Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
OT SO‘Z TURKUMI 1-VARIANT 1. Bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli asoslardan tarkib topgan otlar... A) juft otlardir B) qo‘shma otlardir C) yasama otlar D) takroriy otlardir 2. «Manmanlik insonga yarashmaydi, birlik doimo kishini kamolot sari yetaklaydi», - dedi bobo sevinchdan ko‘zlari chaqnab. Berilgan gapdagi mavhum otlar qaysi so‘z turkumidan yasalgan? A) olmosh, son, sifat, fe’l B) sifat, son, ot, fe’l C) ot, sifat D) olmosh, ot, sifat 3. Qaysi qatorda narsa otlarini yasovchi qo‘shimchalar berilgan? A) -ma, -boz, -kor, -g‘ich B) -gi, -k, -don, -g‘ich C) -oq, -g‘i, -dosh, -ak D) -indi, -goh, -im, -lik 4. Quyida berilgan she’rda nechta ot turkumiga mansub so‘z qo‘llangan? O‘zbekiston – go‘zal diyor, Saodatga mehnati yor, O‘zgacha bir hikmati bor, Halollikka aytar alyor. A) 7 ta B) 8 ta C) 5 ta D) 6 ta 5. O‘rin-joy ma’nosini bildiruvchi otlarni aniqlang. A) ko‘cha, guzar, shahar B) mahalla, bostirma, bezak C) tugma, achitqi, qamishzor D) qishloq, to‘plam, toshloq 6. Shaxs otlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) Zuhra; 2) Amper; 3) Hasan; 4) Rentgen; 5) murabbiy; 6) Asad; 7) muxlis, 8) Anor A) 1, 2, 3, 6, 8 B) barchasi shaxs otlari hisoblanadi C) l, 3 D) 5, 7 7. Qaysi qatorda faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlar berilgan? A) ezmalik, terim, baxt, hunar, qalam B) chorvachilik, tanlov, chopiq, loygarchilik, terim C) xayrlashuv, serobgarchilik, hayot, go‘zallik, hasad D) chaquv, umum, xayol, yalqovlik, guzar 8. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping. A) Buxoro viloyati hokimligi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Quvasoy sement zavodi B) Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, Madaniyat va Sport ishlari vazirligi, Nuroniy jamg‘armasi C) Vazirlar Mahkamasi, «Sharq gullari» firmasi D) Oliy xo‘jalik sudi, Toshkent agrar universiteti, «Lazzat» oshxonasi 9. Yasama otlar berilgan qatorni toping. A) qassob, zargarlik, quroldosh B) saroydagi, ijodkorlar, sartarosh C) g‘azalxonlar, ijodkorlik, qo‘lqop D) qalpoqcha, do‘stlarimizga, zavqini 10. O‘rin-joy otlari qaysi javobda qayd etilgan? A) qishloq, maydon, ko‘cha B) Sirdaryo, Amudaryo, Orol dengizi C) barcha javoblarda o‘rin-joy otlari bor D) guzar, Oltiariq, saylgoh 11. Tub otlar berilgan qatorni toping. A) qassob, zargarlik, quroldosh B) saroydagi, ijodkorlar, sartarosh C) g‘azalxonlar, ijodkorlar, qo‘lqop D) qalpoqcha, do‘stlarimizga, zavqini 12. Qismlari mavhum otlardan iborat bo‘lgan juft otlar qaysi qatorda berilgan? A) orzu-armon, ko‘cha-ko‘y, savdo-sotiq B) yig‘im-terim, kam-ko‘st, huzur-halovat C) fan-texnika, arzon-garov, odob-axloq D) kuch-g‘ayrat, his-tuyg‘u, aql-idrok 13. Shu sevinch, ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, dadillik baxsh etgandek bo‘ldi. Ushbu gapda mavhum otlar sonini aniqlang. A) 4 B) 3 C) 6 D) 5 14. Iste’dodli shoirlar: Suvon Soqiy, Ismoil To‘xtamishev, Rustam Musurmon, Sharofat Ashurova, Rustam Ochil va boshqa ijodkorlar yangi-yangi she’rlar bilan kitobxonlar qalbiga kirib bormoqdalar. Ushbu gapda nechta shaxs oti ishtirok etgan va ularning nechtasi yasama hisoblanadi? A) 5 ta shaxs oti ishtirok etgan, ulardan 5 tasi yasama B) 5 ta shaxs oti ishtirok etgan, ulardan 2 tasi yasama C) 8 ta shaxs oti ishtirok etgan, ulardan 7 tasi yasama D) 3 ta shaxs oti ishtirok etgan, ulardan 2 tasi yasama 15. Ko‘chada, xiyobonlarda baqir-chaqir, yugur-yugur, ur-yiqit boshlanib ketgan edi. Ushbu gapdagi otlar sonini aniqlang. A) 4 B) 3 C) 5 D) 2 16. Hoshimjon maktabning nomiga e’tibor bermagan ekan. U nima qilishni bilmasdan ishlarni nomiga qilardi. Berilgan gaplardagi nomiga so‘ziga qaysi javobda to‘g‘ri izoh berilgan? A) 1-gapda ravish, 2-gapda turlangan ot B) har ikkala gapda ham turlangan ot C) 1-gapda turlangan ravish, 2- gapda yasama ravish D) 1-gapda turlangan ot, 2-gapda ravish 17. –lar qo‘shimchasi hurmat ma’nosini anglatganda egalik qo‘shimchasiga nisbatan qanday holatda joylashadi? A) Barcha hollarda egalik qo‘shimchasidan keyin qo‘shiladi. B) Barcha hollarda egalik qo‘shimchasidan oldin qo‘shiladi. C) I, II shaxs egalik qo‘shimchasidan keyin, III shaxsda egalik qo‘shimchasidan oldin qo‘shiladi. D) Barcha hollarda egalik qo‘shimchasidan keyin joylashsa hurmat, oldin joylashsa ko‘plik ma’nosi anglashiladi 18. Asosi shakldosh fe’l bo‘lgan yasama narsa otlarini toping. 1. yoqilg‘i; 2. o‘tloq; 3. suzgich; 4. quymoq; 5. oshiq 6. tugma A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 5, 6 D) 1, 3 19. Aniq otlarga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni toping. A) shaxs, o‘rin-joy, narsa nomlarini bildiruvchi otlar. B) sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo‘lgan otlar. C) mavjud bo‘lgan, sanalish xusuyatiga ega bo‘lgan otlar. D) sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo‘lmagan otlar. 20. -qich qo‘shimchasi orqali qanday otlar yasaladi? A) shaxs otlari B) o‘rin-joy otlari C) mavhum otlar D) narsa otlari 21. Ko‘z yoshlarini artdi. Ushbu gapda -lar qo‘shimchasi qanday uslubiy vazifa bajaradi? A) tasviriy ifodalilikni kuchaytiradi B) hurmat ma’nosini bildiradi C) grammatik ko‘plik ma’nosini anglatadi D) narsa va hodisaning xilma-xil ekanligini bildiradi 22. O‘zak holidagi fe’ldan otga ko‘chgan so‘z qatnashgan gapni toping. A) Urush tufayli ko‘chalarda daydilar ko‘paydi. B) Chalkash masalalarning yo‘lini topdik. C) Oqsoqol o‘tkazayotgan kengash kechga borib tugadi. D) Yo‘l-yo‘l ko‘ylak kiygan qiz biz tomon kelardi. 23. Narsa otlarining tuzilishi haqida berilgan hukmlarning qaysi biri noto‘g‘ri? A.Barcha hukmlar to‘g‘ri B.Narsa otlari tuzilishiga ko‘ra tub yoki yasama bo‘lishi mumkin C.Narsa otlari tuzilishiga ko‘ra sodda yoki qo‘shma bo‘lishi mumkin D.Narsa otlari tuzilishiga ko‘ra juft yoki takroriy bo‘lishi mumkin 24. Qaysi qatorda yasama otlar berilgan? A) Gulnoraxon, bolaginam. B) xo‘randa, ishbilarmon C) to‘plam kitobim D) gazetxon, g‘azalxon. 25. Juft so‘zlar berilgan qatorni toping. A.daftar/qalam, sof/dil, aytdi/qo‘ydi B.maktab/hovlisi, temir/yo‘l, qozon/tovoq C.savol/javob, do‘st /dushman, oldi/ berdi D.sap/sariq, oliy/goh, egar/jabduq 26. Qo‘shma ot tarkibida fe’l turkumiga oid so‘z mavjud bo‘lmagan javobni toping. A) iskabtopar B) beshotar C) husnbuzar D) kaltakesak 27. Kompozitsiya usulda yasalgan otlarni belgilang. A. kamsuv, bilakuzuk, achchiqtosh B.oqqush, har yerda, sheryurak C. tumanlararo, tekintomoq, tillaqo‘ng‘iz D. sakkizoyoq, oltingugurt, tomorqa 28. Mavhum otlar qaysi qatorda berilgan? A) bulut, chana B) jamol, chiroy C) gul, iz D) ovunch, o‘kinch 29. Quyidagi qaysi ot yasovchi qo‘shimcha yordamida ot yasalsa, fonetik hodisa kuzatiladi? A) –lik B) –boz C) –vchi D) –a 30. Qaysi qatorda faqat otlar berilgan? A) uchqun, to‘lqin, bilimdon, qalamdon B) yong‘in, toshqin, tuzdon, kuldon C) tuyg‘un, keskin, qumdon, xumdon D) so‘lg‘in, turg‘un, suvdon, bosqin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling