvchi qo‘shimchalar berilgan? 
A) –gina, -chak, -oy, -cha B) –chi, -choq, gina, -xon
C) –bon, -shunos, -boz, -paz D) Barchasi to‘g‘ri 
22. Quyidagi qaysi qo‘shimcha ham so‘z yasovchi, ham shakl yasovchi qo‘shimcha 
sanaladi? 
A) –gina B) –goh C) –cha D) –chi 
23. Qaysi qatordagi so‘z takroridan ko‘plik ma’nosi anglashiladi? 
A) U tez-tez gapirardi. B) Shu-shu qishloqda otaxon yolg‘iz qolib ketdi.
C) Bozordan nima-nima oldingiz? D) Tur-tur,- ketamiz dedi Kenja botir. 
24. Un, yog‘, suv kabi so‘zlarda –lar qo‘shimchasi qo‘shilsa, qanday ma’no ifodalanadi? 
A) ko‘plik B) kuchaytirish C) tegishlilik
D) tur, xil, nav 
25. Qaysi qator faqat kichraytirish va erkalash otlaridan iborat? 
A) yulduzcha, archa, qizilcha B) kelinchak, bo‘taloq, kitobcha
C) kuyunchak, kelinchak D) qo‘g‘irchoq, qopchiq, belanchak 
26. Fe’ldan yasalgan otlar berilgan qatorni toping. 
A) suyanchiq, qurilish, qiziqchi, ginachi B) tengdosh, tomchi, unum, yig‘im 
C) adabiyot, ilohiyot, kashfiyot D) qisqich, tepki, kiyim, bezak 
27. Yasama ot berilgan qatorni toping. 
A) Atrofga qaynatma sho‘rvaning hidi tarqaldi. B) Anora , oshni hali suzma! 
C) Stolning tortmasidagi narsalarni olib ber. D) O‘zingdan kattaga gap qaytarma. 
28.Taqlid so‘zlardan yasalgan otlar berigan qatorni toping. 
A) qahqaha, qarsak, jizza B) yaltiroq, shildiroq, gurros
C) xurrak, kurak, vizvizak D) A va C 
29. Ko‘plik qo‘shimchasi chama, taxminni ifodalagan gapni toping. 
A) Bugun opamlar keladilar. 
B) Bog‘da gullar biram chiroyli ochilgan ekan.
C) Soat to‘rtlarda yetib bordik. 
D) Yog‘lar, tuzlar - hammasidan bor. 
30. Birinchi qismi butunni, ikkinchi qismi qismni bildiruvchi juft otlar qaysi qatorda 
berilgan? 
A) gap-so‘z, shox-shabba 
B) qarindosh-urug‘, qovun-tarvuz 
C) do‘st-dushman, yer-osmon
D) o‘t-olov, kuch-qudrat 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling